IV. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar
64.
|
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinitizimli o‘rganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi “inson huquqlari masalalari bo‘yicha ma’rifat uylari”ni tashkil etish;
inson huquqlari bo‘yicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalariningtegishli o‘quv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirishkurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi
|
65.
|
Bola huquqlarini ta’minlash va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Bunda:
ta’limning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish;
bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarinitakomillashtirishnazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmu�
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV
|
Ta’lim muassasalarida bola huquqlarini o‘qitish tartibi joriy etiladi
|
66.
|
Xalqaro hamkorlar ko‘magida TDYU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura yo‘nalishini (konsorsium) joriy qilish.
|
Ijrochilarning qo‘shma qarorlari
|
2021/
2022 o‘quv yilidan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura
|
“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi joriy etiladi
|
67.
|
Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Moliya vazirligi
|
Inson huquqlarini ta’minlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaxslarni rag‘batlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi
|
68.
|
Davlat oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, ka�b-hunar ta’limi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ga oid o‘quv kurslari (darsliklari)ni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabr
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TDYU, JIDU, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
Inson huquqlariga bag‘ishlangan adabiyotlar chop etiladi
|
69.
|
Ilmiy faoliyat bo‘yicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga bag‘ishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Bunda:
inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmog‘i va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisoslig? bo‘yicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo “Inson huquqlari” ixtisoslik shifrini kiritish;
inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, “Inson huquqlari” bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK
|
Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi
|
70.
|
Fuqarolik va axborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida ma’lumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, axborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberxavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
|
Kodeks loyihasi
|
2022-yil 20-yanvar
|
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
Mamlakatda axborot xavfsizligi, fuqarolarning ma’lumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi
|
V. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar
|
71.
|
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida xorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari bo‘yicha BMT, Yevropa Ittifoqi, EXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Iqtisodiy taraqqiyotva kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi
|
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi
|
72.
|
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, migrantlar va keksalar huquqlarinihimoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalargaO‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Biznes ombudsman
|
Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish orqali milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
|
73.
|
O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqish:
Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qo‘yish, musodara qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may);
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli “Erkak va ayol xodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli “1952-yilga Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish haqida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli “Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baxtsiz holatlar uchun zararni qoplash to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash asoslari to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli “Mehnatkash-migrantlar to‘g‘risida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli “Haq to‘lanadigan ta’tillar (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan) to‘g‘risida”gi konvensiyasi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi
|
74.
|
“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinishmasalasini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.
|
Konvensiya loyihasi,
amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar
|
“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi ta’minlanadi
|
75.
|
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir O‘zbekiston milliy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish.
Bunda:
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashi maxsus ma’ruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish;
inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida impl�mentatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-iyuldan boshlab
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari
|
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir ?av?iyalar?i amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi
|
76.
|
Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020-yildan boshlab doimiy asosda
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi
|
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi
|
77.
|
Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini ko‘rib chiqish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
|
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqiladi
|
78.
|
Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga oid xalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat axborot yig‘ish statistik tiziminitakomillashtirish.
Bunda:
ma’lumo?larni yig‘ish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish;
inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shug‘ullanadigan xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-2021-yillar
|
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bosh prokuratura,Davlat statistika qo‘mitasi, Oliy sud, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili
|
Xalqaro standartlarga muvofiq statistik ma’lumotlarni to‘plash tizimi takomillashtiriladi
|