O’zbekistonda dinga munosabat. Hozirgi vaziyatda ilmiy dinshunoslik nazariy yutuqlarni va mamlakatimizdagi diniy tashkilotlarning g’oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga olganda din va dindorlarga bo’lgan munosabatlarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Bunday zarurat diniy tashkilotlarning hozirgi ijtimoiy tuzumga bo’lgan ijtimoiy munosabatlariga ob’ektiv baho berishni talab etadi. Bularning hammasi davr talabidan va kelajakdagi ma’suliyatni his etgan holda respublikamizda aholi dindorligi - darajasini aniqlash, dindorlar va diniy uyushmalarning jamiyatda tutgan o’rnini to’g’ri talqin etish hamda din bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarining umuminsoniylik tamoyillarini tiklash, din va diniy muassasalarga doir muammolarga bo’lgan xolisona yondashishdir. Bu harakat ko’p yoqlama xususiyatga ega bo’lib, mustaqil respublikamizning ichki va tashqisiyosatida o’z aksini topmoqda. Respublikamiz Sharq va qarbdagi barcha tinchliksevar davlatlar bilan ularning ijtimoiy tuzumi, dinga munosabatidan qat’iy nazar, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy aloqalarni keng yo’lga qo’ymoqda. Ijtimoiy hayotda diniy tashkilotlar faolligining ortib borishini demokratiya jarayonida ular o’rnining mustahkamlanishi deb qarash mumkin. Diniy tashkilotlarga xos ijtimoiy aktivlikning ortayotganligini e’tiborga olib, uni ikki yo’nalishda - ijtimoiy hayotda va dunyoqarashda shaxsning faolligini oshirish kerak. Diniy tashkilotlarning ijtimoiy yo’nalishlarda haqiqiy voqelikka oshkora va ijobiy yondashishlari kengayib borayotganligi odat tusiga kirib bormoqda. Bunga respublikamiz hayotiga hozirgi kunda diniy tashkilotlarning xolisona munosabatlari, berayotgan ijobiy baholari jonli guvoh bo’la oladi. Bunda ayrim diniy tashkilotlarning ijtimoiy faoliyatlari ahamiyatga molikdir. Shuning uchun hozirgidavrda ularga nisbatan bo’lgan munosabatlarda umuminsoniylik, demokratik xolisliktamoyillari tiklanmoqda. Dinga e’tiqod qiluvchilarga ma’muriy – buyruqbozlik taziyqi o’tkazishdan voz kechilmoqda. Lekin din va fandagi muammolarini qaytadan ko’rib chiqish, turg’unlik davridagi eskicha qarashlardan voz kechish va ilgari «jangovar ateizm» yo’l qo’ygan qo’pol xatolarni tuzatish zaruriyati yuzaga keldi desak xato qilmagan bo’lamiz.Zero, I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining strategik maqsadi - huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Va shu asosda O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga erishish»dan iboratdir.