Jismga ta'sir etuvchi kuchlarning quyidagi turlari uchraydi.To‘planma kuch. Bir-biriga tegib turadigan ikki jismning o'zaro ta’sir kuchi ularning urinib turgan nuqtasiga qo'yilgan deb hisoblanadi. Haqiqatan esa jismlarning tegib turgan joyida defor- matsiva hosil bo'lib, ularning o'zaro ta’siri urinib turgan nuqtaga qo'vilmay biror yuzachaga qo'viladi. Bu yuzachaning sathi juda ki- chik bo'lsa-da cheklidir
Darhaqiqat, ikkita jismning tegib turgan yuzasi jism o'lchamlariga qaraganda juda kichkina bolsa, bu yuza- ni bir nuqta deb. kuch esa nuqtaga qo'yilgan to'planma kuch deb hisoblanadi. Bu to'planma kuch jismlarning tegib turgan yuzasidagi bosimlarning teng ta'sir etuvchisidir.
Masalan, ikki uchi bilan tavanch ustida votgan to'sinning biror joyiga qo'yilgan og'ir jismning to'sin sirtiga tegib turgan yuzasi juda kichik bo'lganida shu yuza bo'yicha ta'sir etuvchi kuchlar o'rniga ularning teng ta'sir etuvchisi P ni olamiz (21- rasm).Taqsimlangan kuchlar. Mashina yoki inshoot qismining ma'lum yuzasi yoki uzunligi bo'yicha qo'yilgan kuch uzluksiz ta’sir ko'rsatib tursa, bunday kuch taqsimlangan kuchlar deyiladi.
Uzunlik birligi yoki yuza birligiga ta’sir qiluvchi kuchlarning in- tensivligi q bilan belgilanadi va mos ravishda N/m yoki N/m2 bilan o’lchanadi.Taqsimlangan kuchlarga ko‘prik balkasining ustiga yotqiziigan beton yoki asfaltning ta'siri misol bo’la oladi. Beton yoki asfalt bal- ka bo’vicha tekis yotqiziigan bo’lib, balkaga 22-rasmda ko’rsatilga- nidek ta’sir qiladi. Masalani yechishda taqsimlangan kuchlar bir nuqtaga qo'yilgan kuch bilan almashtiriladi.
taqsimlangan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi AB uchastkaning o'rtasiga qo’yilgan bo’lib, kuch kattaligi Q= q- AB bo’ladi.Taqsimlangan kuchlarga yana bir misol sifatida to’g’on devoriga suvning ta’sirini keltirish tnumkin (23- rasm). Bu kuchning taqsimla- nishi suv yuzasidan to’g’on tagigacha uchburchak qonuni bilan o’z- garib boradi. Bu holda taqsimlangan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi uchburchak medianalarining kcsishgan nuqtasidan o’tadi va miqdo- ri ql/2 bo’ladi.
Agarda taqsimlangan kuch aylananing BD yoyi bo'yicha ta’sir etsa (24-rasm), uning teng ta’sir etuvchisi Q= q- fiZ)bo'ladi. Bun- da BD uzunlik BD voy vatari uzunligini bildiradi. Q ning ta’sir chi- zig’i BD vatar o’rtasidan o’tadi.