Insho rejasi. Sodda va murakkab ko‘rinishdagi rejalar


Alimardon timsoliga tavsif



Download 29,08 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2022
Hajmi29,08 Kb.
#396505
1   2   3
Bog'liq
3-laboratoriya ishi uchun topshiriqlar

Alimardon timsoliga tavsif
O‘zining berakror asarlari bilan kitobxonlar qalbini zabt etgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov o‘zbek adabiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha olgan adib sifatida e’zozlanadi, ardoqlanadi. Uning mavzu doirasida bir-birini takrorlamagan hikoya, qissa va romanlari har bir o‘zbek xonadoniga kirib borgan. U qaysi mavzuda qalam tebratmasin, avvalo, inson, uning ichki kechinmalari, o‘y-fikrlari, shodligi-yu g‘amlarini hikoya qilish asnosida inson o‘zining nomiga aslo dog‘ tushirmasligi kerakligi, insonga berilgan bir marotabalik umrni HAZRATI INSON bo‘lib yashab o‘tishligi zarurligi uning har bir asarida yaqqol sezilib tuiradi.

Yozuvchining ta’biri bilan aytganda, “Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki,uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asarni o‘qib bo‘lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqsa. Oradan yillar o‘tib asarni qaytadan qo‘liga olganida tag‘in hayajonlansa...” Yozuvchi bu orzusiga tamomila yetishdi, deb ichonch bilan ayta olamiz. Chunki uning qalamiga mansub “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” romanlari, onasiga bag‘ishlangan “Dunyoninmg ishlari” yoki “Bahor qaytmaydi” qissalarini o‘qiymizmi, yoinki “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasini o‘qiylikmi, hamma-hammasida inson, uning taqdiri kitobxonni befarq qoldirmaydi, yillar o‘tsa-da, ularning qismati haqida o‘ylash, achinish kitobxonning doimiy hamrohiga aylanadi.

“Bahor qaytmaydi” qissasi yozuvchinig boshqa asarlaridan tubdan farq qiladi, chunki har bir asarni o‘qiganimizda asarning bosh qahramoni timsolida ijobiy tomonlarni ko‘rsak, Alimardon timsolida o‘z maylining istaklariga bo‘ysungan, o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan qaytmaydigan shaxs timsolini ko‘ramiz. Inson onadan yovuz bo‘lib tug‘ilmaydi. Uni muhit, insonning nafsi yomonlikka undaydi. Alimardon ham onadan yomon bo‘lib tug‘ilmagan. Unda ham ijobiy xislatlar talaygina. U voqealar rivojida iste’dodli xonanda, izlanuvchan, yuqori martabalarga erishish yo‘lida tinmay mehnat qiluvchi shaxs sifatida kitobxonda iliq kayfiyat uyg‘otadi. Ammo bora-bora undagi salbiy xislatlarni ko‘rib boramiz.

Alimardon oliy o‘quv yurtini bitirib, diplomni olganda onasi vafot etgan, uning quvonchini ko‘ra olmagan edi. Asarda shunday satrlarni o‘qiymiz: “Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi... Odamlar qilichini ko‘tarib kelayotgan qishdan cho‘chiganday shosha-pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbog‘idan o‘tin arraladi, kimdir qo‘shnisining tom suvog‘iga hasharga chiqa boshladi. Hamma yagona bir tashvish bilan-kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo‘ldi. Faqat bir hovlida-qishloq chekkasida, shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg‘iz o‘z tashvishi bilan band edi”.U faqat o‘zini o‘ylovchi, boshqalarning tashvishi uni qiziqtirmaydi, hattoki eng yaqin do‘sti Anvarga xiyonat qiladi, uning sevgan qizi Muqaddamga uylanib oladi. Muqaddamga ham uylanib olgandan keyin, oilasiga ham xiyonat qiladi, oilaning muqaddasligi uning uchin ahamiyatsiz. Onasi uni yolg‘izqo‘llik bilan boqqan, unga bor-yo‘g‘ini bergan, uning uchun o‘zini o‘tga-cho‘qqa urgan, yarim ko‘ngil bilan o‘stirgan edi. Alimardon hech qachon onasini o‘ylamagan edi. Unga onasini, hatto odamlarni o‘ylash, ular haqida qayg‘urish yot, begona edi. Negaki shon-shuhrat uni kibr-havoga berilishiga sabab bo‘lgan edi. Shon-shuhratga erishmay turib, undagi kibr-u havo do‘stiga munosabatida yaqqol ko‘rinadi. Alimardon betob bo‘lib yotib qolganda, bir kuni “Anvar ham kelmabdi, nomard! - pichirladi u g‘ijinib. Alimardon betob bo‘lib qolganidan beri goh Anvar, goh onasi har kuni kelib, uning holidan xabar olib turishardi. Bugun kelmabdi. “Birovning go‘riga birov tusharmidi! Anvarning men bilan nima ishi bor!” Bu satrlar Alimardonning do‘stiga munosabatini yaqqol ifodalaydi.

Alimardon insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekanligi, onalarning hayotdagi o‘rni beqiyos ekanligi, ular bizni dunyoga keltirishi, oq sut berib boqishi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda parvona bo‘lishi, parvarishlab voyaga yetkazishi kabi oddiy haqiqatni anglamaydi.Chunlci u hech kimni yaxshi ko‘rmaydi. Agar yaxshi ko‘rganda onasini biror marta eslagan, do‘stiga, oilasiga xiyonat qilmagan bo‘lardi. Mutalning otasi yozib qoldirgan xatda, “Dunyoda odamlarni yaxshi ko‘rishdan ham ortiqroq baxt yo‘q”, degan satrlar Alimardonga aytilganday jaranglaydi. U umrinig oxirlarida bu haqiqatni tushunib yetadi. Onasi, olilasi, do‘st-birodarlari uning uchun eng aziz insonlar ekanligini kech bo‘lsa-da anglab yetadi, ammo vaqt o‘tgan edi. Kibr-u havoga berilish uni halokatga yetakladi, uni oilasidan, do‘st-u birodarlaridan, hattoki sevgan kasbidan , shon-shuhratidan judo qildi. “Alimardon qancha may ichganining, qancha ayollar bilan ulfatchilik qilganining hisobiga yetmadi... Endi u telvizorda kam ko‘rinar, konsertlarda onda-sonda chiqib qolar, odamlar o‘zini olqishlamayotganini ko‘rib jinni quvishar, lekin odamlar ham endi unga zor emas edi!” Alimardon uchun hamma narsa tugaydi, uning suyanchig‘i - o‘g‘li ham undan yuz o‘giradi, chunki o‘zi ham qachondir bolasidan tongan edi. Har yili bahor keladi, tabiat yashnaydi, ammo Alimardon uchun bahor qaytmaydi.

Men o‘zbek adabiyoti prozasiga o‘zining hikoyalari, qissalari va romanlari bilan benazir hissasini qo‘sha olgan adib O‘trir Hoshimov asarlarini sevib o‘qiyman. Uning asarlari O‘zbekistondagina emas, balki chet ellarda ham sevib o‘qiladi. Uning bir-biridan ajoyib hikoya, qissa va romanlari o‘quvchini o‘ylashga, mushohada etishga majbur etadi, asar qahramonlarining taqdiri kitobxonni larzaga soladi, eng avvalo, inson hayotda qanday yashash kerakligi haqida bot-bot eslatib turadi. Uning “Ikki eshik orasi” romani urushdan keyingi davrlar hayotini qalamga olsa-da, urushning dahshati necha yillar davomida oilalarga o‘zining ta’sirini ko‘rsatib kelganligi hayotda yashab o‘tgan Muzaffar, Ra’no, Munavvar va boshqa timsollar misolida ochib beriladi. “Tushda kechgan umrlar” romanida ham ayanchli qismat haqida-Afg‘oniston urushi ham o‘zbek xalqi boshiga keltirgan kulfatlari haqida hikoya qiladi.

Yozuvchining bir-biridan go‘zal asarlarini o‘qir ekanman, doim bir haqiqatni tuyaman. Yozuvchi insonlarga qarata: “Umr o‘tkinchi, mana shu umrda faqat yaxshiliklar qilishga ulgur, dunyo ikki eshikli uy ekan undagi g‘ishtni buzib ketishga urinma, balki savob ishlaring bilan birorta g‘ishtni qo‘yib ketishga harakat qil,-deganday bo‘ladi.


Download 29,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish