Insho: Ona tilim-millatim ko`zgusi



Download 16,3 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi16,3 Kb.
#351346
  1   2
Bog'liq
Zohida Sayfiyeva Ona tilim-millatim ko`zgusi


Buxoro viloyati

G`ijduvon tumani

57-umumiy o`rta ta`lim

maktabi 10-sinf o`quvchisi





nomli yozgan inshosi

Insho:Ona tilim-millatim ko`zgusi

Reja:

I.Kirish


1.Shonli tariximizning o`chmas yog`dusi

II.Asosiy qism

2.G`ururimsan,baxtimsan,iftixorim-ona tilim

3.Ona tilim-millatim ko`zgusi

III.Xulosa

4.Ma`naviyat sarchashmasi

“Milliy tilni yo`qotmak,millat

ruhini yo`qotmakdir.”

(Abdulla Avloniy)

Ona tilim…Sen o`zi kimsan,yoki nimasan?Nelarda mujassamsan? Qayerlardasan?Nimalarda aks etasan?Sehrmisan? Bormisan?Tiriklikda mavjudmisan?Yoki sukunatda hukmronmisan?Balki,borliqda senga oshno qalblarga hamrohdirsan?Bilmadim…Ilgarilari menda shunday savollar bo`lardi,ochig`i.Eng asosiysi:”Ona tili aslida o`zi nima?”,-degan savol qiynardi.Endi bilsam,ona tili-sen onalarning tilida yangraydigan sokin allasida,nuroniy bobojon-u buvijonlarimizning mehrga to`la duolarida mujassamsan.Sen beg`ubor bolajonning samimiy kulgusisan,vatanimning farovon va osuda tinchligisan,ilk bora maktab ostonasiga qadam qo`ygan,qalbi cheksiz hayajonga limmo-lim bo`lgan jajji o`quvchining tilida jarang sochgan so`zsan,aslida.Shonli tariximiz sahifalarida zarxal harflar bilan bitilgan sensan.Sen xalqning o`tmishi,buguniva uning porloq kelajagisan.Sen bir so`z orqali odamzotning dardiga darmon,quvonchiga sherik bo`la olasan,yana bir so`z orqali esa inson qalbini olovda yondirib,tushkunlik va sukunat qariga tashlay oladigan qudratli kuchga qodirsan.Sen shunday mo`jizasan.Dunyolar teng kelolmas,sening qudratingga.Borliqda bor bo`lgan tengsiz qudratim-ona tilim mening.Sen xalqning irodasini o`zingda aks ettirasan,go`yo.Ona tilim sening qudrating, senda jarang sochgan o`zbekona so`zlarda. Turkiy til deb nom olding,o`tmishda.Seni tan olmaganlar bo`ldi,sen parvo qilmading.Seni mensimadilar,e`tibor bermading.Seni yo`q qilmoqchi,tarix sahifalaridan o`chirmoqchi bo`lishdi,sen diqqat qaratmading.Oxiri,o`z yog`lariga o`zlari qovurilishdi,o`zlari qazgan chohga o`zlari yiqilishdi.Ana shunaqa, bu hayotda har narsani taroziga solib turguvchi adolat degan tushuncha bor.

Asrlardan asrlarga sayqal topib boyigan tilim.Sen zamonlarning kuchli bo`ronlariga dosh berding.Yovlarning qilichiga chap berding. Nayzalarning o`tli tig`iga bag`ringni tutding,yaralanding,shunda ham jim turaverding.Seni keraksizga chiqarishdi,qoloqlikda ayblashdi,eskilik sarqiti deya uloqtirishdi.Kulishdi,bo`hton toshlarin yog`dirishdi. Og`riqlarga bardosh bergan,kamsitishlardan yuragi zada,dushman tig`idan ko`ksi yara tilim.Shunday sinovlarda chidamli bo`lding. Egilmading, bukilmading,sinmading.Axir aytishadi-ku:”Quyosh botdimi?Demak yana uning yer yuziga chiqmog`i bor.”Ona tilim, sen bizning qadim o`tmishimizsan.Sen bitik toshlardan so`zlaysan.Mahmud Qoshg`ariy bo`lib, shahar-u qishloqlar kezgaysan.Navoiy tilida munojot bo`lib yangraysan,asrlar g`amini so`zlaysan.Bobur g`azallarida Kobul va Hindistonni sayr aylading.Mashrabning ohida o`rtanding,Fitrat qalamida sayqallanding.Qodiriy tilidan o`tmishni bayon etding.Sen barhayotsan. Boisi,seni mangulik sari eltuvchi qanotlaring bor,seni asraguvchi avlodlaring bor.O`zbek tilim,sen yaratuvchi, yashnatuvchi,xalqqa boylik baxsh etuvchi eng bebaho boyliksan.Sen asrlar silsilasiga bardosh bergan,vatanimiz tarixini yelkasida opichlab yetkaza olgan muhtasham ko`priksan.Sen bizga To`nyuquq hamda Bilga xoqon bahodirligini, To`maris-u Shiroqning jasoratini,Najmiddin Kubro,Manguberdining shijoatini,Lutfiy va Navoiyning otash baytini,Bobur va Furqatning fig`only nolalarini,Qodiriy,Usmon Nosir armonlarini tarix qaridan olib chiqa olgan buyuk qadriyatsan.Senda Erkin Vohidovning mayin va hazin, Abdulla Oripovning sehrli va jozibali,Shavkat Rahmon va Muhammad Yusufning dardli nolalari bitildi:

Garchi zug`um qilganlarni yoqtirmadim,

She`r yozdim-u bo`lak ishni qotirmadim.

Tilim turib o`z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi bag`ri dilim,

Ona tilim,kechir meni,ona tilim.

Ona tilim,gohida o`ylab qolaman, har ikki so`zining birida “privet”,“karoche”,”chao” kabi bir qator xorijiy so`zlarni o`z ona tilimizga qo`shib gapiradigan,o`zlarini go`yo o`ta madaniyatlidek tutadigan ayrim kimsalar, dunyo daholari qatorida o`zining mustahkam o`rni va mavqeiga ega mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning ona tilimizni saqlab qolish va rivojlantirish yo`lida butun umrlarini bag`ishlaganliklarini yodga olsalarmi?Ha Vatanimiz qancha-qancha og`ir kunlarni boshdan o`tkazdi.O`zbek millatini,uning urf-odatini,madaniyatini,shu bilan bir qatorda ona tilini toptadilar.Oyoqosti qildilar va yo`qotmoqchi bo`ldilar.Tilimiz seni kamsitdilar,xo`rladilar,biroq,Navoiy seni jaholat botqog`idan she`riyat osmoniga olib chiqdi.Shuning uchun ham bu zotning “So`z mulkining sultoni” deya atalishi ham bejiz emas,albatta. O`tgan asr boshlarida ijod etgan adib Abdulla Qodiriy shunday yozadi:”Ozbek tili kambag`al emas,balki o`zbek tilini kambag`al deguvchilarning o`zi kambag`al.Ular o`z nodonliklarini o`zbek tiliga to`nkamasinlar.” Ha,darhaqiqat o`tmishda o`zbek tilini kambag`al deya unga tamg`a bosganlar topilardi,albatta.Lekin,tarix yana bir bor ularning o`z ma`naviyatini qay darajada qashshoq va kambag`al ekanligini yana bir bor isbotladi.Chin ma`noda ona tili millatning faxri,bir qatorda uning g`ururidir.

1989-yil 21-oktabr.Tarixiy kun!Boisi bu qutlug` sanada o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Tilim mana mustaqillikka yetdik.Istiqlol kunlarida sening obro`-e`tiboring oshdi.Endi sening o`z bayram kuning bor.Har yili shu sanada senga bag`ishlangan turli xil bayram tadbirlari,she`riyat kechalari o`tkaziladi.Ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta`kidlaganlaridek:”Har bir millatning dunyoda borligini ko`rsatadurg`on oyinayi hayoti til va adabiyotidir.Milliy tilni yo`qotmak,millat ruhini yo`qotmakdir.”Ona tilim dunyoda sendanda boy,sendanda ko`hna va navqiron birorta til bormikan?Chunki,sendek ona tilimizning ildizlari buyuklikka dahldor.Bundan besh asr oldin qalam bilan dunyoni zir titratgan bobomiz Alisher Navoiy bugun ham o`z so`zini aytmoqqa qodir.Oddiy qilich bilan dunyo tamaddunini boshlab bergan Amir Temur bobomiz qoldirgan siyosiy bilimdan yer yuzidagi qay bir mamlakat foydalanmaydi deysiz.Ha,bularning barchasi ona tilimiz sening sharofating ila ijobatdir.Zero,ona tilim mangu bo`l omon! Mana 21-oktabr ham yaqinlashmoqda.Ona tilim bayram munosabati bilan senga o`zim yozgan she`rimni sovg`a qilmoqchiman:




Download 16,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish