pH (rX) ni o‘lchashlardagi asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegaralarini aniqlash
rN (rX) o‘lchashlardagi asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegaralarini 7 bo‘limda aytib o‘tilgan sharoitlarda, qo‘l bilan yoki avtomatik termokompensatsiyalash rejimida aniqlanadi.
Ushbu bo‘lim bo‘yicha operatsiyalar buferli eritmalar - rN ishchi etalonlaridan foydalanib o‘tkaziladi, va ular 3 va 5 bandlarga muvofiq quyidagi usullarda tayyorlanadi:
(25 ± 0,2) °S eritma haroratida rN = 1,65 i rN = 9,18 qiymatlarga teng bo‘lgan buferli eritmalar - rN ishchi etalonlari yordamida asbobni ED ko‘rsatmalariga binoan sozlash (darajalashtirish) o‘tkaziladi.
O‘lchashlarni yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralari 0,03 rN dan kam asboblar uchun, rN o‘lchashlarni uchta buferli eritmalarda – eritmalarning (25 ± 0,2) °S haroratlarida rN = 3,56, rN = 4,01 va rN = 10,00 qiymatlarga teng bo‘lgan bufer eritmalarda o‘tkaziladi.
O‘lchashlarni xar bir buferli eritmalarda uch martadan (p ≥ 3) kam bo‘lmagan miqdorda qaytarib o‘lchanadi. Agar rN o‘lchash natijalariga ko‘ra maksimal farqlanishlar EX da o‘rnatilgan o‘lchashlarni asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralaridan oshib ketmasa, o‘lchash natijalari o‘rtacha qiymati
aniqlanadi va ushbu bufer eritmasi uchun o‘lchangan rNo‘lch qiymatlarini o‘rta arifmetik qiymati topiladi.
O‘lchashni yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralari 0,03 rN dan kam bo‘lgan asboblarda rN uchtadan bittasidagi (asbobni ishlatishdagi muhim bo‘lgan diapozonni inobatga olgan holda) bufer eritmalarda – eritma haroratlari (25 ±0,2)
°S bo‘lgandagi rN = 3,56, rN = 4,01 va rN = 10,00 ga teng bo‘lgan bufer eritmalarda aniqlanadi. Keyin 2.2 bo‘yicha operatsiya bajariladi.
rN o‘lchashni asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegarasi
EpH
buferli
eritmalarning xar bir rN qiymatlariga quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi ( 2.2 qarang):
EpH
= rNo‘lch - rNet, (1)
bunda rNo‘lch - buferli eritmani rN ko‘rsatkichini o‘rta arifmetik qiymati; rNet - 25 °S haroratda bufer eritmaning GOST 8.134 bo‘yicha qiymati.
Agar (1) formula bo‘yicha hisoblab chiqilgan har bir (2.2. qarang) va
(yoki) tanlangan (2.3. qarang)
EpH
bufer eritma qiymati EX ko‘rsatilgan
o‘lchashda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegaralaridan ortib ketmasa, asbob keyingi qiyoslashlarni o‘tkazish uchun yaroqli hisoblanadi. Aks holda, o‘lchashlar yangi tayyorlangan buferli eritmalarda qayta o‘tkaziladi. Agar qayta o‘lchashlarda xatoliklar ED ga muvofiq kelmasa, asbob yaroqsiz deb topiladi.
E s l a t m a – Agar asbob ko‘p kanalli bo‘lsa, unda qiyoslashga barcha o‘lchanadigan kanallar jalb qilinadi.
rX o‘lchashlarning asosiy yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar chegarasi 1- 4 bandlarda ko‘rsatilgan usul bo‘yicha aniqlanadi, bunda bufer eritmalar o‘rniga 3 banddagi ko‘rsatmalar asosida tayyorlangan ishchi etalon attestatsiyalangan aralashmalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |