Yuklanmagan tarozilarni doimiy bo‘lmagan ko‘rsatkichlarini, yuk qabul qiluvchi qurilmada yuk xolatlariga bog‘liq bo‘lmagan tarozi ko‘rsatkichlarini, ortiqcha yuklangan tarozilarning ko‘rsatkichlarini sezuvchanligi va xatoliklarini, 3.3.1.-3.3.4 bandlarda ko‘rsatilgan usullarda yuklanmagan xolatda ko‘rsatkichlar qamrovlarini aniqlash olib boriladi. Tarozilarni metrologik parametrlari namunaviy bo‘lgan III razryadli qadoq toshlari yordamida, bevosita baholash usuli bilan aniqlanadi.
Yuklanmagan tarozilarni doimiy bo‘lmagan ko‘rsatkichlarini aniqlash, yuklangan tarozilarini boshqa parametrlarini aniqlashdan avval bajariladi. Yuklanmagan tarozilarni doimiy bo‘lmagan ko‘rsatkichlarini tarozi toshlari bilan yuklangan xolatga teng bo‘lgan yukni yuk qabul qiluvchi qurilmaga qo‘yish bilan aniqlanadi. Yukni olgandan keyin hisoblash qurilmasini nol xolatga qaytishi kuzatib boriladi. Yuklanmagan tarozilarni doimiy bo‘lmagan ko‘rsatkichlari +1 dan oshmasligi kerak.
Tarozi pallasida yuk xolatlariga bog‘liq bo‘lmagan tarozi ko‘rsatkichlarini tekshirish. Bunday tekshirishni tarozini massalari 1/3 TKO (TKO- tortishni katta oraliqlari) ga mos keluvchi mayda qadoq toshlar bilan yuklab amalga oshiriladi. Namunaviy qadoq toshlarni tarozi pallasining markaziga qo‘yiladi, keyin esa navbatma-navbat chizmada ko‘rsatilgandek, yuk qabul qilgichni ikkinchi yarmiga joylanadi. Toshlar yuk qabul qiluvchi qurilmasi xududidan chiqib ketmasligi lozim. Yuk qabul qiluvchi qurilmada toshlarni har bir xolatida tarozini ko‘rsatkichlari olinadi. Operatsiyani ikki marta o‘tkaziladi. Yuk qabul qiluvchi qurilmada toshlarni istalgan xolatlarida tarozilarini ko‘rsatkichlari va toshlarni markazga qo‘ygandagi ko‘rsatkichlari orasidagi eng katta bo‘lgan farqlanishlar, foydalanishga oid xujjatlarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklardan oshib ketmasligi lozim.
Yuklangan tarozilarning hatoliklarini va tortishning katta oraliqlarida (TKO) ko‘rsatkichlar qamrovini aniqlash.
Yuklangan tarozilarni xatoliklarini massasini o‘nlab qiymatlariga teng bo‘lgan, tortishni barcha diapozonlarida bir tekisda tarqalgan, KOT (KOT-
tortishning kam oraliqlari), 5000 va TKO o‘z ichiga olgan, yuklangan va yuklanmagan og‘irliklarda aniqlanadi. Yuklangan tarozilarni xatoliklariga tarozi ko‘rsatkichi va yuk qabul qiluvchi qurilmaga joylashtirilgan namunaviy qadoq toshchalar massasini xaqiqiy qimatlari orasidagi tavofut olinadi.
Tarozilarni xatoliklari, ma’lum turdagi tarozilarga foydalanish xujjatlarida ko‘rsatilgan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasidan oshmasligi kerak.
TKOda tarozilar ko‘rsatkichlarini qamrovlari TKO tarozilariga teng bo‘lgan massadagi namunaviy qadoq toshlarni yuk qabul qiluvchi qurilma markaziga qo‘yish bilan aniqlanadi. Keyin tarozini ko‘rsatkichlari olinadi va namunaviy qadoq toshlar yuk qabul qiluvchi qurilmadan olib tashlanadi, so‘ngra yana namunaviy qadoq toshlarni yuk qabul qiluvchi qurilmaga qo‘yiladi va tarozilar ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu operatsiyani besh marta qaytarish kerak. Ko‘rsatkichlarni qamrovi uchun, yuklangan tarozilarni ko‘rsatkichlari orasidagi farqlar olinadi. Tarozilarni ko‘rsatkichlari orasidagi qamrov, yuklanmagan tarozilarni yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasidan oshmasligi kerak.
Tarozilarni yuklanishlaridagi xatoliklarga tara massasi kompensatsiyasining ta’sirini aniqlash. Tara massasi kompensatsiyasining ta’sirini aniqlash tortishni 3 ta dan kam bo‘lmagan nuqta diapozonida o‘tkaziladi. Buning uchun yuk qabul qiluvchi qurilmaga foydalanish xujjatlarida ko‘rsatilgandek, tara massasi kompensatsiyasini bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymatlariga teng bo‘lgan qadoq toshlar joylashtiriladi. SHundan keyin, massani kompensatsiyalash bajariladi va, namunaviy qadoq toshlarni yuk qabul qiluvchi qurilmaga joylashtirgan holda, yuklangan tarozilarni xatoliklari aniqlanadi. Tara massasi kompensatsiyasidan foydalanilgan yuklangan tarozilarni xatoliklari foydalanishga oid xujjatlarida o‘rnatilgan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasidan oshmasligi kerak.
Buyumlar sonini hisoblash xatoliklarini aniqlash (hisoblagichli tarozilar rejimi uchun). Massani o‘rtacha qiymatlari taroziga kiritilgan buyumlar sonini hisoblash xatoliklarini aniqlash, buyumlar soni ko‘rsatkichlarini,
tortilayotgan buyumlar massasi qiymatlarini bitta buyumning berilgan qiymatiga bo‘lishdagi qismlarini solishtirish bilan o‘tkaziladi.
Massani o‘rtacha qiymatlari taroziga kiritilgan buyumlar sonini hisoblash xatoliklari, bitta buyumdan ortiq bo‘lmasligi kerak.