Laboratoriya qurilmasini bayoni
Termometrlarni qiyoslash uchun Davlat standarti uslubiyati bo‘yicha turli xildagi termometrlarni qiyoslash uchun foydalaniladigan, maxsus qurilmani yig‘ish kerak. 1.9-rasmda termometrlarni qiyoslash uchun laboratoriya qurilmani umumiy ko‘rinishi keltirilgan. 1.10-rasmda esa laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
1.9-rasm. Termometrni qiyoslash uchun laboratoriya ishini umumiy ko‘rinishi.
1.10-rasm. Laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi.
Termometrlarni qiyoslash uchun laboratoriya qurilma bir vaqtni o‘zida ikki turlicha bo‘lgan termometrlarni qiyoslashga mo‘ljallangan (1.10-rasm). Namunaviy termometr sifatida aniqlik sinfi 0,01 bo‘lgan simobli termometr olinadi. Barcha uchta termometrlar bitta kameraga bir xil satxlarda o‘rnatilgan. Qiyoslanadigan termometr sifatida elektron termoelektrik termometr va spirtli
termometr qo‘llaniladi. Elektron termometr maksimal darajada to 300oS gacha o‘lchaydi, simobli termometr 90oS gacha va spirtli termometr 70oS gacha o‘lchaydi. Termostatni qizdiriluvchi kamerasiga 12 volt qiymatdagi kuchlanish beriladi. Termometrlarni qiyoslash Davlat standartlari uslubiyati bo‘yicha, termometrlar qiymatini oshib borish va kamayib borish qiymatlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Qurilma kompyuterga ulangan. Ma’lumotlarni qayd etuvchiga kiritgandan so‘ng, qayd etuvchining tugmasini bosish kerak va bu bilan ma’lumotlar avtomatik ravishda kompyuterga uzatiladi.
Ishni bajarish tartibi
Sxemani 1.10-rasmda keltirilgan sxema asosida yig‘ing va uni tekshirish uchun o‘qituvchiga ko‘rsating.
11.4-jadvalni namunaviy va qiyoslanayotgan termometrlar ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldiring.
Laboratoriya ishini umumiy ko‘rinishi 1.9-rasmda keltirilgan.
1.4-jadval
Namunaviy va qiyoslanayotgan termometrlar bo‘yicha ma’lumotlar
T.r.
|
Nomlanishi
|
Turi
|
O‘lchash asbobini
tizimi
|
O‘lchash chegara-
lari
|
Bo‘lim bahosi
|
Aniqlik sinfi
|
Zavod raqami
|
1.
|
Namunaviy
termometr
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Qiyoslanayotga n termometr
(simobli)
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
Qiyoslanayotga n termometr
(spirtli)
|
|
|
|
|
|
|
Termometrlarni xona haroratidagi ko‘rsatkichini yozib oling.
«Ulash» dastagi yordamida laboratoriya qurilmasini tarmoqqa ulang.
« +» dastagi yordamida sekin-asta haroratni 2, 5 yoki 10 darajaga oshirib boramiz va haroratning barqarorligi o‘rnatilgandan keyin termometrlar ko‘rsatkichini yozib oling va 1.5-jadvalga termoelektrik termometr uchun va 1.6- jadvalga esa spirtli termometr uchun olingan natijalarni yozib boring.
Haroratni 60oS gacha oshira borib, termometrlarni barcha ko‘rsatkichlarini yozib olamiz va « -» dastagi yordamida sekin-asta haroratni 0oS qiymatgacha pasaytiramiz hamda o‘sha qiymatlarda termometrlarni barcha ko‘rsatkichlarini yozib oling va jadvalga kiriting.
Olingan natijalar asosida absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklarni hisoblab chiqaring va tuzatmani aniqlang.
Qiyoslanayotgan termometrlarni yaroqliligi haqida xulosa chiqaring.
9. Olingan ma’lumotlar bo‘yicha qiyoslanayotgan asbob ko‘rsatkichlarini tuzatmaga bog‘liqlik grafigini chizing.
1.5-jadval
Termoelektrik termometr uchun o‘lchash natijalari
t.r.
|
O‘lchandi
|
Hisoblab chiqildi
|
Namuna- viy termome tr
ko‘rsat- kichi,
Tnom
|
Oshib borishd agi qiymatl ari, Toshish
|
Kamyibb orish- dagi qiymat- lari, Tkam
|
O‘rta
-cha qiy- mat
|
Absol- yut xato- lik, ΔTabs
|
Nisb. xato, E, %
|
Kelt. xato, γ , %
|
Tuzatma
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1.6-jadval
Spirtli termometr uchun o‘lchash natijalari
T.r.
|
O‘lchandi
|
Hisoblab chiqildi
|
Namuna- viy am- permetr ko‘rsat-
kichi, Tnom
|
Oshiris hdagi qiymatl ari,
To‘zg
|
Pasay- tirishda gi qiymati
,To‘zg
|
O‘rta
-cha qiy- mat
|
Mutl. xato, ΔTabs
|
Nisb. xato, E, %
|
Kelt. xato, γ , %
|
Tuzat- ma
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Olingan natijalarga ishlov berish
Termoparalarni oshirishdagi va pasaytirishdagi o‘rta arifmetik qiymati:
Т 1 Т 11
ТСр
0 0
2
Voltmetrni mutlaq xatoliklari :
T 1= T x– T 01; T 11= T x- T 011; T sr = T x– T 0sr.
Voltmetrni nisbiy xatoliklari:
1 Т 1
Т
Т 1
0
100% ; Т 11
Т 11
Т
11
0
100% ; ТСр
ТСр
ТСр
100%
Voltmetrni keltirilgan xatoliklari :
1 Т 1 100% ; 11 Т 11 100% ;
ТCp
100% ;
Bunda, T max — o‘lchash asbobini maksimal bo‘lgan chegaralari.
Eksperemental ma’lumotlarni taxlil etishdan o‘lchash asbobini foydalanishga yaroqliligi xulosalanadi. Agar termometrni keltirilgan xatoliklarni hisoblab chiqilgan maksimal qiymati, ko‘rsatilgan aniqlik sinfiga taqqoslaganda past bo‘lsa, unda o‘lchash asbobini ko‘rsatkichi to‘g‘ri bo‘ladi va u keyingi foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi.
Termometr uchun tuzama:
T = Tx - T0.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Haroratni o‘lchash usullarini klassifikatsiyasi.
Termometrlarni qo‘llanishi.
Termometrni turdoshlari.
Termometrni kundalik turmushdagi axamiyati.
LABORATORIYA ISHI
PIROMETR YORDAMIDA OB’EKT HARORATINI MASOFADAN TURIB O‘LCHASH
Ishdan maqsad: infraqizil pirometrlarni tuzilishi, ishlash prinsipini o‘rganish va qizdirilgan jism haroratini aniqlash.
Vazifa: Asbobni qiyoslashni o‘tkazish, natijalarni jadvalga yozish.
Asbob va uskunalar: Optik pirometr va ob’ektni temperaturasini o‘lchash uchun maxsus moslama.
Nazariy qism
Pirometr — jism haroratini kontaktsiz (tegmasdan turib) o‘lchash uchun ishlatiladigan o‘lchash vositasi. Optik pirometrlarni ishlash prinsipi ob’ektni ravshanligini, quvvatini yoki energiyasini o‘lchash asosida ob’ektning temperaturasini o‘lchab beradi. (2.1-rasm).
2.1-rasm. Optik pirometrlarni umumiy ko‘rinishi Pirometrlarni sanoatda, turmush extiyojlarida, ishlab chiqarishni turli
texnologik etaplarida (po‘lat quyish sanoati, neftni qayta ishlash tarmog‘i) haroratni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadigan korxonalardagi ob’ektlarni haroratini masofadan turib aniqlashda qo‘llaniladi. Pirometrlar cho‘g‘langan ob’ektlar haroratlarini masofadan turib xavfsiz o‘lchash vositasi sifatida
qo‘llaniladi. Va bu uni yuqori darajadagi haroratlar tufayli nazoratlanuvchi ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirlashishlarini iloji bo‘lmaganda, nazoratlash uchun juda kerakli qilib qo‘yadi. Ulardan turli ishlab chiqarish soxalarida kritik haroratli ob’ektlarni aniqlash uchun issiqlik lokatorlari sifatida qo‘llasa bo‘ladi (takomillashtirilgan modeli).
Dastlabki birinchi pirometrlarni Piter van Mushenbruk ixtiro qilgan. Avval boshda atama kuchli qizdirilgan (cho‘g‘langan) ob’ektni yorqinligi va rangi bo‘yicha xaroratni ko‘z bilan o‘lchash uchun qo‘llaniladigan asboblarda ishlatilgan. Hozirgi paytda uni ma’nosi bir qancha kengaydi, qisman, pirometrlarni ba’zi turlari (bunday asboblarni infraqizil radiometrlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi) etarlicha past bo‘lgan haroratlarni o‘lchaydi (0°C va undan ham past).
Zamonaviy pirometr va portativ pirometrlarni taraqqiy etishlari o‘tgan yuz yillikning 60-nchi yillari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi va hozirgacha davom etmoqda. Aynan shu vaqtlarda muxim darajadagi fizik yangiliklar ochilgan va ular yuqori is’temol talablari va o‘lchamlarini kichik gabaritliligi tavsifidagi sanoat pirometrlari ishlab chiqarishga asos bo‘lgan. Birinchi portativ bo‘lgan pirometr Wah l amerika kompaniyasi tomonidan 1967 yilda o‘ylab topilgan va ishlab chiqilgan. Nurlanayotgan ob’ektning issiqlik energiyasini miqdorini aniqlaydigan infraqizil qabul qilgich ma’lumotlari asosida harorat haqida xulosa chiqarishda, qattiq va suyuq jismlar haroratlarini o‘lchash chegaralarini muxim darajada kengaytirishga imkon beradi.
Pirometrlarni asosiy belgilari bo‘yicha bir necha guruhga ajratish mumkin:
Optik pirometrlar – qoidaga ko‘ra, maxsus qurilmalardan foydalanmasdan turib, ko‘z bilan vizual ravishda uni rangini etalon ip rangi bilan solishtirish yo‘li bilan qizdirilgan jism haroratini aniqlashga imkon beradi.
Radiatsion pirometrlar - haroratni issiqlik nurlanishi quvvati ko‘rsatkichining qayta hisoblash vositasida haroratni baholaydi. Agar pirometr keng yo‘l- yo‘lliklarda spektral nurlanishni o‘lchasa, unda bunday pirometr to‘liq nurlanish pirometri deb ataladi.
Rangli pirometrlar - (boshqa nomlari: multispektral, spektral munosabatlardagi) ob’ektni turli spektrdagi issiqlik nurlanishi bilan taqqoslash natijalariga asoslanib, uni harorati haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Past haroratli pirometrlar - ushbu parametrdagi manfiy qiymatlarga ega bo‘lgan ob’ektlarni ham haroratini ko‘rsatish qobiliyatiga egadir.
YUqori haroratli pirometrlar - “ko‘z” bilan aniqlashning imkoni bo‘lmaganda, faqat juda kuchli qizdirilgan jismning haroratini o‘lchash mumkin. Odatda o‘lchashni yuqori chegaralari “foydasiga” kuchli siljishga ega.
Mo‘ljallanishi bo‘yicha pirometrlar ko‘chma va statsionarlarga bo‘linadi. Ko‘chma pirometrlar – o‘lchashlarni yuqori aniqliklari lozim bo‘lganda,
yaxshi harakatlanuvchi xossalar bilan jamlikdagi sharoitlarda foydalanishga qulay, masalan: qiyin etib boriladigan uchastkalarda quvur o‘tkazgichlarni haroratlarini baholash uchun. Odatda, grafik va matnli-raqamli ma’lumotlarni aks ettiruvchi, uncha katta bo‘lmagan displey bilan ta’minlangan.
Statsionar pirometrlar - ob’ektlarni haroratini anchagina aniq baholashga mo‘ljallangan. Asosan yirik sanoatda, metallar va plastiklarni eritishga xos ishlab- chiqarishda texnologik jarayonni bevosita muntazam nazorat qilish va uni haroratini o‘lchash uchun foydalaniladi.
Matnli-raqamli usulda o‘lchanadigan harorat raqamli displeyda darajalarda ifodalanadi. Bir yo‘la qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
CHizma usul - kuzatilayotgan ob’ektni turli ranglarda ajratib ko‘rsatilgan past, o‘rta va yuqori haroratli oblastlarni spektral ajratishlarda ko‘rishga imkon beradi.
Tasniflariga qaramay, pirometrlar qo‘shimcha ta’minot manbaalari hamda ma’lumot uzatish vositalari va maxsus qurilmali aloqa kopyuterlar bilan ham ta’minlanadilar.
Pirometrlarni haroratni o‘lchashda aniqligini belgilovchi eng muxim tavsifi optik hal etish va ob’ektni qoralashish darajasini sozlashtirish hisoblanadi. Ba’zan optik hal etishni vizirlashtirish ko‘rsatkichi deb ataladi. Bu ko‘rsatkich dog‘ diametrini (aylanasini) yuzaga nisbati sifatida hisoblanadi, unda nurlanish
ob’ektgacha bo‘lgan masofa pirometr bilan o‘lchanadi. Asbobni to‘g‘ri tanlash uchun, uni qo‘llanish doirasini bilish kerak. Agar uncha katta bo‘lmagan masofada o‘lchash lozim bo‘lsa, unda yaxshisi echimi uncha katta bo‘lmagan, maslan 4:1 pirometrni tanlash kerak. Agar haroratni bir necha metrlar masofada o‘lchash lozim bo‘lsa, unda echimi katta pirometrlarni tanlash tavsiya qilinadi. U holatda ko‘rish maydoniga begona, yot predmetlar tushish extimoli bo‘lmaydi. Ko‘pgina pirometrlarda ob’ektga aniq yuborish uchun lazerli nishon ko‘rsatuvi mavjud.
Emissiya koeffitsienti ε (nurlanish koeffitsienti, qorayish darajasi) – materialni tushuvchi nurlanishda aks etish qobiliyati. Ushbu ko‘rsatkich yuzaning haroratini infraqizil termometr (pirometr) yordami bilan o‘lchashda muhim hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich ma’lum bir haroratda berilgan yuzani nurlanuvchi energiyasining xuddi shunday haroratlardagi mutlaq qora jismlarni nurlangan energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. U 0 dan 1000 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qiladi.
Emissiyani noto‘g‘ri koeffitsientini qabul qilish –haroratni o‘lchovchi barcha pirometrik usullar uchun xatoliklarni keltirib chiqaruvchi manbaa hisoblanadi. Nurlanish koeffitsienti metallarni oksidlangan yuzasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Agar po‘lat uchun oksidlangan koeffitsient taxminan 0,85 ni tashkil etsa, sayqallangan po‘latni koeffitsienti esa 0,075 gacha pasayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |