InnoWeek uz-2021



Download 19,25 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi19,25 Kb.
#334358
Bog'liq
Joriy yilning 22


Joriy yilning 22-27-noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida “InnoWeek.uz-2021” – xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazildi.

Anʼanaviy va onlayn tarzda o‘tkazilgan xalqaro haftalikda 94 ta ko‘rgazma stendlarida jami 1 148 ta innovatsion mahsulotlar, yangi ishlanmalar, texnologiyalar namoyish etildi.

Haftalik tadbirlarida 380 ta tashkilot va korxonalardan 14,5 ming nafar ishtirokchilar qatnashgan bo‘lsalar,  ularning 7,1 ming nafari tadbirlarni onlayn kuzatdi. Haftalikka Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Xitoy, Shveysariya, Rossiya, Tailand, Turkiya kabi 18 ta mamlakatdan 131 nafar xorijlik mehmonlar tashrif buyurdilar.

Haftalik yakunlari bo‘yicha 163 turdagi innovatsion mahsulotlarni xarid qilish hamda yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan 83,6 mlrd so‘mlik 80 ta shartnoma imzolandi.

Shuningdek, mahalliy va xorijiy kompaniyalar va texnoparklar o‘rtasida 63,5 mln AQSH dollari miqdorida 18 ta o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Tijoratlashtirish kuzgi forumi doirasida taqdim etilgan yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsion mahsulot va texnologiyalar ko‘rgazmasida  125 ta tashkilot, shu jumladan, innovatsion hududlar tomonidan 362 ta innovatsion mahsulot va texnologiyalar namoyish etildi.

Jumladan, Tijoratlashtirish bahorgi forumi doirasida moliyalashtirilgan loyihalar natijalari bo‘yicha 44 ta innovatsion mahsulot, texnologiya va yangi ishlanmalarning prototiplari va sanoat namunalari namoyish etildi. Natijada 15 turdagi innovatsion mahsulotlarni sotish bo‘yicha 5,5 mlrd so‘mlik 10 ta shartnomalar imzolandi.

Misol uchun, tijoratlashtirilgan yangi ishlanmalar – chorva hayvonlari kasalliklariga qarshi polevalent vaksina, sabzavot ekinlarining yangi navdor urug‘lari, quyosh radiatsiyasi, shamol tezligi, havo harorati, yog‘ingarchilik miqdorini o‘lchab boruvchi meteostansiya, mahalliy probiotik ozuqa-yem, paxta separatori  kabi innovatsion mahsulotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Kuzgi forum yakunlari bo‘yicha innovatsion hududlarda faoliyat yuritilayotgan 80 ta korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan 230 turdagi innovatsion mahsulotlar taqdimoti o‘tkazilib, 28,9 mlrd so‘mlik 50 ta shartnomalar imzolandi.

Misol uchun, haftalikda innovatsion hududlarda tayyorlangan yangi ishlanmalarni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Xususan, birgina Chust innovatsion hududida “Chust” brendi ostida tayyorlangan baliq qiymasi bo‘yicha 1,5 mlrd so‘mlik 4 ta shartnoma imzolangan bo‘lsa, xurmo mevasini quritish texnologiyasi, fermerlar va klasterlar uchun resurstejamkor mashinalarga tadbirkorlik subyektlari tomonidan katta qiziqish bildirildi.

Haftalik doirasida “Yashnobod” innovatsion texnoparkining 28 ta rezidentlari tomonidan 154 turdagi innovatsion mahsulotlar taqdim etildi. Texnopark rezidentlarining 109 turdagi innovatsion mahsulotlari bo‘yicha 52,2 mlrd so‘mlik 26 ta shartnomalar imzolandi. Shu jumladan, 3,8 mln AQSH dollari hajmida eksport sharnomalari tuzildi.

Haftalik mobaynida jami 10 ta tadbirtashkil etildi, shu jumladan, 3 ta xalqaro konferensiya, 2 ta forum, 2 ta seminar, 2 ta ilmiy anjuman va press-konferensiya o‘tkazildi.

Xususan, “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida Germaniyaning Markaziy Osiyo barqaror innovatsiyalar byurosi (CASIB) bilan “CLIENT II” moliyalashtirish dasturi doirasida tanlovlar asosida innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va O‘zbekistonda SASIB faoliyatini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, Yaponiya hukumatining “SATREPS” dasturi doirasida Markaziy Osiyoda eng yirik tashabbus – Orolbo‘yi muammolariga oid 5 yillik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Haftalik to‘g‘risida 30 ta mahalliy elektron OAVlarida 250 tadan ortiq maqolalar chop etildi hamda ko‘rishlar qamrovi  5 mln.ni tashkil etdi. Xorijiy internet OAVlarida 40 dan ortiq materiallar, bosma OAVlarda 15 ta maqola chop etildi. Tadbirda  8 ta mahalliy telekanallar tomonidan 50 dan ortiq telematerial, 10 ta radiokanallar orqali 30 dan ortiq eshittirishlar efirga uzatildi.



Haftalik doirasida ilm-fan va innovatsion faoliyatga oid Milliy ilmiy portal hamda Innovatsion rivojlanish vaziriligi yangilangan veb-sayti namoyish etildi va ishga tushirildi.
Download 19,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish