Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab



Download 29,92 Kb.
bet2/2
Sana29.12.2021
Hajmi29,92 Kb.
#84410
1   2
Bog'liq
3-TOP. O'ZB.

JAVOBLAR
1.Qayd etilsinki, mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.
2.Bugungi kunda iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Bu maqsad yo‘lidagi muhim vazifalardan biri mavjud 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonani xatlovdan o‘tkazish, xususiy sektor va raqobat rivoj­langan yo‘nalishlardagi sub’ektlarda davlat ishtirokini keskin kamaytirish hisoblanadi. SHundan kelib chiqib tashkillashtirilgan 8 ta ishchi guruh 2965 ta davlat ishtirokidagi korxona faoliyatini tanqidiy o‘rganib, takliflarni shakllantirgan. O‘rganishlar natijasida esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 9 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan. Xo‘sh, ushbu hujjatlarning mazmun-mohiyati nimalardan iborat, ular orqali qanday rejalar amalga oshirilib, qaysi muammolar echilishi kutilmoqda?
Bu haqda agentlik tomonidan senatorlar, deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar, yirik xo‘jalik jamiyatlari rahbarlari, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, KPMG, DELOITTE & TOUCHE, Ernst & Young, Pricewaterhouse Coopers kompaniyalari vakillari, ekspertlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarini jalb etgan holda tashkil etilgan “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin kamaytirishda transformatsiya” mavzuidagi davra suhbatida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Tahlillarga ko‘ra, davlat ishtirokidagi 2965 ta sub’ektning 58 foizini davlat unitar korxonasi, 33 foizini mas’uliya­ti cheklangan jamiyat, 9 foizini aksiyadorlik jamiyati tashkil etadi. Davlat ishtirokidagi korxonalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 55 foizdan, (Rossiyada bu ko‘rsatkich 35, Singapurda 15, Vetnamda 38, rivojlangan mamlakatlarda o‘rtacha 20-25 foizda), ularning daromad qismidagi solig‘i 47 foizdan, bandlikdagi hissasi 6 foizdan iborat. O‘tgan yili davlat ishtirokidagi korxonalarning 1703 tasida, ya’ni 57 foizida 12,1 trln. so‘m sof foyda olingan, 262 tasida — 9 foizida zarar ko‘rilgan, 1000 tasi — 34 foizi tegishli hisobotlarni topshirmagan, 991 tasi — 33 foizi dividend to‘lagan. Ushbu korxonalarda mehnat unumdorligi ham ancha past. Bunday holatlarning sababi nimada ekanligini bilish maqsadida o‘tkazilgan o‘rganishlarda bir qator muammolar aniqlangan.
3.Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.

SHu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi, xususan:

birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;

ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi;

uchinchidan, soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi soliq stavkalarining yuqoriligi;

to‘rtinchidan, imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog‘lom raqobatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni soliq va bojxona, shu jumladan individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga qo‘llab-quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi;

beshinchidan, davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlarining, elektron soliq ma’muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi;

oltinchidan, o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va insofli tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga to‘sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi;

ettinchidan, mahalliy soliq va yig‘imlarning ma’muriyatchiligi mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik darajasi etarli emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va er uchastkalarini to‘liq hisobga olish va qiymatini ob’ektiv aniqlashning mavjud emasligi.
Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib:

1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;

soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;

makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash;

soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;

soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarinimaksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash,

shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;

xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;

soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish ob’ektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobigatakomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.


4.Bugungi kunda turli xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm va ekstremizm, korrupsiya, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, axborot xuruji va yot g‘oyalarga qarshi kurashish, ularga barham berish bo‘yicha ichki ishlar organlari oldiga yangi vazifalar qo‘yildi. Xususan, faol investitsiya siyosati yuritilmoqda, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, soliq tizimi tubdan isloh qilinib, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda innovatsiya, ilm-fan yutuqlari, yangicha va ijodiy yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari eng chekka hududlarga ham yangilanish nafasini, bunyodkorlik ruhini olib kirmoqda.
5.Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda «bolalar bog‘chasi-maktab» majmui tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.

YAngi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. «Sog‘lom avlod uchun», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o‘qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.



Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida qariyb 20 ming o‘qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.
6.O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlar va ularning huquqlarini himoya qilish masalalari bilan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorlikda ish yuritadi. Jumladan:
- xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
- xotin-qizlarning oilada, mahalla va mehnat jamoasida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarni rag‘batlantirish;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovning tuman (shahar) bosqichida Jamiyat nomidan ishtirok etishni ta’minlash;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
- xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;
- ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat dasturlari va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tarmoq dasturlarining ijrosini ta’minlashdagi ishtirokini kuchaytirishga ko‘maklashish;
Download 29,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish