7- prinsip:metodik maslahatlarning turli xilligi: modul dasturi
axborotlarni oson o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi maslahatidan foydalanishni
taqozo etadi (savollar tizimi, algoritmlar va h.)
Modul dasturini loyihalashga kirishishdan oldin o‘qituvchi o‘zining yangi
funksiyasini aniq anglab olmog‘i lozim.Uning yangiligi shundan iboratki,
o‘qituvchi:
- o‘quvchilarning biluv faoliyatini boshqaradi, ya‘ni, o‘qituvchi tayyor
bilimni beruvchi emas, balki o‘quvchilarning shaxsiy - biluv faoliyatining
tashkilotchisiga aylanadi;
- darsda o‘quvchilarni biluv faoliyatiga qiziqtirib (motiv), ularning o‘quv
predmetiga ijobiy munosabatini tarbiyalaydi;
- darsda o‘quvchilarni axborot materiallari bilan ishlashga o‘rgatadi va
mustaqil ishlarni tashkil etadi;
- ta’limning jamoa usulidan foydalanib, barcha o‘quvchilarni ijodiy ishlashga
jalb etadi, ular o‘rtasida o‘zaro yordamni tashkil etadi;
Modulli ta‘lim texnologiyasi-shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim
texnologiyasidir. U ta‘lim maqsadini amalga oshirish uchun o‘quv
jarayonini optimallashtirish, o‘quvchilarning bilish va tarbiyaviy soxalarini
rivojlantirish, o‘rganish faoliyatini boshqarish bilan birga o‘zo‘
zini boshqarish kabilarga keng imkoniyatlar yaratish bilan ta‘lim jarayonining
yaxlitligini ta‘minlashga qaratilgan.
Bu texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, unda ta‘lim mazmuni bilan
uni o‘qitish texnologiyasi chambarchas bog‘langan integratsiyaon jarayon
bo‘lib, u quyidagi texnologiyalar majmui orqali amalga oshadi: muammo
algoritmli, dasturlashtirilgan, aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllantirish,
to‘liq o‘zlashtirish va boshqalar.
16.MUALLIFLIK TEXNOLOGIYALARI
O’shitish tеxnologiyasi pеdagogik stratеgiya sifatida talaba va o’shituvchilar faoliyatini faollashtirissh va jadallashtirish vositalariga ega boshladi. Bunday tеxnologiyalarga huyidagilarni kеltirish mumkin:
Pеdagogik jarayonda shaxsni ko’zda tutishga asoslangan pеdagogik tеxnologiya (Sh.A.Amonashvili tеxnologiyasi);
O’quv matеrialini sxеmalar va modеllar ishorasi asosida o’shitishni jadallashtirissh tеxnologiyasi (V.F.Shatalov tеxnologiyasi);
O’quv jarayonini samarali boshsharish va tashkil etish asosiga qurilgan tеxnologiya (S.N.Lisеnkova tеxnologiyasi, N.P.Guzikning o’qitish tizimini rеjalashtirish tеxnologiyasi);
O’qitishni individuallashtirish tеxnologiyasi (Ingе Unt, A.S.Granitskaya, V.D.Shadrikov tеxnologiyasi);
O’qitishni dasturlash tеxnologiyasi (B.P. Bеspalko).
Mualliflik taxnologiyalarining ba’zilari haqida ma’lumot beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |