Innovatsiya loyihalarini amalga oshirishning moliyaviy asoslari Bajardi: Odilov Sarvar Tekshirdi: Umarov Suhrob REJA: - 1. Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish usullari
- 2. O’z manbalari hisobidan innovatsiyalarni moliyalashtirish
Innovatsiya faoliyatida davlatning ishtiroki quyidagi jabhalarga olib keladi: davlat ko’pchilik xukumat innovatsion dasturlarini moliyalashtirishda (yoki bevosita moliyalashtirish yoki maqsadli byudjet fondlarining mablag’lari yo’li bilan) ishtirok etadi; davlat buyurtmalari (ITTKIni o’tkazish uchun shartnoma shaklida) keyinchalik mamlakatning iqtisodiyotida keng qo’llaniladigan innovatsiyalarga boshlang’ich talabni ta’minlab beradi; davlat akademik va amaliy fanning samarali o’zaro ta’sirini tashkil etish ishlarida vositachi bo’lib ishtirok etadi hamda sanoat korxonalari va universitetlarning ITTKI sohasida kooperatsiyani rag’batlantiradi; davlat o’zining innovatsiya siyosatida innovatsiya faoliyatini bevosita va bilvosita qo’llab-quvvatlashi kerak
Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish usullari
To’g’ridan-to’g’ri
Bilvosita
Innovatsiya loyihalarini byudjet mablag’laridan moliyalashtirish
Innovatsiya jarayonlarini huquqiy nazorat қилиш
Qonunchilik aktlari ta’sirini ta’minlovchi huquqiy mexanizmni shakllantirish
Davlat innovatsiya infratuzilmasini shakllantirish
Davlat darajasida ilm va texnologiyalarni prognozlashtirish
Soliq imtiyozlari
Franchayzing
Moliyaviy lizing
Optimal amortizatsiya siyosati
Imtiyozli kreditlash
Ma’muriy-idoraviy shakli innovatsiyalarga to’g’ridan-to’g’ri ko’mak beruvchi mahsus qonun doirasida amalga oshiriluvchi bevosita moliyalashtirishda 30 namoyon bo’ladi. Innovatsiyalarni davlat tomonidan nazorat qilishning dasturiy-maqsadli shakli davlatning maqsadli dasturlari hamda kichik innovatsion biznesni aniq moliyalashtirishni aks ettiradi
ma’muriy-idoraviy;
dasturli-maqsadli.
Innovatsiya jarayonlarini davlat tomonidan bevosita boshqarish usullari ikki shaklda amalga oshiriladi:
Innovatsiyalarni davlat tomonidan bilvosita moliyalashtirish doirasida bojxona bojini to’lash differentsial rejimini qonun asosida mustahkamlash zarur. Bunda bojxona bojini differentsiatsiyalash mahalliy ilmiy mahsulot himoyasi uchun protektsionistik choralarni qo’llash bilan mos kelishi kerak (protektsionistik – biror davlatning o’z milliy iqtisodini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat). Innovatsiyalarni davlat tomonidan bilvosita rag’batlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri bu maqsadli nobyudjet fondlar mablag’larini mobilizatsiyasidir. - Innovatsiya infratuzilmasini tashkil etishda innovatsiyan markazlari, ilmiy va texnologik parklar va inkubatorlarni shakllantirish muhim rol o’ynaydi. Bular natijasida davlatning innovatsiya siyosati elementlarini birlashtiruvchi (bog’lovchi) innovatsiyalar o’sishini rag’batlantiruvchi strategiya amalga oshirilmoqda.
O’z manbalari hisobidan innovatsiyalarni moliyalashtirishga quyidagilar kiradi:
soliq va dividendlar to’lashdan so’ng qolgan taqsimlanmagan foyda
amortizatsion chegirmalar
aktsiyadorlik kapital
ustama kapital.
Korxonaning ta’sis xujjatlariga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga iste’mol fondi va jamg’arish fondi tashkil etadilar. Jamg’arish fondi deb, innovatsiya faoliyatiga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va korxonaning moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yo’naltirilgan pul mablag’lari tushuniladi. Jamg’arish va iste’mol fondlarini shakllantirish bo’yicha operatsiyalar aktsiyadorlarning (ishtirokchilar) umumiy yillik yig’ilishidagi qarori asnosida namoyon bo’ladi. Ochiq yoki yopiq aktsiyadorlik jamiyat shaklida tuzilgan Rossiya Federatsiyasi korxonalari cheklanmagan miqdorda yuridik va jismoniy shaxslarni investorlar sifatida jalb qilib, innovatsiya faoliyati maqsadlari uchun o’z mablag’lar etishmasligida qo’shimcha aktsiyalar emisiya qilish yo’li bilan o’z aktsionerlik kapitalini ko’paytirishlari mumkin. Rossiya Federatsiyasida innovatsiya faoliyatlari bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarni mablag’lar bilan ta’minlash jamg’armasi va hissadorlik asosidagi byudjetdan tashqari manbalar manfaatdor vazirliklar, idoralar, iqtisodiyot tarmoqlari, korxona va tashkilotlarning mablag’lari hisobidan ―buyurtma-natija‖ mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ushbu davlatda innovatsion investitsiyalashtirish manbalari sub’ektlari quyida
Do'stlaringiz bilan baham: |