Innovatsiya kategoriyasining mazmun-mohiyati va turkumlanishi


-jadval: Innovatsiya turkumlari8



Download 29,74 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2022
Hajmi29,74 Kb.
#685087
1   2
Bog'liq
Innovatsion texnologiyalarning Innovatsion mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan o

1-jadval:
Innovatsiya turkumlari8



Innovatsiya turkumlari



Samara turlari

Xarajatlarni iqtisod qilish

Bozor tijorati qiymatiga qo’shilgan hissa

Mahsulot innovatsiyasi

-

Moddiy va moddiy bo’lmagan aktivlarning ko’payishi

Texnik-texnologik innovatsiya

Mahsulotni ishlab chiqish va sotishda xarajatlarni tejash

Moddiy va moddiy bo’lmagan aktivlarning ko’payishi

Tashkiliy-boshqaruv innovatsiyasi

Investitsiyadan foydalanishda va moliyaviy faoliyat sohala- rida xarajatlarni iqtisod qilish

Gudvill o’sishi



Ijtimoiy-ekologik innovatsiya

Jarohat va kasbiy kasalliklar bilan bog’liq xarajatlarni iqti- sod qilish; ekologik jarima, ijtimoiy to’lovlarni iqtisod qilish

Gudvill o’sishi

Tashkiliy-boshqaruv hamda ijtimoiy ekologik innovatsiyaning qo’shimcha tavsifi gudvill bo’lib hisoblanadi. Korxonaning ushbu aktivi moddiy o’lchovga ega emas: patentsiz injener-texnologik qarorlar, tijorat jarayonini tashkil etish shakli va boshqaruv usullari, bitimlarni amalga oshirishdagi qulay shart-sharoitlar, ishonchli sherik sifatida korxonaning obro’si va boshqalar. Gudvill tijorat sotuvida baholanadi. Innovatsiyaning ulushini aniqlashda bozor tijorati qiymatiga qo’shilgan hissa muhim bo’lib hisoblanadi va gudvill o’sishini boshqa omillarga mos ravishda uni baholash lozim bo’ladi.
Mahsulot innovatsiyasi foydaning o’sishini ta’minlaydi. Ushbu holat yangi yoki modernizatsiyalashgan mahsulotga yuqori bahoning o’rnatilishi hamda mahsulotni sotish hajmining ko’payib borishi hisobiga ro’y beradi.
Texnik-texnologik innovatsiya ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun xizmat qilishini ko’rish mumkin. Bular quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin bo’lmagan yangi

mahsulot va xizmatlarni o’zlashtirish imkoniyati sababli;

  • tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy texnologiyalar asosida

o’zlashtirish imkoni bo’lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy innovatsiya: sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, ish sharoitini yaxshilash va boshqalar hisobiga iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi.
Radikal innovatsiya esa korxonalarning uzoq muddatga mo’ljallangan raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qolishni ta’minlaydi hamda bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi. Radikal yangilik texnologik va tijorat innovatsiyalar singari aksariyat hollarda xavf-xatar hamda noaniqlik darajasi yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi.
Evolyutsion innovatsiya orqali mahsulotning iste’mol qiymatining oshib borishi ta’minlanadi, minimal xavf-xatar bilan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoni paydo bo’ladi.
Kombinatsiyalashgan innovatsiya esa turli xildagi innovatsiyalarni o’zida aks ettirib, xavf-xatarni oldindan ko’rib bilishi bilan ajralib turadi. Kombinatsiyalashgan innovatsiya barcha muhim yangiliklarning kirib kelishi, korxonalarda keng miqyosda qo’llanilishi, ishlab chiqarishni bozorga moslashishini ko’ra bilishi bilan alohida ahamiyatlidir.
Korxonada innovatsiya faoliyatini tashkil etishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish bo’limlaridagi marketing xizmatidan, korxonaning sotish apparatidan, savdo agentlaridan, iste’molchilardan kelib tushayotgan yangiliklar hamda bozorlardagi texnologik o’zgarishlar haqida ma’lumotlar yig’iladi. Yangi mahsulotni yaratish va o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan potensial imkoniyatlar ham o’rganiladi.
Yangi mahsulotning g’oyasini ishlab chiqish bosqichida esa g’oyaning amaliy jihatdan amalga oshirishning mavjud imkoniyatlarini aniqlash; yangi va an’anaviy mahsulotni texnologik umumiyligi darajasini aniqlash; kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulotga patent tizimini aniqlash kabilar aniqlanadi.
Mahsulotning texnik holatini yaratish hamda mahsulotning iqtisodiy xarakteristikasini aniqlash g’oya aniq loyiha ko’rinishiga kelganidan so’ng amalga oshiriladi. Uning sifati hamda iste’mol xususiyatlarini baholash; sotuv hajmi va potensial bozor taklifini baholash; yangi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining tahlili va uni baholash, marketing dasturini yaratish kabilar yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligining mazmuni, marketing dasturini yaratish deb nomlangan uchinchi bosqichida amalga oshiriladi.
Kichik biznes subyektlari innovatsion faoliyatining oxirgi: yangi mahsulotning yaratilishi deb nomlangan bosqichida esa kichik biznes subyektining bo’limlariga vazifalarni taqsimlagan holda yangi mahsulot rivojlanishining aniq dasturini tuzish; mahsulot namunasini yaratish va texnik tanlovdan o’tkazish; mahsulotning nomini va belgisini aniqlash; narx va boshqa tijorat shartlariga oid test o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan bosqichlarda belgilangan jarayonlar samarali tashkil etilsa kichik biznes subyektlarini innovatsion faoliyati ham mukammal ravishda amalga oshadi. Buning natijasida esa korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadlar sari odimlashi mumkin bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida innovatsion sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining tashkil etilishi orqali kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyat har tomonlama rivojlanib boradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsion sohadagi manfaatlarini ta’minlash va faoliyatini rag’batlantirish orqali davlat ahamiyatiga molik muammolarni quyidagi asosiy vazifalar bilan hal etish mumkin:

  • kichik korxonalar innovatsion faoliyatini takomillashtirish hamda ishlab chiqarishning ilmiy-texnik darajasini oshirish;

  • korxonalarda innovatsion faoliyatni rag’batlantirish maqsadida korxonalarda hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini qo’llash;

  • zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanish maqsadida ilmiy parklar va texnoparklar faoliyatini tubdan takomillashtirish;

  • innovatsion faoliyat bilan shug’ullanayotgan korxonalarda tashqi iqtisodiy faollikni rivojlantirish;

  • Innovatsion faoliyatni moliyalashda xorij tajribasini o’rganib chiqib, amaliyotga tatbiq etish va boshqalar.

Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga yordam beradigan quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

  • Kichik biznes korxonalari faoliyatiga innovatsion marketing texnologi-

yalari joriy etilmagan bo’lsa, ushbu korxonalarning innovatsion faoliyati samarasiz yakunlanishi ma’lum. Shu bois, korxonalarda innovatsion marketingni tashkil etish va undan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, innovatsion marketing texnologiyalari o’z vaqtida samarali joriy etilishi yangi tovarni ishlab chiqish bilan bog’liq risklarni pasaytiradi, potensial talabni baholash, bozorning maqsadli segmentini aniqlash imkonini beradi. Raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda, ushbu tovarlarning bozordagi holatini aniqdashda ularning ishlab chiqarilishi, dizayni, servis xizmati, korxonaning va mahsulotning imidji, tovar o’rovi va ushbu omillarning nisbatini hisobga olish talab etiladi.

  • Kichik biznes korxonalarida innovatsiya asosida rivojlanishini innovatsiya jarayonlarini tashkil etish samaradorligi bilan bog’lash maqsadga muvofiq. Innovatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, innovatsion menejmentni yo’lga qo’yish korxonani barqaror rivojlantirish sari yetaklaydi. Innovastion menejment usullari hamda texnologiyalarini tatbiq etish, amaldagi boshqaruv usullarini muntazam ravishda takomillashtirib borish kichik biznes subyektining kelgusida muvaffaqiyatga erishishini ta’minlaydi.

  • Kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishda elektron tijorat (internet marketing) dan foydalanish korxona savdo aylanmasi hajmining ortishiga olib keladi. Chunki, korxona elektron shakldagi korporativ xaridlar tizimiga keng jalb qilinishi orqali raqobatda yutish, tovarlarning narxlari optimallashib, korxonaning innovatsion faolligi rivojlanib boradi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

  1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. https://president.uz/ru/lists/view/3324. 24- yanvar 2020-yil.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 8-fevral 2017-yil.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli “O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 30-noyabr 2017-yil.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750 sonli “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qarori // “Xalq so’zi”. 2-fevral 2017-yil.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 486 b.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 32 b.

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2018. 80 b.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so’zi”. 2018-yil 29-dekabr.




1 Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент. Спб.: Питер.2001. - С.41.

2 Валдайцев С.В. Оценка бизнеса и инновации. М.: Филин. 1997.- С.73.

3 Глущенко В.В., Глущенко И.И. Исследование систем управления: социологические, экономические,
прогнозные, плановые, экспериментальные исследования. 2-е изд. – М.: ООО НПЦ «Крылья», 2004. С.30.

4Друкер П.Ф. Практика менеджмента. М.: ИД Вильямс, 2003. С.398.

5Фатхутдинов Р.А. Инновационный менеджмент. – Спб.: Питер, 2004. – С. 19.

6Gimush R.I., MatmurodovR.I. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – B.10.

7Innovation Policy A Guide for Developing Countries. The International Bank for Reconstruction and
Development / the World Bank. 1818 H Street, NW, 2010. – P.28.

8 Taraxtiyeva G.K. Innovatsion menejment. T.: Fan va texnologiya, 2013. B.10.

Download 29,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish