INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
7
TURIZM SOHASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Abdullayeva Feruza Suyunovna
p.f.f.d., (PhD)
Bakiyeva Gulandom Hisamovna
Filologiya fanlar doktori, professor
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Тurizm
sohasi eng tеz rivojlanayotgan, milliy iqtisodiyotga yuqori daromad
keltiruvchi istiqbolli tаrmоqlardan bo’lib,
xalqaro jarayonlarda davlatlararo aloqalarni
mustahkamlash hamda xalqlar va millatlararo totuvlikni ta’minlashda muhim oʻrin
egallamoqda.Bugungi kunda jadal rivojlanayotgan turizm sanoati turistik
mahsulotlar va xizmatlar sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini
yanada rivojlantirishga zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 06-apreldagi PF-6199-son
“Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6199-son Farmoni, 2019-yil 5-
yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni
jadal rivojlantirishga oid
qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi PF-5611-son Farmonlariga muvofiq 2019-
2025-yillarda
Oʻzbekiston
Respublikasida
turizm
sohasini
rivojlantirish
Kontseptsiyasi, 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash
chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3514-son Qarori [1], “Ipak yoʻli” turizm xalqaro
universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori, muhim ahamiyat kasb etib, ushbu
hujjatlar, zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni,
fan va
texnikaning eng yangi yutuqlarini qoʻllagan holda, turizm sohasida yuqori malakali
professional kadrlarni milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash,
qayta tayyorlashga shuningdek, turizm sohasi hamda ichki sayyohlik xizmatini
rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirilishi
uchun asos sifatida
hizmat qiladi.
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
8
O`zbekiston turizim sohasida ulkan salohiyatga ega bo`lgan davlatdir.
Mamlakatimizda 9608dan ziyod madaniyat ob’yektlari mavjud boʻlib, shundan
7300dan ziyodi qadimiy arxitektura va arxeologik ob’yektlar hisoblanib, ularning 200
tasi YUNYESKO ning jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Ularning asosiy
qismi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Qoʻqon
va Toshkent
shaharlarida joylashgan. Soʻnggi yillarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish
boʻyicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, shu jumladan Toshkent
shahrida "Нyatt Regency Tashkent" va "Lotte City Нotel Tashkent Palace" brendli
mehmonxonalar
ochilishi, Andijon, Urganch va Toshkent shahrida madaniy-
koʻngilochar bogʻlarning tashkil etilishi, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz va Xiva
shaharlariga tezyurar poyezdlar uchun elektrlashtirilgan temir yoʻllari ochilishi
amalga oshirilmoqda [2].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston
Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar” PF-
5611-son Farmoniga muvofiq turizm sohasida
qisqa muddatli istiqbolga
moʻljallangan maqsadli vazifa va ustuvorlardan kelib chiqib, quyidagi asosiy
yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarni faol amalga oshirish koʻzda tutilgan:
-
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish:
-
turizm sohasida kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi kadrlari va
bitiruvchilarining malakasini baholashni tashkil qilish;
-
turizm sohasida xalqaro talablarga javob beradigan uzluksiz, koʻp
bosqichli ta’lim tizimini yaratish;
-
ta’limning amaliyotga yoʻnaltirilgan va modernizatsiyalashgan ta’lim
standartlari, oʻquv-uslubiy dasturlar hamda ilgʻor
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
-
ichki va kirish turizmi sohasida bevosita turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi
turizm sohasi xodimlari (gidlar, yoʻriqchi-kuzatuvchi, turizm faoliyati sub’yektlari,
umumiy ovqatlanish tashkilotlari, transport va boshqalar xodimlari) uchun
majburiy malaka talablarini belgilaydigan standartlar ishlab chiqish;