Innovatsion tadbirkorlik faoliyati ustunliklari quyidagilarda iborat: -yangilik yaratishdan manfaatdorlikning yuqoriligi; -tor doirada(aniq yo‘nalishda) ilmiy izlanishlarni olib borilishi; -intellektual resurslarni yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga samarali tarzda yo‘naltirish imkonining yuqoriligi; -katta korxonalar amalga oshira olmaydigan yuqori "risk"li ishlarni kam xarajat va yuqori samara bilan olib borish imkonining mavjudligi.
Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday
innovatsion faoliyat tadbirkorlikdir,
zero, u yangi g’oyalarni izlash,zarur
resurslarni izlash; korxonani yaratish
va boshqarish; moddiy daromad
olish va uning natijasidan shaxsan
qoniqishga asoslanadi. Ammo, har
Qanday tadbirkorlik ham innovatsion bo‘la olmaydi, faqatgina yaratilishi natijasida tadbirkorlik daromadini, innovatsion mahsulotning diffuziyasini ishlatishga imkoniyat beruvchilarnigina innovatsion deyish mumkin. Innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar innovatsion tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi
Kichik biznesda innovatsiyalarning nisbatan oson joriy etilishini, jumladan quyidagilar bilan izohlash mumkin. Birinchidan, kichik biznesda iqtisodiy faoliyat ko‘lamining ixchamligi unda innovatsion yondoshuvlarni amalga oshirishning nisbatan qu- layligi va kam xarajat talab etishiga imkon yaratadi. Ikkinchidan, kichik biznes korxonalari tashkiliy va boshqaruv tuzilmasining soddaligi innovatsiyalarni joriy etish bilan bog’liq qarorlarni qabul qilish jarayonlarining nisbatan qisqaligini ta’minlaydi. Uchinchidan, mazkur sohada mulkchilik yakka shakllarining ustuvorligi innovatsiyalarni joriy etishdan manfaatdorlikning kuchli bo‘lishiga olib keladi.Masalan, ishlovchilar soni 1000 kishidan kam bo‘lgan AQSh kompaniyalarida 10 ming kishi band bo‘lgan firmalarga qaraganda yirik texnik yangiliklarni 17 marta ko‘proq ishlab chiqiladi.AQSh kichik innovatsion firmalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xarajatlarning samaradorligi yirik korporatsiyalarga nisbatan 4 baravar yuqori. Bundan tashqari, kichik innovatsion biznes 1 nafar ishchiga to‘g’ri keluvchi innovatsiyani yirik biznesga nisbatan 2,5 baravar ko‘proq yaratib, bir yil muddatga tezroq amalga oshiradi. Ayni paytda buning uchun mablag’larni 75% ga kamroq sarflaydi
iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida innovatsiyalarni qo‘llashga ko‘maklashuvchi ishlab chiqarishning intensiv omili rolini oshirish;
Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish zarurati quyidagi omillar bilan shartlanadi:
yaratish muddatlarini sezilarli qisqartirish zarurati, yangi texnikani o‘zlashtirish, ishlab chiqarishning texnik darajasini ko‘tarish,
– natijalarning noaniqligi, tadqiqotlarning ko‘pvariantliligi, tavakkal-chilikning mavjudligi
sarf-xarajat ortishi va yangi mahsulotni o‘zlashtirishda korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayishida
ishlab chiqish samaradorligini ko‘tarishda fanning muhim roli va yangi texnikani joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |