O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
« MUXANDISLIKTEXNOLOGIYALAR» » fakulteti
«KORPORATIV BOSHQARUV»kafedrasi
«Innovatsion Menejment »fanidan
“Korxonalarning innovatsion faoliyatida xodimlarni boshqarish yo’llari.”mavzusidagi
KURS ISHI
|
Ilmiy rahbar: Urmanova D.T
Bajardi: “Muxandistlik texnologiyalar” fakulteti 4-kurs 108-19(KB) guruh talabasi
Nazarov Ma’sud
|
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish.
Innovatsiyalarni tashkil etish tushunchasi.
Innovatsion tashkilotlarining xususiyatlari.
II-BOB. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish.
2.1 Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari.
2.2 Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish uslublari.
2.3 Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish.
III-BOB. Innovatsion faoliyatda xodimlarni boshqarish.
3.1 Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarishning xususiyatlari.
3.2 Loyihaviy guruhlarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mamlakatimizdagi ijobiy ozgarishlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga bolgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoliga otmoqdamiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilga yurtimizda ―Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab - quvvatlash yili‖ deb nom berish taklif etildi.Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi goyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bolsak, uni aynan innovatsion goyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Ma‘lumki, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mizriyoev ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmonga imzo chekdi.Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan ―Harakatlar strategiyasi‖ da mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim.
Mamlakatimiz korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, uning samaradorligini xalqaro standartlar darajasida baholashning zamonaviy usullarini
ishlab chiqish, ushbu faoliyatni qo‘llab - quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish zarurati, iqtisodiy o‘sish innovatsiyaga bog‘liq ekan, bunda yangi ilmiy bilimlarni yaratishning tadqiqiy jarayoni modellari va yangi intellektual mahsulotlarning paydo bo‘lishi mustahkam o‘rin egallaydi.Shu nuqtai nazardan innovatsion menejment institutsional ahamiyat kasb etadi va uning tushunchasiga ham innovatsion sohaning tuzi lmaviy rasmiylashtirishni, ham ixtisoslashgan boshqaruv organlaridan iborat bo‘lgan innovatsiyalarni boshqarish tizimini kiritishni va qarorlar qabul qilish vakolatlari berilgan hamda innovatsion faoliyat natijalari uchun javobgar bo‘ladigan maxsus menejerlar instituti bo‘lishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |