Investitsiyalar iqtisodiy modellarining an`anaviy tavsifida model parametr yoki mezonlari o`zgartirilmaydi, ya`ni ular o`z tarkibida yangiliklarni qamrab olmay, balki tarkibiy munosabatlarning amal qilishiga yordam beradi. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkin-ki, investitsiyalar ishlatilgan fondlarni qoplash yoki eski materiallar, uskunalarga tayangan holda, yangi bilimlar va boshqalarni qo`llamasdan ishlab chiqarishni kengaytirishga yo`naltiriladi. Ayni vaqtda, investitsiyalar innovatsiyalar bilan bog’liqdir. Mazkur tushunchalarning quyidagi ko`rinishlarini qo`llash mumkin:
a) Innovatsion investitsiyalar, ya`ni innovatsion texnologiyalar, texnika, bilimlar va boshqalarga qo`yilmalar;
b) Investitsiyasiz innovatsiyalar. Bepul innovatsiyalar ham kuzatiladi, masalan, ishchilar tomonidan jamg’arilgan tajriba ularni o`qitishni tashkil etish uchun ajratilishi mumkin bo`lgan kapitalsiz ham uskunalarni qo`llash samarasini oshirish mumkin;
v) Innovatsiyasiz investitsiyalar – bu yangi texnologiyalarni o`zlashtirish va joriy etishga sarflanmaydigan qo`yilmalardir. Masalan, yangi uskunalar texnologik
jihatdan yangi hisoblanmaydigan va mehnat unumdorligi, fond sig’imliligi va material sig’imliligi kabi ko`rsatkichlar o`zgarishiga ta`sir eta olmaydigan sharoitda eski uskunalarni yangilash uchun xarajatlar bunga misol bo`lishi mumkin.
O`tkazilgan tahlil asosida va izlanishlar maqsadlariga asosan, biz innovatsiyalarning navbatdagi izohini taklif etamiz:
Innovatsiya – bu g’oyalar, izlanishlar, ishlanmalar, kishilar amaliy faoliyatida qo`llash orqali jamiyat tomonidan tan olinishiga yordam beruvchi yangi yoki mukammallashtirilgan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy – iqtisodiy qarorlar transformatsiyasi natijasidir.
Innovatsiyalar iqtisodiy tarkibi avval doimiy hisoblangan ishlab chiqarish resurslarini erkinlashtirish uchun xizmat qiladigan parametrlarda ifodalanadi, bunda eng avvalo material sig’imi, mehnat sig’imi, fond sig’imi ko`rsatkichlari o`zgaradi. Bu asosiy ko`rsatkichlar iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida turli darajadagi innovatsion jarayonlar ta`siri ostida bo`ladi. Jumladan, qo`l mehnatidan mashinalashgan mehnatga o`tish bosqichida ishlab chiqarishning mehnat sig’imi va fond sig’imida o`zgarishlar yuz berdi, ya`ni mehnat sig’imining qiskarishi fond sig’imi oshishiga olib keldi. Innovatsion jarayon ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishiga turtki bo`ldi, bu esa asosiy ishlab chiqarish fondlari samaradorligining oshishiga, natijada esa fond sig’imi ko`rsatkichlari qiskarishiga olib keldi. Ko`rinib turibdiki, innovatsiyalarning paydo bo`lishi ikki nuqta yo`nalishiga ega:
1) Bozor ehtiyoji, ya`ni qandaydir tovar yoki xizmatga bo`lgan talab. Boshqacha aytganda, bu – bozor ehtiyojlariga beriladigan javob yoki marketing varianti hisoblanadi. Uni shuningdek, evolyutsion deb atash ham mumkin. evolyutsion jarayonga shuningdek, tabiiyki mavjud tovar va xizmatlar bozoridagi turli o`zgarishlar ham taalluqlidir. Masalan, bunday o`zgarishlar tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga yoki mahsulotga «tovar» ko`rinishini berishga yordam beruvchi o`zgarishlarni kiritish mumkin.
2) «Kashfiyotchilik» - bu odamning bozorda mavjud bo`lmagan talabni qondirishga yo`naltiriladigan yangi mahsulotni yaratish borasidagi intellektual faoliyatidir. Boshqacha aytganda, bu – yangi bozorni yaratish faoliyatidir.
evolyutsiya mahsulot g’oyasiga yo`naltirilgan potentsialni maksimal darajada amalga oshirish va yangi g’oyalarga o`tish uchun sharoitlar yaratishga imkon beradi. SHu sababli jamiyatning barqaror va dinamik o`sishi uchun marketing (evolyutsion) va «kashfiyotchilik» (revolyutsion) yo`nalishlarining mos kelishi zaruratdir.
Hozirgi zamon sharoitlarida O`zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligi faqat yangi texnologiyalar, tovar va xizmatlarni joriy etish yo`li bilangina ko`tarilishi mumkin. SHu sababli O`zbekiston taraqqiyoti innovatsiyalarni samarali joriy etishga yo`naltirilgan milliy ilmiy-texnika salohiyatga yondoshilgan holda yuz berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |