Innovatsion loyihalar – bu mavjud tizimlar yoki amaliyotlarni yangi narsalar bilan innovatsiya qiladigan yoki umuman olganda, ma’lum bir doirada mavjudlarini almashtirish uchun yangi narsalarni olib keladigan loyihalardir.
Innovatsion xona-
Brainly-
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi
Innovatsion faoliyatning samaradorligi uni tashkil qilish shakllari va
moliyaviy tomonidan qo‗llab-quvvatlash jarayonlariga ko‗proq bog‗liq
bo‗ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion loyihalar faoliyati uchun
moliyaviy resurslar davlat va xususiy sektorlar tomonidan yo‗naltiriladi.
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ularni moliyaviy
asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy
moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o‗ziga xos xususiyatlarga ega
innovatsion loyihalarni farqlash lozim:
a) investitsion loyihalar, masalan, yangi sanoat ob‘ektlari qurilishiga
(energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo‗yilmalar;
b) ilmiy-texnik (innovatsion) – ilg‗or texnologiyalar, yangiliklar,
mahsulotlar va xizmatlar.
Innovatsiya loyihasining asosiy maqsadlaridan biri korxona yuqori sifatga ega bo’lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat.
Iqtisodiyotda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mustaqil
korxonalar, sanoat kompaniyalari, kichik sanoat zonalari, kichik
innovatsion markazlar, innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari,
xususiy shaxslar va boshqa moliyalashtirish sub‘ektlari tomonidan amalga
oshirilishi mumkin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jami 95 ta loyiha 78,6 mlrd. soʻmgaa moliyalashtirishga tavsiya etildi
Joriy yilning 13-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ilmiy loyihalarni tanlash, saralab olish, monitoring qilish va hisobini yuritishning yaxlit tizimini joriy etish” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovlarini eʼlon qilgach, har bir yoʻnalish boʻyicha tanlovga kelib tushgan loyihalar vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ekspertizadan oʻtkazildi.
Hozirgi kunda eʼlon qilingan loyihalar tanlovlari yakuniga yetkazildi. Tanlov natijasida jami 45 ta amaliy va innovatsion loyiha tanlab olindi va ularni moliyalashtirish uchun 45,9 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.
Hozirgi kunda bitta loyihaning oʻrtacha qiymati yillik 505,0 mln. soʻmdan yuqori boʻlib, 1-iyun holatiga bitta loyihani moliyalashtirish hajmining oʻrtacha qiymati avvalgi yillarda loyihalarga berilgan mablagʻlarga nisbatan 3,3 marotabaga oshishiga erishildi. Ushbu koʻrsatkichni joriy yilning oxiriga borib har bir loyiha boʻyicha oʻrtacha 530,0 mln. soʻmga yetkazish, yaʼni 3,5 barobarga oshirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |