5-mavzu
INNOVATSION IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH
OMILLARI
Reja:
1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar.
2. Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tarkibiy qismlari.
3. Korxonani innovatsion salohiyati va uni aniqlash yo‘llari.
1.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar o‘z ichiga quyidagi
jarayonlarni olib, prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish,
mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va xususiyatlar qo‘shish orqali uni
takomillashtirish, xizmatlar bilan ta’minlashda (masalan, ularning samaradorligi va
tezligi nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada yaxshilanishlarni kiritish mumkin.
Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar xizmatlarni ishlab
chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan
usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o‘z ichiga oladi
1
.
Innovatsion faoliyatda agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan xizmatlarni,
ularni ishlab chiqarish va etkazib berish usullarini joriy etishga bevosita bog‘liq
bo‘lmasa, bular texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi. Tashkiliy va boshqarish
bo‘yicha o‘zgartirishlar (boshqarishning ilg‘or usullariga o‘tish, jiddiy o‘zgartirilgan
tashkiliy tuzilishni joriy etish, korxonaning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki
sezilarli o‘zgartirilgan yo‘nalishlarni amalga oshirish) hamda sifat standartlarini
joriy etish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shu sohada faoliyat yuritayotgan ekspertlarning hisoblashicha, korxonalarni
yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga rag‘batlantiruvchi, asosiysi
buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish
birlamchi ahamiyat kasb etadi deb hisoblashadi. Innovatsion bozorda faqat
hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg‘otishi mumkin degan yolg‘on tasavvur
vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real foyda
va resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi
bosqichni boshlab berishi mumkin.
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari
imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion siyosat zarur bo‘ladi.
Mahalliy kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlari bu
faoliyat jarayonlarida faollikni oshirishi lozim.
1
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 29б.
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strukturasi dinamikasi
orqali tanlov mexanizmiga bog‘liqdir. Bu erda yangi texnologiyalar va firmalarning
kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi”.
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma-
ketlikdagi zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan
mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib etadi”
2
va xo‘jalik amaliyotida
tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin:
Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S;
bu erda:
Ft - fundamental tadqiqotlar;
At - amaliy tadqiqotlar;
I - ishlanmalar;
L - loyihalashtirish;
Q - qurilish;
O‘ - o‘zlashtirish;
Si - sanoat ishlab chiqarishi;
M - marketing;
S - sotuv.
Iqtisodiyotda har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning rentabelligini
yuqori suratlarda amalga oshishini va raqobatbardoshliligini ta’minlovchi asosiy
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, innovatsion faoliyatni amalga
oshiruvchi korxonalar innovatsiya hayotiy sikli bo‘yicha turli xil vazifalarni
bajaradilar. Innovatsion faoliyat jarayonni o‘zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi
(5.1-rasm).
2
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 34-б.