Innovatsion iqtisodiyot



Download 65,9 Kb.
bet1/4
Sana12.04.2022
Hajmi65,9 Kb.
#547302
  1   2   3   4
Bog'liq
BOBOJONOV MANSURJON Korxonalarning innovasion biznes faoliyatini baholash




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTETI


3-­­­­___ iqt im -18 GURUH TALABASI
BOBOJONOV MANSURJON

Innovatsion iqtisodiyot


fanidan


Mustaqil ta’lim ishi
Buxoro-2021


Korxonalarning innovasion biznes faoliyatini baholash

Reja
1.Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya


2.Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil qilish va usullari
3.Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari
4.Innovatsion loyihalarni baholash

1.Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya


Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda umumjaxon bozor iqtisodiyoti paydo bulmoqda, iqtisodiyot
«globallashmoqda», mahsulotlar tez (3-4 yilda) almashmoqda, yangiliklar (innovatsiyalar) doimiy ravishda yaratilmoqda. Bu sharoitlarda marketing va innovatsiyalarning roli va ahamiyati ortib bormoqda.
Yuqori texnologik tovar va xizmatlar bozori kengayib bormoqda, bu bozor xajmi har yili o’rtacha 1,2-2
%ga o’sib borib, xom ashe – neftg’, gaz, yogoch bozorlaridan bir necha marotaba kattarokdir. Rossiya Federatsiyasi bu bozorda atigi 0,3 % joy olgan, AKSH – 32 %, Yaponiya –23 %, Germaniya – 10 % bozor ulushiga ega.
Ko’rinib turibdiki, istiqbolga qarab o’z iqtisodiyotlarini innovatsion yondoshuv asosida qurgan mamlakatlar hozirgi kunda jaxon iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarda bormoqdalar.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlarning asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va texnik qayta kurollantirish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, xamda bank tizimini kullab-kuvvatlash ishlari turganligi mamlakatimiz iqtisodiyotini raqobatbardoshligini va barkaror o’sish surhatlarini ta’minlashga zamin yaratadi.
Innovatsiyalar jaxon iqtisodiyotidagi tuzilmaviy o’zgarishlarning xarakatlantiruvchi omili bo’ldi. Iqtisodiyot rivojlanishining innovatsiyaviy turi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga xarajatlarning kamayishiga sabab bo’lib kolmaydi. Balki innovatsiyalar iqtisodiyotning tarmoqlar tuzilmasiga, ixtisoslashuv xamda tarmoqlar va tubtarmoqlar urtasidagi kooperatsiya alokalarining rivojlanishiga xam sezilarli ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston yuksak texnologik, zamonaviy ishlab chiqarishlarni yaratish hisobiga milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga intilmoqda. Bunday sharoitda jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvdagi eng muhim vazifalardan biri – bu iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo’liga o’tkazishdir.
Sunggi yillarda iqtisodiy manbalarimizda «innovatsiya», «innovatsion jarayon» va «innovatsion faoliyat» terminlari ko’p uchramoqda. Ayniksa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida keng ko’lamda talqin etilmoqda. SHu boisdan innovatsiya tushunchasining mohiyatini anglashda atroflicha yondoshish maqsadga muvofikdir.
Iqtisodiy manbalarda «innovatsiya» ga turlicha tahrif berilgan. Ko’plab xorijiy iqtisodchi olimlar N.Manchev, I. Perlaki, V.D.Xartman, Ye.Mensfild, B.Tviss, I. SHumpeter, Ye.Rodjers va boshqalar ushbu tushunchani turlicha talkin qilishadi.
Masalan:
B.Tviss: - «Innovatsiya - bu kashfiyot yoki g’oya, iqtisodiy mazmunga ega jarayon». F.nikson:
«Innovatsiya - bu texnik, ishlab chiqarish va tijorat tadbirlarining majmui bo’lib, yangi bozorlarda yangilangan ishlab chiqarish va qurilmalarni yuzaga kelishi».
I.SHumpeter: «Innovatsiya - bu ishlab chiqarish omillarining ilmiy-tashkiliy umumlashuvi bo’lib, tadbirkorlik ruhiyatiga undaydi».
B.Santo: «Innovatsiya - bu shunday ijtimoiy, texnik, iqtisodiy jarayonki, g’oya va kashfiyotlarni amaliyotda foydalanish, mahsulot, texnologiyalarni yaxshi sifat fazilatlariga ega bo’lishiga olib keladi, ya’ni innovatsiya yuqori samarani ko’zda tutadi. Uning yuzaga kelishi bozorda qo’shimcha daromad keltirishi mumkin ».
Ushbu tahriflarni umumlashtirib aytish mumkinki, innovatsiyalar – bu ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonlarini, texnologiyalarni takomillashtirish, mahsulot va xizmatlarning yangi sifat jixatlarini ta’minlash, boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha texnik, texnologik, iqtisodiy, tashkiliy- boshqaruv jarayonlari majmuidir.
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga uning xalkaro mehnat taqsimotidagi o’rni, uning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslari shakllanishi sharoitlari ta’sir ko’rsatadi. Keyingi vaqtlarda tabiiy resurslarning yetarliligi ko’rsatkichlari resurs tejovchi tendentsiyalarning rivojlanishini taqozo etmoqda. Mehnat resurslaridan foydalanishda ularning arzon yoki qimmatliligi emas, balki birinchi navbatda, ishlab chiqarish xodimlarining bilimlari, malakasi, innovatsiyaviy salohiyatning mavjudligi afzallikka ega bo’lmoqda.
Innovatsiyaviy mexanizm o’sishning eng muhim qo’shimcha omili sifatida qo’llanilishi lozim. Tashki savdoga nisbiy afzallikka ega potentsial tovarlar va xizmatlarni jalb qilibgina qolmaslik kerak. Birlamchi xom ashyoni qayta ishlash texnologik zanjiriga asoslangan qo’shimcha kiymatli mahsulotlarni yaratibgina qolmasligi kerak. Milliy iqtisodiyotni sezilarni darajada mustaxkamlashga va uning eksport saloxiyatini oshirishga kodir innovatsiyaviy jarayonlarni va innovatsiyaviy mahsulotlarni yaratish lozim.
Innovatsiya iborasi inglizcha «innovation» so’zidan olinib, yangi ilmiy –texnik yutuqni ifodalab, yangi mahsulotni amalda qo’llanilish jarayonini bildiradi.
Innovatsiyalar o’zida tom ma’noda yangilik ma’nosini berib, u mikromiqyosdan to makromiqyosgacha amal kiladi, ya’ni unda korxona ishlab chiqarish mexanizmiga nisbatan uning smaradorligini oshirish maqsadida ma’lum bir o’zgarishlar kiritish yoki mamlakatning iqtisodiy siyosatida yangi yunalishlarni joriy qilinishi tushuniladi.
Innovatsiyaning turli tahriflari tahlilidan kelib chiqib, Avstriyalik olim Y. SHumpeter uning 5 ta aloxida tavsiflarini ajratib berdi:

  • Yangi texnika va texnologik jarayonlardan foydalanish yoki yangi bozorlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlash;

  • Yangi xususiyatlarga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish;

  • Yangi xom ashe turlaridan foydalanish;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va uning moddiy –texnik bazasini ta’minlashdagi ijobiy o’zgarishlar;

-yangi sotish bozorlarini yuzaga keltirish. Innovatsiyalarning asosiy turlari :

  • masulotlar innovatsiyasi;

  • texnika – texnologiya innovatsiyasi;

  • tashkiliy boshqaruv innovatsiyasi.

Mahsulotlar innovatsiyasi – eng keng tarqalgan bo’lib, juda ko’p korxonalarda mavjud. Bunda bir korxonadan boshqa korxonaga utish xarakteri farklanadi. Ayrimlar uchun anhanaviy profilga kiruvchi mahsulotlar assortimentini almashtirish yoki mahsulotlar sonini sezilarli darajada oshirish, boshqalar uchun iste’mol talablarini inobatga olgan xolda anhanaviy mahsulotning iste’mol sifatini oshirishdir.
Texnika – texnologiya innovatsiyasi – bu innovatsiyaning yetakchi motivi bo’lib, bozor talabini kondiruvchi yangi mxsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi.
Tashkiliy – boshqaruv innovatsiyasi – ko’prok firmaning barcha darajalarida, bo’limlar, bulinma va xizmatlarda ishni qayta tashkil etish orkali tavsiflanadi.
Innovatsion jarayon - bu tashkilotda yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tarqatish bilan bog’liq faoliyatdir. Innovatsion jarayonlar asosan uy xo’jaliklari, firma, kompaniyalar, korporatsiyalar miqyosida ruy berib vujudga keladi, asta-sekin to’liq xo’jalik tizimiga, makroiqtisodiyot tarmoqlariga singib boradi. Innovatsion jarayonlar maqsadini quyidagilarda ko’rish mumkin:
-masalaning yangi texnik yechimini topishni ixtiro qilish;

  • ilmiy –tadqiqot va tajriba – konstruktorlik ishlarini tashkil etish;

  • yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish;

  • mahsulotga bo’lgan talabni aniqlash;

  • mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish;

  • yangi mahsulotni bozorga olib kirish;

  • mahsulotni raqobatbardoshligini, sifatini oshirish yo’li bilan yangi bozorga o’rnashib olish. Innovatsion jarayon sub’ektlarini quyidagilarga bo’lish mumkin:

  1. Novatorlar – ilmiy – tenik bilimlar generatori hisoblanadi. Bular katoriga kka tartibdagi ixtirochilar, tadqiqot tashkilotlari kirishi mumkin. Ular ixtirolardan foydalanishda keladigan daromadlarning bir qismini olishga muvaffaq bo’ladilar.

  2. Dastlabki retsipientlar – yangilikni birinchi bo’lib o’zlashtirgan tadbikorlar hisoblanadi. Ular yangiliklarni bozorga tezlik bilan chiqarish yo’li bilan qo’shimcha daromad olishga intiladilar. Ular

«kashshof» nomini olganlar.

  1. Dastlabki ko’pchilik – kiritiladigan yangiliklarni ishlab chiqarishga birinchilaran bo’lib joriy etgan firmlar sifatida namoyon bo’ladi. Bu ularga qo’shimcha daromad ta’minlaydi.

  2. Orqada qoluvchilar – kiritiladigan yangiliklardan kechga qolib, ma’naviy eskirgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga olib keluvchi vaziyat bilan yuzma – yuz to’qnashuvchilar sifatida namoyon bo’ladilar.

Novatorlardan tashqari boshqa barcha guruxlar imitatorlar hisoblanadi. Innovatsion jarayonni 3 ta mantiqiy shakli farqlanadi:
Oddiy ichki tashkiliy (tabiiy) Oddiy tashkiliy oraliq (tovar) Kengaytirilgan
Oddiy ichki tashkiliy innovatsion jarayon – bu yangilikni bir korxonada kiritilishi va foydalanishidir. Bu xolda yangilik tovar xarakteriga ega bo’lmaydi.
Oddiy tashkiliy oraliq innovatsion jarayonda yangilik oldi – sotdi predmeti hisoblanadi. Bu innovatsion jarayon shakli yangilikni yaratuvchi bilan ishlab chiqaruvchining funktsiyasini uning iste’molchi funktsiyasidan farqini ko’rsatadi.
Kengaytirilgan innovatsion jarayon – bu yangilanish, yangi ishlab chiqaruvchilar kurinishida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining monopol xarakteri bo’ziladi, tomonlar orasidagi bog’liqlik raqobat orkali ishlab chiqarilayotgan tovarlarni iste’mol xususiyati takomillashtirib boradi. Tovar innovatsion jarayoni sharoitida eng kamida ikkita xo’jalik sub’ekti xarakat kiladi - ishlab chiqaruvchi va iste’molchi.
Agar yangilik – texnologik jarayon bo’lsa, u yerda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bitta xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lishi mumkin.
Innovatsion jarayonning yettita tarkibiy elementlari mavjud bo’lib, ularning birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil kiladi. bu elementlar quyidagilar:

  • innovatsiya tashabbusi

  • innovatsiya marketingi

  • innovatsiyani ishlab chiqish

  • innovatsiyani amalga oshirilishi

  • innovatsiyani joriy qilish

  • innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash

  • innovatsiya diffuziyasi (tarqalishi).

Innovatsion jarayonning boshlanishi bo’lib tashabbus hisoblanadi.
Tashabbus – bu innovatsiya maqsadini belgilashdan, innovatsiya orkali bajariladigan ishni tashkil etishdan, innovatsiya g’oyalarini qidirishdan xamda uni texnik – iqtisodiy asoslash va g’oyalarni moddiylashtirishdan tashkil topgan faoliyatdir. G’oyalarni moddiylashtirish – g’oyani tovarga aylanishini bildiradi.
Yangi mahsulot asoslangandan keyin kiritilayotgan innovatsiyaning marketing tadqiqoti olib boriladi. Bunda yangi mahsulotga bulgan talab o’rganiladi, mahsulot ishlab chiqarish xajmi aniqlanadi, innovatsiya kiritilishi kerak bulgan bozorga chiqayotgan tovar iste’mol xususiyatlari va tovar xarakteristikasi aniqlanadi.
Keyin esa innovatsiya amalga oshiriladi, ya’ni bu innovatsiyaning katta bo’lmagan partiyasini bozorda paydo bulishi, uni tarkalishi, samaradorlik bahosi va diffuziyada namoyon bo’ladi.
Innovatsiyaning tarqalishi innovatsiyani realizatsiya qilishga karatilgan kompleks chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Innovatsiyani amalga oshirish va uni tarkalishiga ketgan xarajatlarni statistik tahlil qilish asosida innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi.
Innovatsion jarayon innovatsiya diffuziyasi bilan yakunlanadi. Innovatsiya diffuziyasi avvaldan egallab kelingan, yangi mintaqa, yangi bozorlarda innovatsiyaning tarqalishini nazarda tutadi.
Umumlashtirib aytish mumkinki, innovatsion faoliyat – bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalashda asosiy dastaklardan biridir va shu sababli iqtisodiy tizimning barcha pog’onalarida innovatsion faollikni oshirish zarur.

Download 65,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish