Innovatsion iqtisodiyot fanining maqsadi, vazifalari, asosiy tushuncha va tamoyillari


Innovatsion iqtisodiyotning mohiyati, shakllanishi va modellari



Download 113,8 Kb.
bet2/2
Sana04.11.2022
Hajmi113,8 Kb.
#860473
1   2
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot fanining maqsadi, vazifalari, asosiy tus

1.2. Innovatsion iqtisodiyotning mohiyati, shakllanishi va modellari
Innovatsiyaning mazmuniga va mohiyatiga yanayam kengroq qaraydigan bо‘lsak, uning lug‘aviy ma’nosi inglizcha ―innovation sо‘zidan olingan bо‘lib, yangilik kiritish, ixtiro sо‘zlarini anglatadi. О‘rganishlar natijasi shuni kо‘rsatmoqdaki, innovatsiyaga rasmiy doirada ham ta’riflar berilgan. Ayniqsa, ularning ichida Oslo hukumatining innovatsiyaga bergan ta’rifi alohida e’tirof etiladi, unga kо‘ra: ―Innovatsiya - bu yangi g‘oyalarni yaratish asnosida bozordagi talabga qarab zamonaviy va sifatli tovarlarni ishlab chiqarish orqali raqobatchilaridan о‘zib ketishdir., -deya qayd etiladi.
Ta’kidlaganimizdek ―innovatsiya, ―innovatsion iqtisodiyotga berilgan iqtisodiy ta’riflar aynan bir-biriga о‘xshamaydi. Masalan, rossiyalik iqtisodchi M. Gershman: ―Innovatsiya-bu yangilik, kashfiyot va ixtirolar orqali yangi mahsulot, xizmat yaratish va jarayonni vujudga keltirishdir. Innovatsion faoliyat natijasida novatsiya (lotincha ―novation) ya’ni о‘zgarish, yangilanish jarayoni sodir bо‘ladi. Novatsiya – bu oldin amaliyotda bо‘lmagan yangi ixtiro, yangi xodisa, yangi holat bо‘lib ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning yangi usuli sifatida yuzaga chiqadi, -deya ta’kidlaydi. ―Innovatsion iqtisodiyot – bu kapitalni yangi texnika, texnologiyaga, ishlab chiqarishga, mehnatni yangicha tashkil etish, boshqarish va xizmat kо‘rsatish sohasiga sarflash natijasida yangidan olingan moddiy hamda nomoddiy ne’matlardir.
О‘zbek tilining izohli lug‘atida ―innovatsiya atamasiga sо‘zma-sо‘z kiritilgan yangilik, ixtiro, keng ma’noda esa texnika va texnologiyalarning yangi turlari (avlodlari) ni joriy etish maqsadida iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar, ilg‘or texnika va texnologiyalar, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qо‘llanishi, muayyan tilda, asosan, uning morfologiya sohasida eng sо‘nggi davrlarda paydo bо‘lgan yangi hodisalar (til birliklari) deya ta’rif beriladi. Har qanday innovatsion faoliyat zamirida avvalombor kishilarning iqtisodiy manfaatdorligi yotibdi, sо‘ngra esa undan insonlar о‘z hayotlarini yanada qulay va yaxshilashga bо‘lgan imkoniyat paydo bо‘ladi. Ushbu imkoniyat kishilarni cheksiz ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga qaratilgan bо‘lsa, ikkinchi jihatdan cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali va unumli foydalanish imkoniyatini beradi.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining bosqichlariga nazar tashlaydigan bо‘lsak, barqaror о‘sishni ta’minlashda innovatsiyalar о‘rni alohida ahamiyat kasb etganini kо‘rishimiz mumkin. YA’ni, ilmiy-texnikaviy yо‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashuvi yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni tashkil etishga xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlashda innovatsion rivojlanish va innovatsion iqtisodiyotning о‘rni juda yuqori hisoblanadi. Zero, innovatsion rivojlanishni amalga oshirish avvalo iqtisodiyotning real sektorini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilmiy-texnikaviy loyihalarni qо‘llab quvvatlash, fan va texnologiyalar hamda ishlab chiqarishni uzviy bog‘liqligini ta’minlash lozim bо‘ladi. Ta’kidlab о‘tganimizdek, innovatsion iqtisodiyot asosida innovatsion rivojlanish amaliyoti uzoq о‘tmishdan mavjud bо‘lishiga qaramay, ilmiy tadqiqot predmeti sifatida XX asrdan о‘rganila boshlandi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, innovatsion iqtisodiyot nazariyasini tadqiq etish zaruriyati dastlab iqtisodiy va texnologik sohalarda yuzaga kelayotgan inqirozlar sababini о‘rganish, davlatlar о‘rtasidagi о‘zaro zidiyatlarda muvaffaqiyatlarga erishish, davlat о‘rtasida zamonaviy qurol yaroqlarni ishlab chiqishga bо‘lgan omillar doirasida shakllandi. Shuningdek, iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishda va uning oqibatlarini oldini olishda sanoatga asoslangan rivojlanish siklidan innovatsion rivojlanish fazasiga о‘tish muhim ahamiyat kasb etadi11. Ushbu yо‘nalishda tadqiqot olib borgan olim Y.V.Yakovets innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishini uch bosqichga ajratadi12. Quyidagi rasmda Y.V.Yakovets tomonidan ilgari surilgan innovatsion iqtisodiyot nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq jarayonlarning rivojlanish bosqichlari berilgan.

1-rasmdan kо‘rinib turibdiki, innovatsion iqtisodiyot nazariyasining shakllanishini birinchi bosqichi 1910-1930 yillarga tо‘g‘ri keladi. Ushbu bosqichda N.D.Kondratyev va Y. Shumpeterlar innovatsion iqtisodiyot nazariyasining shakllanishi va uning rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan. Xususan, N.Kondratyev о‘z ilmiy qarashlarida innovatsion iqtisodiyotning nazariy yо‘nalishiga e’tibor qaratib: iqtisodiyotni ―о‘sish va ―pasayish siklidagi tebranishlar hamda mamlakatdagi texnik kashfiyotlar va ularning amaliyotga joriy etish о‘rtasida obyektiv qonuniyatlar mavjudligini nazariy asoslaydi.


Tadqiqotlar natijasida dunyoda innovatsion rivojlanishni joriy etish modellarining kо‘p qirraligini e’tiborga olib, ularni qator mezonlar asosida о‘zaro bir-biriga yaqinligi kabi jihatlariga asoslanib, rasmda keltirilgan uchta modelining о‘ziga xos jihatlarini kо‘rib chiqishga qaror qildik.

1.1-rasmdan innovatsion rivojlanishning uchta modeli keltirilgan, uning birinchi modeli Yevroatlantika modeli juda uzoq yillik ilmiy izlanishlar, shuningdek harbiy ziddiyatlar natijasida G‘arbiy Yevropa mamlakatalarida juda keng qо‘llanilgan. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH yadro quroli himoyasiga о‘tgandan va NATOga a’zo bо‘lgandan keyin juda katta miqdorda moliyaviy mablag‘ talab etadigan harbiy innovatsiyalardan nisbatan arzonroq bо‘lgan innovatsion ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshira boshladi. Masalan, Buyuk Britaniyada 1940 yillarning oxirida juda qimmat bо‘lgan yadro fizika tadqiqot ishlaridan radio astronomiya va biologiyaning yuqori molekulyar sohalariga e’tibor qaratdilar, albatta bu mamlakatda astrofizika va molekulyar biologiya fanlari juda samarali rivojlandi. Hozirgi kunda britaniya innovatsion rivojlanish tizimi xalqaro darajadagi Oksford, Kembridj va London universitetlarida mujassamlashtirilgan. Italiya va Germaniyada ham innovatsion rivojlanishning nazariyalari va amaliyotga qо‘llash bо‘yicha mamlakatdagi yirik institutlar shug‘ullanadi. Fransiyada esa fundamental ilmiy ishlar va innovatsiyalarni amalga oshirish Milliy tadqiqot ilmiy markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham innovatsion rivojlanish bilan bog‘liq ishlar institutlar tomonidan amalga oshiriladi. Keyingi yillarda G‘arbiy Yevropa mamlakatalari innovatsion rivojlanishning nazariy va amaliy yо‘nalishlari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradigan va AQSH bilan raqobatga kirisha oladigan Yevropa Ittifoqida yagona markazni tashkil etdi. Ushbu markaz kelgusida Yevropa Ittifoqiga a’zo bо‘lgan mamlakatlarda innovatsion rivojlanishni yangi mahsulotlarini yaratish, moliyalashtirish, amaliyotga joriy etish bо‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida maydonga chiqishi kо‘zda tutilgan. Innovatsion rivojlanishning Sharqiyosiyo modeli xususida gapirganda ushbu model boshqa modellardan jiddiy farq qilish bilan birga, u asosan yirik universitetlarda keng qо‘llanilishi e’tiborlidir. Bu borada Yaponiyada innovatsion rivojlanishi bо‘yicha amalga oshiriladigan fundamental tadqiqot ishlariga e’tibor qaratish lozim bо‘ladi. Yaponiyada innovatsion rivojlanish uchta bosqichda amalga oshirilganini kо‘rish mumkin. Birinchi bosqichi XX asrning 50-80 yillarini о‘z ichiga oladi, ikkinchi bosqich 1980-2000 yillar, uchinchisi XXI asrdan hozirgi kungacha bо‘lgan davrdan iborat. Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin 1970 yillarga qadar ilmiy-texnika va innovatsion siyosati ikkita yondashuv asosida amalga oshirildi. Birinchisi, innovatsion va ilmiy-texnika vositalarini ishlab chiqarish bо‘yicha xorijiy litsenziyalarni sotib olish, kо‘p tarmoqli yirik innovatsion-ilmiy loyihalarda ishtirok etish va ular bilan qо‘shma korxonalarni tashkil etishga qaratildi. Ikkinchisi, yirik korxonalar bazasida shaxsiy innovatsion rivojlanishni moliyaviy rag‘batlantirish hisoblanadi. Innovatsion rivojlanishning muqobil modeli ilmiy-texnika va fundamental innovatsiyalar yetarli darajada e’tibor qaratilmaydigan yoki uni rivojlantirish imkoniyati bо‘lmagan mamlakatlarda qо‘llaniladi. Innovatsion rivojlanishning ushbu modeli kо‘proq Tailand, Chili, Turkiya, Iordaniya, Portugaliya kabi mamlakatlarda foydalaniladi.
Masalan, Tailand va Chili asosan qishloq xо‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan agrar davlat hisoblanadi, shu bois ushbu mamlakatlarda innovatsion rivojlanishni joriy etish aynan shu sohalarga qaratiladi. Tailandda 2003 yilda Milliy innovatsion agentligi tashkil etildi, uning asosiy vazifasi mamlakatda innovatsiyani rivojlantirish va milliy iqisodiyotni raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan. Turkiya 1960 yillardan buyon innovatsion rivojlanishni kengaytirish va uning samarali qо‘llanishi bо‘yicha juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. 1963 yilda mamlakatda Fan va texnologiya kengashi tuzildi, uning zimmasiga mamlakatda innovatsion infratuzilmani tashkil etish va rivojlantirish vazifasi yuklatilgan. Xulosa qilib aytganda, innovatsion rivojlanishning mohiyati, evolyusion shakllanishi va modellari xususida yondashuvlar juda kо‘p qirrali bо‘lib, innovatsion rivojlanishni keng qо‘llashga inqirozlar, davlatlar о‘rtasidagi о‘zaro ziddiyatlar, davlatning moliyaviy qо‘llab-quvvatlashi, iqtisodiy resurslarning cheklanganligi kabilar ta’sir qiladi.
Download 113,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish