1. Korxonaning umumiy tavsifi
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko`zlaydi. Zero, isloxotlar jarayonida Respublikamizda axolining ijtimoiy muxofazasi va uni qo`llab- quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarini qonunchilik xamda huquqiy asoslarini shakllantirish va amalga oshirish masalalariga katta axamiyat qaratilib kelinmoqda.
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy axamiyatga ega buladi, jamiyatning iktisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soxa orqali ro`yobga chiqadi.
Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar deganda aholining nafaqaho`r, bolalikdan nogiron, urush nogironlari, ishsizlar, ko`p bolali kabi qatlamlari borki ularni ijtimoiy ximoyalash davlatning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya va ijtimoiy nafaqalar asosiy o`rinni egallaydi.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar - 1) bu byudjetdan alohida tashkil etiladigan, maqsadli xarakterga ega bо’lgan, umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga ega tadbirlarni moliyalashtirish uchun mо’ljallangan mustaqil moliya muassasalarining tizimi; 2) davlat tomonidan ba‘zi ijtimoiy ehtiyojlar uchun mustaqil ravishda kompleks sarflanadigan jalb etilayotgan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va ishlatish shakli.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar byudjet paydo bо’lishidan ancha avval vujudga kelgan. Ularning paydo bо’lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda ularni amalga oshirishga zarur bо’lgan qо’shimcha mablag’lar bilan bog’liq. Davlat jamg‗armalarining soni doim о’zgarib turgan, ular asosan vaqtinchalik xususiyatga ega, maxsus jamg’armalar yoki alohida hisob varaqlar kо’rinishida bо’lgan va ularni boshqarish uchun qо’shimcha mablag‗lar talab etilgan.
Eng qadimgi byudjetdan tashqari jamg‗armalarga qadimgi dunyoda Xitoy,
Hindiston, Misr, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda paydo bо‗lgan xayriya jamg‗armalarini kiritish mumkin. Islom dunyosida "vaqf" jamg‗armalari shakllantirilgan, arabchadan tarjimada u "fuqarolar muomalasidan chiqarilgan va davlat tomonidan diniy yoki xayriya maqsadlarida foydalaniladigan mulk"ni anglatadi. Keyinchalik bu jamg‗armalar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqa funksiyalarni bajara boshlagan.
Markazlashtirilgan davlatchilikning mustahkamlanishi kо‗p sonli maxsus jamg‗armalar bir xillashtiriilishiga olib keldi, keyinchalik ular davlat byudjetiga jamlandi (XVII asr oxiri).
Ijtimoiy rivojlanish jarayonida byudjetdan tashqari jamg‗armalarni tashkil etish davlatlar о‗z funksiya va vazifalarini tо‗liq ado etish maqsadida amalga oshirilmoqda. Masalan, XIX asr oxirida Germaniya kansleri Otto fon Bismark tomonidan jahonda birinchi ijtimoiy sug‗urta tizimi yaratildi, u dunyoning turli mamlakatlarida keng tarqaldi va pensiya jamg‗armalari tuzilishiga asos bо‗lgan avlodlarning birgalikda javobgarligi prinsipiga asoslandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |