Innovatsion faoliyatni samarali moliyalashtirish yo’llari
Reja:
Kirish.
1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar
2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish
3.Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida
4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda kredit juda ham katta ahamiyatga ega. U butun iqtisodiyot tizimi oldida turgan muammolarni xal qiladi. Kredit yordamida, pul mablag`lariga bo’lgan ehtiyojni, bunday mablag`lar vaqtinchalik bo’shagan joylardan olish orqali qondirish mumkin. Kreditlash tizimi bo’sh kapitalni yig`adi va shu bilan birga, kapital kirib kelishiga xizmat ko’rsatgan holda, qayta ishlab chiqarish jarayonini ta'minlaydi.
Shuningdek kredit pul muomalasini tezlashtiradi, bir qator munosabatlarning (sug`urta, investitsiyaviy va h.) bajarilishini ta'minlaydi va bozor munosabatlarini tartibga solishda katta rol o’ynaydi. Ssuda kapitali manbasi bo’lib, birinchidan, asosiy kapitalni tiklash uchun mo’ljallangan, aylanmadan chiqarilgan pul mablag`lari (ya'ni amortizatsiya jamg`armasi);
tovarlarni sotish va xom-ashyo, yoqilg`i, materiallarni xarid qilish vaqti o’zaro to’g`ri kelmaganligi sababli vaqtincha bo’sh qolgan aylanma kapitalning bir qismi, xizmat qilishi mumkin. Tovarlarni sotish va ish haqi to’lash o’rtasidagi davrda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan kapital ham manba bo’lishi mumkin.
Ssuda kapitalining ikkinchi bir manbasi sifatida pul daromadi va xususiy sektor jamg`armalari xizmat qilishi mumkin. Tijorat krediti deb, faoliyat yuritayotgan bir tadbirkorning, tovar uchun to’lovni kechiktirish shaklida, ikkinchi tadbirkorga beradigan kreditiga aytiladi. Tijorat krediti veksel bilan rasmiylashtiriladi, uning ob'ekti bo’lib esa tovar kapitali xizmat qiladi. U sanoat kapitali aylanmasiga, tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan iste'mol sohasiga o’tishiga xizmat ko’rsatadi.
Tijorat kreditining o’ziga xosligi shundaki, bu yerda ssuda kapitali sanoat kapitali bilan birlashib ketgan. Tijorat kreditining maqsadi - tovarlarni sotish va foyda olish jarayonini tezlashtirishdir. Bunday kreditning o’lchami sanoat va tovar kapitallarining zaxira kreditlari miqdori bilan chegaralangan bo’ladi.
Ushbu kapitallarning harakati shartnoma bilan belgilangan bo’ladi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, ushbu vositalarni o’z ishlab chiqarishida iste'mol qiladigan tadbirkorga, yoki tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, tovarlar savdosi bilan shug`ullanuvchi savdo tashkilotlariga. Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, tijorat kreditining imkoniyatlari cheklangan bo’ladi, chunki uni faqatgina tovar ishlab chiqaruvchidan olish mumkin.
Tijorat kreditining o’lchami cheklangan va u qisqa muddatli bo’ladi, kredit oluvchilar esa aksariyat hollarda uzoq muddatli kreditga muxtoj bo’ladilar. Tijorat kreditining cheklanganligini bank krediti bilan yo’qqa chiqarish mumkin. Bank krediti banklar va boshqa kredit-moliya tashkilotlari tomonidan pul ssudasi ko’rinishida taqdim etiladi. Bank kreditining ob'ekti bo’lib, ishlab chiqarishdan ozod etilgan pul kapitali xizmat qiladi.
Bu yerda ssuda shartnomasi oldisotdi shartnomasiga bog`liq emas. Qarz oluvchi sifatida xo’jalik, korxona, davlat, xususiy sektor bo’ladigan bo’lsa, kreditor (kredit beruvchi) sifatida esa barcha kredit-moliya tashkilotlari xizmat qilishi mumkin. Kreditorning maqsadi foiz ko’rinishida daromadga ega bo’lishdir. Kredit qaytarilish, muddatlilik va foiz to’lash shartlarida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |