Innovatsiion iqtisodiyot


Korxonalarning rivojlanish strategiyasi fanining vazifalari



Download 125,62 Kb.
bet6/7
Sana07.04.2022
Hajmi125,62 Kb.
#535715
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korxonalarning rivojlanish strategiyasi fanining predmeti va vazifalari
DILAFRUZ, Fizikadan Formula kitob (1) [uzsmart.uz], elektrostatika ozgarmas tok ozgaruvchan tok magnetizm, STIR-629823564, 1-semestrda o’tiladigan mavzular ro’yhati, Makroiqtisod Kurs ishi Qodirov Dilshod MM51k-2, Ekonometrika MM51k-2 Qodirov Dilshod Mustaqil ish, Iqtisodiy o’sishning neoklassik modeli, 2-amaliy, 2-amaliy, 2022-автореферат 31.01.22.doc .1 doc, TIBBIYOT FAKULTETI DEKANATI, Traditions and holidays of the USA, Traditions and holidays of the USA, Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021
Korxonalarning rivojlanish strategiyasi fanining vazifalari

Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot sotuvidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi.


Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’larga xususiy aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi.
+ayta taqsimlash tartibidagi pul mablag’lariga sug’urta to‘lovlari, dividendlar va foizlar, pay badallari, budjet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy mablag’lar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan kamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy mablag’larga ta’rif berilganda moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirigan pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy mablag’larning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lar hisoblanmokda.
Ma’lumki, korxonaning oldidagi budjetga to‘lovlar (soliqlar) va ajratmalar, budjetdan tashqari fondlarga ajratma shaklidagi to‘lovlarning nafaqat foydadan to‘lanadi. Balki, ularning ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy mablag’larini shakllanish manbalari yalpi foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy mablag’larning ulchami, zaruriy kapital kuyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko‘paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy harakterdagi extiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi.
Korxonalarda mahsulot sotuvidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy mablag’lar fond va nofondli ko‘rinishlarda foydalaniladi. Chunki, moliyaviy mablag’larni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladi.
Amaliyotda, pul mablag’lari, pul moliyaviy mablag’lar, pul fondlari tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning o‘rtasida jiddiy farklanishlar ham mavjud.
Pul mablag’lari- moliyaviy mablag’larga nisbatan kengrok ma’noga ega bo‘lgan tushunchadir. Moliyaviy mablag’lar esa korxona pul mablag’larining faqatgina aylanmada bo‘lgan qisminigina anglatadi.
Pul fondlari esa moliyaviy mablag’lardan fondli shakllardagi yo‘nalishlarda foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi.
Pul mablag’lari va moliyaviy mablag’larning o‘rtasidagi fark mahsulot sotuvidan tushgan tushum mohiyatini yoritish misolida aniqlanadi. Korxonaning bankdagi hisob raqamiga kelib tushgan tushumning umumiy summasi pul mablag’lari o‘lchamini bildiradi. Mazkur pul mablag’lari umumiy summasidan sezilarli qismi, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektoenergiya shaklida ishlab chiqarish jarayoniga avanslashtirilgan shaklidagi aylanma mablag’lar va qolgan qismi sof tushum sifatidagi yalpi daromad moliyaviy mablag’larning manbai hisoblanadi.
Iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlarini oshishi, ishlab chiqarishning iqtisodiy samardorligini oshishi davlat budjetining soglomlashishi ko‘p tomondan korxonalarda shakllantirilgan sotuvdan tushgan tushumni taqsimlanishi va shakllantiriladigan moliyaviy mablag’lardan foydalanish samardorligiga bog’liqdir.
Moliyaviy mablag’larning ulchami va tarkibi ko‘p tomondan ishlab chiqarish xajmining o‘sishi va samardorlikni yuksalishiga bog’liqdir. Ishlab chiqarishning doimiy ravishda o‘sishi va uni samardorligi ko‘rsatkichini yuksalishi bir tomondan korxonalar moliyaviy mablag’larini miqdorini ortishiga olib keladi, ikkinchi tomondan, davlatning moliyaviy mablag’larini miqdorini o‘sishiga olib keladi.
Xulosa
Mavzuning mazmuni shundan iboratki Ushbu fan predmeti real sektor korxonalarining rivojlanish strategiyalari va faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, ular faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini, shuningdek, ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati samaradorligi resurslaridan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida oshirish yo‘llarini o‘rganishdan iborat. Fan real sektor korxonalarining rivojlanish strategiyalarining mohiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, uni takomillashtirish muammo va masalalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishning nazariy hamda amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Kompaniyaning vazifasini aniqlagandan so'ng, qisqa va uzoq muddatli istiqbolda bir qator maqsad va vazifalar ishlab chiqiladi.
Korxonaning maqsadlari aniqlangandan so'ng, ular strategiyani tanlashni boshlaydilar, birinchi navbatda uning samaradorligi, ya'ni biznesga o'z maqsadlari va vazifalariga erishishda yordam bera oladimi? Korxonani rivojlantirishning uch xil strategiyasi mavjud:
Istalgan bozor ulushini qo'lga kiritish uchun mos bo'lgan faol, tajovuzkor strategiya. Bu katta investitsiyalarni talab qiladigan eng xavfli strategiya, ammo muvaffaqiyatli bo'lsa, u kompaniyaga katta foyda keltirishi mumkin.
Mudofaa strategiyasi bozor mavqeini saqlab qolishni istagan kompaniya uchun javob beradi. Odatda uni hozirgi holatdan qoniqadigan yoki bozorni zabt etish uchun katta mablag 'bo'lmagan korxonalar tanlaydi. Bunday holda, biznes tajovuzkor strategiyadan foydalangan holda uni bozordan tashqariga chiqarib yuborishi mumkin bo'lgan raqobatchilar uchun xavf tug'diradi.
Kamaytirish strategiyasi iqtisodiyotdagi o'zgarishlar kompaniyani o'z tuzilishini o'zgartirishga majbur qilganida qo'llaniladi.
Hujum strategiyasining eng mashhur turi o'sish strategiyasi hisoblanadi. Uning kichik turlari mavjud: bozorga chuqur kirib borish strategiyasi, bozorni rivojlantirish, mahsulotni ishlab chiqarish, diversifikatsiya qilish (yangi mahsulot paydo bo'lganida).

Download 125,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
koronavirus covid
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
sertifikat ministry
covid vaccination
vaccination certificate
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan tayyorlagan
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi