Inklyuziv ta’limni erta kirishish bola o’z tengdoshlari xattii harakatlari bilan tanishish imkonini beradi. Inklyuziv maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar o’z tengdoshlari bilan maxsus ta’lim ehtiyojlari bo’lgan va bo’lmagan holda o’zaro muloqot qilish uchun kundalik imkoniyatlarga ega bo’ladilar…
Inklyuziv maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar:
do’st topish;
odamlar o’rtasidagi farqlardan qo’rqmaslik;
yaxshi ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirish;
o’ziga yetarli adekvat baho berishni o’zlashtirish
nuqt va nuqtsiz muloqot va xatti-harakatlarning ijobiy namunalarini bilib olish.
Alohida ehtiyojli bolaga inklyuziv ta’lim berish faqatgina pedagog, maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligida o’z samarasini beradi. Bolaning oilasini ta’lim va rivojlanish jarayoniga jalb qilish uchun pedagoglar har bir oilaning xususiyatlarini, ustuvorliklarini, istiqbollarini va qadriyatlarini tushunishlari kerak. O’zaro tushunish oilalarni jalb qilish yo’llarini topishga yordam beradi, bu bolalar, ularning oila a’zolari va maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun ijobiy natijalarga olib keladi.
Bolaning ta’lim va rivojlanishi uchun individual ta’lim xaritasini (ITX) tuzishda oilaning faol ishtiroki ota-onalarga ta’lim maqsadlari va usullarini tushunishga, uyda bolani yangi bilim va ko’nikmalarini o’rganishda qo’llab-quvvatlashga yordam beradi.
Alohida ehtiyjli bolalarni inklyuziv muhitda o’qitish texnalogiyalari
Inklyuziv ta’limda o’qitish texnalogiyalari deganda istisnosiz barcha bolalar uchun sifatli, qulay ta’lim olish uchun sharoit yaratishga olib keluvchi texnalogiyalar tushuniladi.
Inklyuziv texnologiyalarning ikki turi mavjud:
Tashkiliy texnalogiyalar-inklyuziv jarayonni tashkil etish bosqichlari bilan bog’liq: bu pedagoglar va mutaxassislar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik texnalogiyalari, moslashtirilgan va qulay muhitni tashkil etish texnalogiyalari.
Pedagogik texnalogiyalar orasidan ajratib ko’rsatishimiz mumkin jihatlar:
o’quv ehtiyojlari turli bo’lgan bolalarning birgalikdagi ta’limi-tabaqalashtirilgan ta’lim va ta’lim jarayonini individuallashtirishning asosiy vakolatlarini rivojlantirishga qaratilgan texnalogiyalar;
ta’lim jarayonida bolalarda paydo bo’ladigan muammolar, ta’lim va xulq-atvor qiyinchiliklarini tuzatish texnalogiyalari;
shu jumladan, tolerantlikni qabul qilish, ijtimoiy (hayotiy) qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan texnalogiyalar;
Inklyuziv yondashuvda yutuqlarni baholash texnalogiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |