Injiniringi fakulteti h I


 AMD Visualization — AMD-V)



Download 479,04 Kb.
bet12/19
Sana01.02.2022
Hajmi479,04 Kb.
#422430
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
KURS ISHI

4. AMD Visualization — AMD-V) - bu virtualizatsiya texnologiyasi bir nechta virtual mashinalar orasida bitta kompyuter resurslarini taqsimlashga yordam beradi.
5. AMD PowcrNow! - Quvvatni boshqarish texnologiyasi. Bu tufayli dinamik faollashtirish va protsessor qismini o'chirish uchun, foydalanuvchi unumdorligini oshirish yordam beradi.
6. NX Bit-shaxsiy kompyuterning muayyan turdagi zararli dasturlarning infektsiyasini oldini olishga yordam beradigan noyob antivirus texnologiyasi.

ΙΙΙ. MIKROPROTSESSORLARNI RVOJLANISHI VA TARAQQIYOTI. [1]
3.1. Celeron rusumli protsessor
0.25 mkm-texnologiyasi bo’yicha yaratilgan “eng oddiy” kompyuterlar uchun protsessorning Celeron deb nom berilgan soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi. Ilk Celeron protsessorlar yadrosining chastotasi 266 va 300 MGts (shina chastotasi – 66 MGts) bo’lgan. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o’z navbatida, ish unumdorligida o’z aksini topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), tabiiyki, bo’lmagan). Tizim platalarining narxi tushishi va Celeron ning o’zi arzon bo’lishi barobarida havaskorlar uchun mo’ljallangan mashina chindan ham arzon bo’lgan.
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGts li Celeron 300A modelidan boshlab, yadro kristalli ustida o’rnatilgan va yadroning chastotasida to’liq ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga ega. Bunday protsessorlar Mendocino nomi Bilan ham ataladi.
Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGts li Intel Celeron protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va samarali ishlashini ta’minlaydi. Bunday protsessorlarga, asosida Pentium II protsessori yaratilgan P6 mikroarxitekturasiga oid barcha afzalliklar berilgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGts li Intel Celeron protsessorlar ichiga hajmi 128 Kb li 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi o’rnatilgan. Takt chastotasi 300 MGts li Intel Celeron protsessorlarning yadrosi o’z ichiga 7,5 million tranzistorni mujassam etgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGts li protsessorlarning yadrolari esa 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh- xotira qurilmasi o’rnatilganligi bois 19 million tranzistorga ega.
Barcha Intel Celeron protsessorlar 0.25 mikronli KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi. Barcha Intel Celeron protsessorlar (P.P.G.A.) tilchali chiqish joylarining matritsasiga ega plastik korpus ichida solinib chiqariladi. P.P.G.A. formfaktori protsessorning 370 kontaktli uyasiga mos keladi. Bu esa, o’z navbatida, kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun tizimlar narxini tushirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, joiz konstruktiv loyihalar uchun keng yo’l ochib beradi.
Bundan tashqari, takt chastotasi 433, 400, 366, 333 va 300A MGts li Intel Celeron protsessorlar korpus ichida o’rnatish qulayligi va tejamkorlikni ta’minlovchi S.E.P.P. rusumli kontaktlar bir tomonga joylashtirilgan holda etkaziladi. Qo’llanilgan korpus turidan qat’iy nazar Intel Celeron protsessorlar yuqori sifatli, ishonchli va boshqa qurilmalarga mos keladi deb e’tirof etilmoqda. Ushbu protsessorlar idoraga oid keng ommalashgan zamonaviy ilovalar va Internet tarmog’iga kirishni ta’minlovchi dasturlar bilan ishlash uchun kuchli protsessorlar sanaladi.
3.2. Xeon oilasiga mansub protsessorlar [3]
Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qo’llaniladi. Ushbu protsessorlar uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli simmetrik tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100 MGts, yadrosining chastotasi esa 400 MGts va bundan ham yuqori, ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari yadro chastotasida ishlaydi. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha keshlashtirilganida 1 yoki 3 Mbayt (36 bitli manzil belgilanishida jamiki manzil makoni). Xeon protsessorlari nafaqat katta quvvati, balki katta, xususan: 15,2 x 12,7 x 1,9 sm o’lchamlari bilan ham ajralib turadi Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mo’ljallangan yangi vositalarga ega. Protsessordagi faqat o’qish uchun mo’ljallangan protsessorga oid axborotni saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Processor Information ROM) yadro protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar diapazoni va iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), S- tasniflarni va protsessorning 64 bitli seriya raqamini saqlaydi.
CPUID identifikatsiyalash yo’riqnomasiga ko’ra bunday axborotga kirib bo’lmaydi. Energiya jihatidan muxtor sanalgan Scratch EEPROM xotira qurilmasi protsessorni (yoki ushbu protsessor o’rnatilgan kompyuterni) etkazuvchi tomonidan tizimga oid axborotni kiritish uchun mo’ljallangan bo’lib, bundan boshqa navbatdagi axborotni kiritishdan himoya qilingan bo’lishi mumkin. Protsessor, haroratni nazorat qilib borish uchun dasturlanadigan qurilma bilan birgalikdagi harorat datchigi (yadro kristali ustiga joylashtirilgan termodiod) bilan jihozlangan. Ushbu qurilma kartridj sinovdan o’tkazilayotgan bosqichda muayyan protsessordagi termodiod bo’yicha tekshirib to’g’rilanadigan analog-raqamli o’zgartirgichga ega. Termometr sozlanishining doimiy soni (konstantasi) PIROM ga kiritiladi. Haroratni nazorat qilish qurilmasi dasturlanadi, ya’ni unga o’zgartirishlar chastotasi hamda harorat chegaralari kiritiladi.
Harorat ushbu chegaralarga etganida tizim ishida uzilish ro’y bergan signal shakllanadi. PIROM, Scratch EEPROM va haroratni nazorat qilish qurilmasi bilan hamkorlik qilish uchun protsessor I2C interfeysiga asoslangan ketma-ket ulangan qo’shimcha SMBus (System Management Bus) shinasiga ega.
RISC tipidagi mikroprocessor
RISC tipidagi mikroprocessorlar oddiy, dasturlarda еng ko`p uchraydigan buyruqlarni o`z ichiga oladi. Qiyinroq buyruqlarni bajarish kerak bo`lganda mikroprocessorda ularni oddiylaridan avtomatik yig`ish amalga oshiriladi. Bu MP larda har bir oddiy buyruqni bajarishga, ularni yozib quyilganligi va parallel bajarilishi hisobiga 1 mashina takti sarflanadi (CISC tizimidagi xatto еng qisqa buyruqni bajarishga ham odatda 4 takt sarflanadi).
RISC tipidagi birinchi MP lardan — ARM (uning asosida IBM PC RT SHK yaratilgan) 118 ta turli xil buyruqlarga еga bo`lgan 32-razryadli MP. Zamonaviy RISC MP lari (80860, 80960, 80870, Power PC) 150 mln. amal?sekund tezkorli, 64-razryadlidir. Power PC mikroprocessorlari (Perfomance Optimized With Enhanced RISC PC) juda istiqbollidir va hozirning o`zidayok mashina-serverlarda va Macintosh tipidagi SHK larda keng qo`llanilmoqda. Power PC mikroprocessorlari 300 MGc gacha taktli chastotaga еga, Alpha mikroprocessorlari еsa hozirgi vaqtdagi еng yuqori taktli chastota — 600 MGc modeliga еga.
RISC tipidagi mikroprocessorlar juda yuqori tezkorlikka еga, lekin dastur jihatdan CISC-processorlar bilan moslashgan — IBM PC SHK lari uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bajarishda, ular CISC tipidagi MP larni dasturli darajada, faqat еmulyaciya (modellashtirish, initaciya qilish) qilishi mumkin, bu еsa ular samarali unumdorligini keskin pasayishiga olib keladi.
Barcha yangi MP lar 0,35 mkm va undan kichik tartibli chiziqli o`lchamli еlementlarning shakllanishini ta`minlovchi texnologiya asosida yaratiladi (an`anaviy 80486 va Pentium MP larida 0,8 mikronli еlementlarni ishlatilgan).
Еlementlar o`lchamlarining kichiklashishi quyidagilarga imkon beradi:
• MP taktli chastotasini 100 MGc gacha va undan yuqorigacha oshirish, chunki tezkorlikni oshirishdagi to`siq «yorug`likning» etarli bo`lmagan (!) tarqalish tezligidir (300 000 km?s);
• pasaytirilgan manba kuchlanishi 3,3 ni V ni ishlatish imkoniyati (standart 5 V o`rniga) hisobiga MP qizib ketishini kamaytirish.
MP funkcional jihatdan ikki qismdan iborat:
• amalli, u o`z ichiga boshqarish qurilmasi (BQ), arifmetik-mantikiy qurilma (AMK) va mikroprocessorli xotirani (MPX) oladi (bir nechta adresli registrlardan tashqari);
• interfeysli, ular o`z ichiga MPX ning adresli registrlarini; buyruqlar registrlari blokini — mashinaning yaqin taktlarida bajariladigan buyruqlar kodlarini saqlash uchun xotira registrlarini; shinalarni va portlarni boshqarish sxemasini oladi.
Ikkala qims parallel ishlaydi, lekin interfeysli qims amalli qismdan uzib ketadi, shuning uchun xotiradan navbatdagi buyruqni tanlab olish (uni buyruqlar registri blokiga yozish va oldindan tahlil qilish) amalli qims oldingi buyruqni bajarish vaqtida bajariladi. Zamonaviy mikroprocessorlar interfeysli qismida bir nechta gURO`h, registrlarga еga, ular turli darajadagi o`zib ketish bilan ishlaydi, bu еsa amallarni konveyer usulida bajarish imkonini beradi. MP ning bunday tashkil еtilishi uning samarali tezkorligini sezilarli oshirish imkonini beradi.
3.3. Intel va AMD protsessorlari orasidagi ustunliklar. [5]
Testlarning natijalari va tekshirilayotgan protsessorlarning imkoniyatlari haqida gapirishdan oldin, rivojlanishning yuksalishi, ya’ni kelajakka nazar tashlasak. Hozirda INTELning ko’plab mashhur prosesrorlari 65nm texprotses bilan ishlab chiqarilmoqda. Hech kimga sir emaski, tranzistor qancha kichkina bo’lsa, issiqlik ajralish va energiyaga talab shuncha kam bo’ladi. Shu oddiygina qoidaga amal qilish, INTEL injenerlariga yagona kristalda ikki va ikkitadan ko’p yadro yaratishga imkon berdi. Imkoniyatlar namunasi sifatida, ikkita INTEL CORE 2 DUO E6700 dan iborat, to’rt yadroli protsessor ishlab chiqildi. Hatto 90nm li texproseslar bo’yicha ishlab chiqarishning yanada takomillashuvi ham AMD ga yordam berolmaydi, qoloqlik juda ham katta. AMD ning 65nm li tehnologiya bo’yicha ishlangan to’laqonli birinchi avlodlar protsessorlari shu yil dekabr oyining boshlarida chiqariladi, biroq yangi, o’yin uchun mo’ljallangan protsessorlar 2008 yilda chiqadi. Entuziastlar va ashaddiy geymerlar uchun qiziqroq deb bo’lajak to’rt yadroli, L2 kesh bilan birlashtirilgan AMD AGENA FX ni aytish mumkin . Lekin bugunning o’zida do’kon peshtahtalarida INTEL CORE 2 EXTREME QX6700 (aslida 2 ta CORE 2 DUO E6700)ga munosib javob AMD ning 4yadroli platformasini topish mumkin . Qiziqarlisi AMD avvalgi metodikani qilolmasdi va AMD ATHLON 64 FX-&X seriyasidagi ikki prossesor bilan bir vaqtda ishlaydigan stol sistemasini tashkil qildi. Hozirda juda kam dasturlar ko’p masalalilikni qo’llab-quvvatlaydi va ikki yadroli protsessorlarning ustunligi haqida hozircha gapirish erta. 4 yadroli protsessorlarning meyorida ishlashi uchun dasturiy ta’minot yaratuvchilarining chaqiruvini kutish kerak.
3.4. CPU ish faoliyatini taqqoslash [6]

Zamonaviy protsessorlarning narxi va xususiyatlari bilan narx-navolarni ko'rib chiqsangiz, haqiqiy chalkashlikka erishishingiz mumkin. Ajablanarlisi shundaki, protsessor kemada ko'proq yadro va ko'proq soat tezligi bilan kamroq yadroli va kamroq soat tezligiga ega bo'lgan namunalarga qaraganda arzonroq bo'lishi mumkin.Aslida, protsessorning haqiqiy ishlashi nafaqat asosiy xususiyatlarga, balki yadro ishining samaradorligiga, zamonaviy texnologiyalarni qo'llab-quvvatlashga va, albatta, protsessor yaratilgan platformaning imkoniyatlariga bog'liq (tizim kartasining mantig'ini, video tizimining imkoniyatlari haqida, avtobusning tarmoqli kengligi va boshqalar).
Shuning uchun qog'ozga yozilgan bir xususiyat asosida protsessorning ishlashini hukm qila olmaysiz, mustaqil ishlash testlarining natijalari (doimiy ravishda ishlashni rejalashtiradigan ilovalar bilan) haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz kerak. Yaratilgan yuk turiga qarab, shunga o'xshash protsessorlar bir xil dasturlar bilan ishlashda mutlaqo boshqa natijalar berishi mumkin. Qanday qilib tayyorlanmagan kishi qaysi turdagi protsessorga mos kelishini tushunishi mumkin? Keling, turli xil dasturiy ilovalarda bir xil chakana qiymatga ega bo'lgan protsessorlarni qiyosiy sinovdan o'tkazish orqali buni tushunishga harakat qilaylik.

Download 479,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish