Futbol (inglizcha foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90-120 x 45- 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410-450 g, aylana diametrining uzunligi 68-70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim, 12-15 daqiqa tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).
F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalkaro futbol federatsiyasi -FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.
1.2. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish
Tarixan mavjud bo„lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy
(xarakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baxo berilgan. Insonning organizmida
turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana
bo„g„inlariharakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jis-moniy sifatlar deb
atash qabul qilingan. Inson organiz-mining shu sifatlarini qanday namoyon qila
olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor vah.k. deb ba‟o berganlar. Bu
sifatlar o„lchovga ega, uning ko„rsatkichlari jismoniy tayyorgar-lik ko„rsatkichlari
deb ataladi va ko„rsatkichlar orqali individning ijodiy me‟natga va vatan
mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi. Masalan, individ 100 kg og„irlikdagi shtangani
elkaga olib faqat 3 marotaba o„tirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5
marotabadan ortiq o„tirib tura olishi mumkin. SHu mashqni ikki marta ortiq
bajarganligi uchun ikkinchi o„rtoq-ning kuch sifati rivojlangan deb ba‟olanadi. Bu
sifat organizmning suyak, muskul va boshqa aozolarining to„qimalari,hujayralari
vahokazolarning
rivojlanganligigagina
bog„liq
bo„lmay,
maonaviy-ru‟iy
fazilatlarigaham bog„liq. SHuning uchunharakat sifatlarini tarbiyalash maonaviy-
ru‟iy fazilat-larni tarbiyalash ishi bilan cham barchas bog„liq va tarbiyaning shu
yo„nalishiga vosita bo„lib xizmat qiladi.
Xarakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyat-ning azaliy orzusi. Me‟nat
qurollari,harbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilishning samaradorligi tabiat
insonga inoom etgan va uni tarbiya jarayonida rivojlantirish mumkin bo„lgan
jismoniy fazilatlarga bog„liq tarbiyalash lozimligi masala-sini ko„ndalang qo„yadi.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, eoti-qodli, sadoqatli, texnika
ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan,har taraflama maonaviy etuk,
jismonan garmo-nik rivojlangan kishini tarbiyalashhozirgi kungacha davrimiz-ning
asosiy vazifalaridan biri debhisoblanib kelindi.hozirham bu dastur o„z a‟amiyatini
yo„qotgani yo„q. U mamlaka-timizda amalga oshiralayotgan “sog„lom avlod
uchun” dasturining o„zagini tashkil etadi.
Xulosa
qilganda
jismoniy
tarbiyani,
xususan,
jismoniy
sifatlarni
rivojlantirishni moxiyatining yuqoriligi va salmoqliligi ko„zga yaqqol tashlanib
turibdi. SHuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning
(kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik vahokazolarning) barchasini o„zaro uzviy
bog„lab olib borishni tarbiya jarayoni taqazo qiladi. Lekin sportning maolum bir
turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u etakchiharakat sifati
tarzida nomoyon bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |