ASCII (inglizcha: American Standard Code for Information Interchange) — bosma belgilar va boshqa maxsus kodlar uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari standart kodlash jadvali. Ingliz tilining amerika variantida [esqi] shaklida aytiladi, Buyuk Britaniyada esa [asqi] shaklida koʻproq aytiladi; oʻzbekchada ham [asqi] shaklida aytiladi.
ASCII
ASCII oʻnlik sonlar, lotin va milliy alifbolar, tinish belgilari va boshqaruvchi belgilarni
tasvirlovchi kodlashlarni oʻz ichiga oladi. Dastlab 7-bitlik qilib yaratilgan, keyinchalik 8-bitlik baytga oʻtkazilgan ASCII 8-bitlikning yarmi deb qabul qilina boshlandi. Komputerlarda odatda 8-bit va kod jadvalining ikkinchi yarmi bilan ishlangan ASCII kengaytmasi foydalaniladi (masalan KOI-8).
Do'stlaringiz bilan baham: |