Ingliz tili va Adabiyot fakulteti



Download 37,7 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2022
Hajmi37,7 Kb.
#352349
1   2   3
Bog'liq
grammatika

Kitob - kutubxona

xabar - axbor

fikr - afkor

ilm - ulum

taraf - atrof va boshqalar.
7. Urg`u. Dynyo tillarining barchasida grammatik ma’nolarning ifodalanishida urg`u ham ajratiladi. Tilshunosligimizda ham urg`uni shunday vosita sifatida ajratib kelganlar va

tugma (ot) -tugma (fe’l)

yozma (sifat)- yozma (fe’l)

studentsiz (sifat)- studentsiz (kesim)

ximik (sifat) - ximik (ot) kabi so`zlarning o`zaro farqlanishini urg`uning turli xil o`rni bilan bog`laganlar. Lekin urg`uning o`zbek tilida ma`no farqlash vazifasi munozaralidir. Urg`uning ma’no farqlash vazifasi tilimizda rus tilidan ko`chirilgan hodisadir. Chunki "Tugmang tushdi" va " Belbog`ni tugmang " gaplaridagi "tugma" so`zida urg`u har ikki holatda ham "a" tovushiga tushadi.

Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma’noni alohida til hodisasi sifatida o`rganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma’no grammatik shaklning bir tomoni sifatida o`rganilib kelindi. Grammatik ma’noni ifodalashning rang - barang usullarini ko`rib o`tgach, biz ayta olamizki, ayni bir grammatik ma’no xilma-xil vositalar bilan ifodalanishi mumkin. Chunonchi, son ma’nosi o`zbek tilida affiksatsiya /-lar, ya’ni birlik/ko`plik son shakllari paradigmasi doirasida ko`rib chiqilgan. Son shakllarining ma’nosi deganda mana shu ikki morfema nazarda tutilgan. Tilimizda son ma’nosining ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali ro`yobga chiqadi. Chunonchi, ko`plik ma’nosi takror, juft so`zlar bilan ham, birlik ma’nosi juz’iy reduplikatsiya (takror) yoki so`z- so`zsimon (kitob - mitob, non - pon, meva - cheva) bilan ham ifodalanishi mumkin.

Hozirgi fanimizda son ma’nolarining o`xshashlik va farqli tomonlari, shuningdek, "Kitobni akam uchun oldim" va "Kitobni akamga deb/ atab oldim" kabi hosilalar orasidagi ma’no farqlari deyarli o`rganilmagan. Ya’ni ayni bir ma’noni turli xil vositalar bilan ifodalash yo`llari fanimizning o`rganilmagan muammolari sirasiga kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir.Quyida shunday izlanishlardan namuna keltiramiz.

Aslida, gnosseologik (bilish) nuqtai nazardan materiyaning yashash shakli, hodisalarning izchil almashinish tarzi sifatida tadqiq qilinadigan zamon (payt) ma’nosining lisoniy tizimda voqelashish hodisasi tilning bu kategoriyani yuzaga chiqarish imkoniyatlari keng, rang-barang ekanligini dalillaydi. Bu tillararo xususiyatlarni, xususan, ingliz va o`zbek tillaridagi payt ma’nosini ifodalashning lisoniy vositalarini tekshirganda yanada yaqqol ko`rinadi. Zamon (vaqt, payt) tushunchasini payt grammatik ma’nosi, mazkur kategoriyani yuzaga chiqaruvchi usul va vositalarni esa payt ma’nosini ifodalovchi grammatik vositalar deb hisoblaymiz. Ingliz va o`zbek tillarida payt ma’nosini ifodalash lisoniy hodisasidagi tillararo uyg`un, o`xshash xususiyatlarni- umumiy (integral) belgilar, o`ziga xos xususiyatlarini esa farqlovchi (differensial, oppozitsion, zid ) belgilar sifatida tekshiramiz. Payt ma’nosining qiyoslanayotgan tillarda yuzaga chiqish imkoniyatlarini quyidagi jadvalda umumlashtirishga harakat qilamiz:




Download 37,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish