Darak gaplar (Declarative sentences)
DARAK GAPLARDA SO‘Z TARTIBI
Darak gaplar suhbatdoshga yoki o‘quvchiga biror xabarni yetka-
zish uchun ishlatiladi. Ular biror faktni tasdiqlash (bo‘lishli darak gap-
lar) yoki shu faktni inkor qilish (bo‘lishsiz darak gaplar) uchun ishla-
tiladi. Ingliz tilida darak gaplarda so‘z tartibiga qattiq amal qilinadi,
har bir gap bo‘lagining o‘z o‘rni bor. Quyidagi so‘z tartibi ingliz tiliga
xosdir:
ega
kesim
to‘ldiruvchi
hol
The buyers (ega)
chartered (kesim)
a steamer (to‘ldi-
ruvchi)
yesterday (payt holi)
Aniqlovchining gapda ma’lum o‘rni yo‘q. U otdan ifodalangan istagan
gap bo‘lagi bilan kelishi mumkin:
A steamer of 10,000 tons
has arrived at the port.
O‘n ming tonnali paroxod portga
yetib keldi.
We have received an important
te legram.
Biz muhim telegramma oldik.
They live in a new house.
Ular yangi uyda yashaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |