A.Qodiriy nomidagi JDPU
“Ingliz til va adabiyoti
(Xorijiy tillar)”yo'nalishi
II-bosqich magistranti Ko’bayeva Surayyoning «2022-2023« o'quv yili uchun bajargan ishlari hisoboti.
A.Qodiriy nomidagi JDPU ``Ingliz tili va adabiyoti`` (Xorijiy tillar ) yo’nalishi II– bosqich talabasi Ko’bayeva Surayyoning 2022-2023 o'quv yili uchun kalendar ish rejasi yuzasidan sentabr oyida bajargan ishlari bo'yicha
HISOBOTI
Biz ushbu sentabr oyda kalendar re’jaga muvofiq o'quv metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik amaliyot ish olib bormoqdamiz. Belgilangan fanlardan ma'ruzlar matni tayyorlanmoqda va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun uslubiy dars ishlanmalar, prezentatsiyalar, tarqatma materiallar testlar va savollar tayyorlanmoqda. Amaliy mashg’ulotlar, seminar mashg’ulotlar, olib borishga tayyorgarlik ko’rmoqdamiz. Kafedra tomonidan beldilangan guruhlar amaliy va qo'shimcha mashg'ulotlar olib borilmoqda. Professor o'qituvchilarning tajribalari, o'tish uslublarini o’rganmoqdamiz, o'rganilgan ma'lumotlar magistrlar amaliy mashg'ulotlar guruhi hamda ilmiy rahbarlar bilan birgalikda tahlil qilinmoqda. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusidan kelib chiqqan holda ilmiy rahbarim bilan I -bob yuzasidan adabiyotlar to'plamoqdamiz. Tadqiqot mavzumizda qo'llanilgan turli xil metodlarni o’rganib chiqib, ushbu metodlarni tahlil qilmoqdamiz . Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi hamda mustaqil ishlarni yozish qonun qoidalari, yozilish tartiblari, baholash mezonlari bilan tanishib ularning bir – biridan farqli tomonlarini bilib oldik. O'quv huquqiy – me'yoriy hujjatlarda amalga oshirishda dissertatsiya mavzularimiz va tadqiqotlarimiz qo'l kelmoqda. Har birimiz o'zimizning ishlab chiqqan va tahlil qilib olgan metodlarimizni ilmiy rahbarimiz bilan birgalikda tahlil qilish bilan bandmiz. Hozirda mavzumizdan kelib chiqqan holda ilmiy rahbarimiz yordamida maqolalar chop etish bilan bandmiz. Hamma magistrlar o'z zimmasiga yuklatilgan vazifani a'lo darajada bajarishga harakat qilmoqdamiz. Ilmiy rahbarim boshchiligida xalqaro konferensiyalarda maqolalar chop etdim va dissertatsiya yozish uchun bel boğladim.
Magistrant: Ko’bayeva Surayyo
Qodiriy nomidagi JDPU “Ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi”
( Xorijiy tillar) yo’nalishi II– bosqich talabasi Ko’bayeva Surayyoning 2022-2023 o'quv yili uchun kalendar ish rejasi yuzasidan oktabr oyida bajargan ishlari bo'yicha
HISOBOTI
Yangi oy boshida kalendar ish rejaga muvofiq ushbu oyda bajariladigan ishlar rejasini tuzib oldik. Dissertatsiya mavzusiga oid turli metodlar o'rganib chiqib, ushbu metodlarni tahlil qilmoqdamiz. Mavzuga oid nazariy adabiyotlar, uslubiy adabiyotlarni to'plamoqdamiz. Ilmiy rahbarimiz bilan to'planayotgan adabiyotlarni birgalikda o'rganib chiqib so'ng uni tahlil qilib chiqayabmiz. Magistraturada o'quv jarayoni davomida professor, dotsent, fan doktori kabi malakali kadrlar magistratura talabalariga ilmiy amaliy mavzular, o'quv seminarlar, muammoli ma'ruzalar tashkil etmoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlarini dastur va tasdiqlangan kalendar ish rejamiz asosida olib bormoqdamiz. Tanlangan magistrlik dissertatsiyasi chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdamiz. Dars mashg'ulotlaridan so'ng ko'proq vaqtimizni kutubxonada tadqiqot mavzumizga doir ilmiy maqollar, maruzalar matni, kitoblar hamda internet ma'lumotlaridan kerakli ma'lumotlarni to’plamoqdamiz. Hozirda bor e'tiborimni dissertatsiyamning I bobini mukammal tarzda yozishga xarakat qilayabman.
Magistrant : Ko’bayeva Surayyo
A.Qodiriy nomidagi JDPU “Ingliz tili va adabiyoti (Xorijiy tillar) “ yo'nalishi II– bosqich talabasi Ko’bayeva Surayyoning 2022-2023 o'quv yili uchun kalendar ish rejasi yuzasidan noyabr oyida bajargan ishlari bo'yicha,
HISOBOTI
Kalendar ish re’jaga muvofiq noyabr oyida o'zimizing kafedra ish faoliyati, o'quv va ilmiy ishlarini tashkil etish jarayonlari bilan tanishib chiqishimiz kerak ekan. Bu ish biz uchun juda ma'qul ishlardan bo'ldi chunki yangi jihozlangan shinam yorug' va ko'plab qulayliklarga ega bo`lgan xonalar, kafedra ish yuritish tizimi, kadrlar saviyasi, kafedramiz talabalari erishgan yutuqlar haqida ma'lumotlar oldik. O'quv jarayonidagi kamchiliklar, yutuqlarni tahlil qilib chiqdim. O'quv jarayoni davlat ta'lim standarti va malaka talablari, o'quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qilinmoqda deb ayta olish mumkin. Magistraturada o'quv jarayoni davomida professor, dotsent, fan doktori kabi malakali kadrlar magistratura talabalariga ilmiy amaliy mavzular o'quv seminarlar, muammoli ma'ruzalar tashkil etmoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlarini dastur va tasdiqlangan calendar ish rejamiz asosida olib bormoqdamiz. Tanlangan magistrlik dissertatsiyasi chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdamiz. Dars mashg'ulotlaridan so'ng ko'proq vaqtimizni kutubxonada tadqiqot mavzumizga doir ilmiy maqolalar, maruzalar matni, kitoblar hamda internet ma'lumotlaridan kerakli ma'lumotlarni to’plamoqdamiz. Magistratura mutaxxassisligi bo'yicha biz ilmiy pedagogik mahoratni egallashni, oily ta'lim muassasalarida ilmiy pedagogik faoliyat olib borishning mazmuni, tartibini o'zlashtirmoqdamiz
Magistrant : Ko’bayeva Surayyo
Do'stlaringiz bilan baham: |