4.3.1. Asboblar bilan ta`minlash
Reyka va nivelirning konstruksiyasi shunday ishlab chiqarilmoqdaki, ular
an`anaviy uslulda va raqamli shaklda foydalanilishi mumkin.
Nivelirlash reykasi.
Reyka sintetik materiallar bilan kuchaytirilgan steklovoloknadan qilingan va
uning kengayish koeffitsienti 10 ppm dan kam.
U uchta alohida seksiyadan iborat, har biri 1.35 m uzunlikda va biri biriga
kiritilib, 4.05 m ni tashkil qiladi.
Reykaning bir tomonida elektron o`lchashlar uchun shtrix-kod mavjud, ikkinchi
tomnida esa, metrlardagi oddiy bo`limalar bor. Qora va qizil ikkilamchi kod butun
reyka uzunligi bo`yicha 2 mm enlikdagiga asosiy element bilan 2000 elementdan
iborat. Korrelyasiya usuli tasvirni baholash uchun foydalanilayotgani uchun,
elementlar psevdo-stoxastik sodada joylashtirilgan (qo`yilgan). Kodning tasviri,
korrelyasiya protsedurasi 1.8 m dan to 100 m gacha oraliqda foydalanilishi mumkin.
Belgilangan og`ish reykaning bir elektron ko`rsatuvi 50 m ko`rinadigan
masofada 0.3 mm ga teng deb hisoblanadi, 100 m da – 0.5 mm ga teng.
Reyka doiraviy adilak va ikkita ushlab turadigan qo`ldasta bilan ta`minlangan,
chunki reykaning tikligi hali katta ahamiyatga ega.
Anig`roq ishlash uchun unga maxsus engil shtativ qo`shiladi.
Raqamli nivelir WILD NA 2000 oddiy avtomatik nivelir kabi optik va mexanik
tarkibiy qismlarga ega. Ammo, reykani elektron ravishda sanoqlarni olish uchun,
tasvirni detektor diodi matritsasiga yuboradigan svetodelitel o`rnatilgan. SHtrix-
kodning faqat oq elementlaridan qaytgan yorug`lik, infraqizil va ko`rinadigan yorug`lik
1
3
komponentiga svetodelitel bilan bo`linadi. Ko`rinadigan yorug`lik kuzatuvchiga, infra
qizil yorug`lik esa diod matritsasiga etib boradi. Nivelirning burchak aperturasi 2° ga
teng, natijada reykaning 70 mm sanog`i 1.80 m oralig`ida tasvirlanadi, 100 m
oralig`idasi -3.5 m bo`ladi. SHtrix-kodning olingan tasviri analogli ko`rish signaliga
ko`chiriladi, u keyin saqlanayotgan ma`lumot kodi bilan taqqoslanadi. Korrelyasiya
protsedurasi keyin kodlarning balandlik siljishining nisbatini beradi, bunda nivelirdan
reykaga bo`lgan masofa kod tasvirining masshtabiga bog`liq bo`ladi.
90-rasm. DINI raqamli nivelir
Ma`lumotlarga ishlov berish, ventil matritsasiga tayangan bir kristallik
mikroprotsessorda amalga oshiriladi. O`rnatilgan ma`lumotlar keyin tasvir shaklida
ikki qatorli matrik displeyga beriladi.
O`lchash jarayoni fokuslantiradigan qo`ldastaning yonida joylashgan klavishga
(knopkaga) juda engil tegish bilan boshlanadi. 15 o`rinli nivelir okulyarining yuz
tomonida joylashgan klaviatura, sonli ma`lumotlarni kiritishga va oldindan
dasturlashtirilgan ko`rsatmalar berish uchun imqon yaratadi. Axborot WILD REC
modulida saqlanishi mumkin, bundan tashqari, nivelir tashqi nazoratni, ma`lumotlarni
berishni va energiya bilan ta`minlashni amalga oshiradigan GS1 interfeysiga ega.
1
3
Do'stlaringiz bilan baham: |