Ing foot oyoq, ball toʻp) sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90-120 x 45- 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410-450 g, aylana diametrining uz



Download 17,76 Kb.
Sana13.12.2019
Hajmi17,76 Kb.
#29894
Bog'liq
Futbol

Futbol

Futbol (ing . foot – oyoq, ball – toʻp) – sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90–120 x 45– 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410–450 g , aylana diametrining uz. 68–70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim, 12–15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).

F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904 yilda xalkaro futbol federatsiyasi –FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.



Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912 yilda Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom qozondilar.

1959 yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992 yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida" (1993 yil 18 mart) hamda "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (1996 yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, "Barkamol avlod" va "Umid nihollari" musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan "Futbol gʻunchasi" musobaqalarida 692 jamoada 13840, "Futbolimiz kelajagi" musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning "Andijanka", Namanganning "Gulbahor", Qarshining "Sevinch" jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning "Matonat" jamoasi (hozirgi "Baynalmilal") jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). "Oʻzbekiston futboli" (Toshkent), "FutbolEkspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy), "Boks plyus futbol" (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28–40 x 16–20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400–600 g , aylana diametrining uz. 60–62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 min. (20 min.dan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989 yildan, Osiyo chempionati 1998 yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997 yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).

Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950 Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978 Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002 BraziliyaFutbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962 Hindiston1966 Birma1970 Birma va Koreya Resp.



1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.
Download 17,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish