Infratuzilma va iqtisodiy o‘sish orasida bog‘liqlik. Durbek Hidoyatov



Download 22,48 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi22,48 Kb.
#102141
Bog'liq
3-1IQT 17 Durbek Hidoyatov


Infratuzilma va iqtisodiy o‘sish orasida bog‘liqlik.
Durbek Hidoyatov

Infratuzilma va iqtisodiy o‘sish orasidagi bog‘liqlikni ko`rsatishimiz uchun infratuzilma nima iqtisodiy o`sish nimaligi haqida biroz ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak.



Inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar.) va ijtimoiy-maishiy infratuzilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va boshqalar) ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish, ammo`bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini harakteriga koʻra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona, tarmoq ishlab chiqarish majmualari va hududiy Infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar ishlab chiqarish va inson uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilmani yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. Infratuzilmaning samaradorligi koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi. Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi hisoblanib, ko`rsatayotgan turli yonalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida asosiy poydevor hisoblanadi.

Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni to`la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologik, boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko`rsatish faoliyatini o`z ichiga oladi, eng asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.

Infratuzilma subyektlari uning vazifasi, yo`nalishi va xizmat ko`rsatish darajasiga qarab ayrim tadbirkorlar tomonidan, ba‘zi holatlarda esa davlat tomonidan yoki bevosita uning ishtirokida tashkil etilmoqda. Chunki ishlab chiqarishning yuqori sur‘atlarda o`sishiga erishish uchun infratuzilma subyektlarini tashkil etish va rivojlantirishga boshlang`ich bosqichda yirik

miqdorda sarmoya kiritilishini talab etadi.

Ma‘lumki, infratuzilma subyektlari o`zaro`iqtisodiy munosabatlarda bajariladigan vazifalari, maqsadlari va faoliyat yo`nalishlarida bir nechta tarkibiy unsurlarni birlashtirib, umumiy tizimda infratuzilma subyektlari majmuasini hosil qiladi.

Bozor infratuzilmasining rivojlanishida davlatning roli.

Davlatning iqtisodiyotni tartibga solib borish maqsadida uning faoliyatiga aralashishi ma‘lum me‘yorda bo‘lishi lozim. Hozirgi vaqtda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot uchun «samarali davlat» kerak. Bu shunday davlatki, bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga sharoit

yaratib beradi, xalqning esa farovon yashashiga imkoniyat yaratib beradi.

Bozor iqtisodiyoti va fuqarolarning ixtiyoriy uyushmalari hal qila olmaydigan vazifalarga davlat o`z e‘tiborini qaratib, faoliyatini shunga yo`naltirsa, davlat ishida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.

Iqtisodiy faoliyat deganda inson ehtiyojlarini qondirish usullari va vositalari majmui tushuniladi.

Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi, yaratilgan mahsulotlarni ayirboshlash orqali iste‘mol etish bilan tugallanadi. Uning asosiy bo`g`ini ishlab chiqarish, ya‘ni har xil mahsulot va xizmatlarni yaratishdir. Mehnat yaratgan ne‘matlar iqtisodiy ne‘matlar deyiladi.

Ular tabiatdagi tekin ne‘matlar (havo, quyosh nuri, suv) dan farq qiladi. Mahsulotlarni ayirboshlash va ularning iste‘moli (ishlatilishi) ham iqtisodiy faoliyat tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish tijorat (savdo-sotiq) orqali iste‘mol bilan bog`lanadi. Iqtisodiy faoliyat turlari xilma-xil, lekin ular bir-birini albatta taqozo`etadi. Ishlab chiqarish bo`lmasa kishilar yashay olmaydi, bu turgan gap. Ammo`kishilar yaratgan mahsulotlarini o`zaro`ayirboshlash orqali iste‘molni qondiradilar, bir-birlariga kerakli mahsulotlarni yetkazib beradilar.

Kishilar o`z ehtiyojini qondirmasa, ish qobiliyatini tiklay olmaydilar. Binobarin,

iste‘molsiz ishlab chiqarish ham bo`lmaydi. Ishlab chiqarish turlari g`oyat ko`p. Hozir dunyoda

millionlab xil mahsulot va ularning butlovchi qismlari va detallari yaratiladi. Aholiga minglab xil

xizmatlar ko`rsatiladi.

Ishlab chiqarish birlamchi faoliyat sifatida ikki turga bo`linadi:

a) moddiy ishlab chiqarish - aniq moddiy shaklga ega mahsulotlarni (masalan,

iste‘mol buyumlari, yonilg`i, xomashyo, material, mashina va uskunalarni) yaratish, shuningdek, moddiy sohaga xizmatlar ko`rsatish. Bunga sanoat, qishloq xo`jaligi, yuk transporti, qurilish, ombor xo`jaligi va boshqalar kiradi.

b) nomoddiy ishlab chiqarish - moddiy shaklga ega bo`lmagan, qo`l bilan ushlab his etilmaydigan, ammo foydali xizmatlar ko`rsatish. Masalan, shifokor yoki o`qituvchi xizmati

moddiy ko`rinishda emas, lekin u hammaga zarur. Nomoddiy ishlab chiqarishga madaniyat, xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport kabi sohalar kiradi. Ayirboshlash faoliyatida mahsulotlar va xizmatlar yaratilmaydi, balki ular ma‘lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. Bu jarayon ikki xil kechadi: biri mahsulot ayirboshlash, ikkinchisi tovar ayirboshlash.

Bir mahsulotning bevosita boshqasiga to`g`ridan-to`g`ri, lekin ma‘lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanishi barter deb yuritiladi. Barter ayirboshlashning qulay bo`lmagan xolis usuli. Bu usul oldi-berdi aloqalari izdan chiqqanda, pul shiddatli qadrsizlanganda qo`llaniladi. Me‘yordagi iqtisodiyot sharoitida tovar ayirboshlashga amal qilinadi. Bir mahsulotning boshqasiga pul vositasida va ma‘lum narx asosida, ya‘ni oldi-sotdi yo`li bilan ayirboshlanishi tovar ayirboshlash deyiladi. Tovar ayirboshlash barterdan farqliroq, tovarni oldin pulga, so`ngra pulni kerakli boshqa tovarga ayirboshlashni bildiradi. U hammabop, ya‘ni universal ayirboshlashdir. Bu jarayonda pul ishtirok etadi, pulga hohlagan tovarni hohlagan joydan sotib olish mumkin bo`ladi. Tovar ayirboshlash, oldi-sotdi ayirboshlashning eng yuksak va qulay shaklidir.

Korxonalar faoliyatida aloqaning o`rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, ular o`zi yetishtirgan mahsulotlarni hohlagan bozorda sotishi mumkin. Shu bois ularning bozor kon‘yunkturasini o`rganishi yoki baho`tizimi o`zgarib turishidan xabardor bo`lishida, aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanishda xo`jaliklar yetishtirgan mahsulotlarni sotish bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarni imkon darajasida hal qilishga ko`maklashadi.

«Iqtisodiyot saboqlari» rukni ostida berilayotgan gazetxonlar savollariga mutaxassis va olimlarning javoblari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Navbatdagi savolga iqtisodchi Akrom Mo‘minov javob beradi:



- Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi. Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.

Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi. Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Eks­tensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarf­lamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish or­qali erishish mumkin. Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.
Download 22,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish