Infraqizil nurlanish



Download 60,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi60,85 Kb.
#683282
Bog'liq
Infraqizil nurlanish - Vikipediya



Infraqizil nurlanish
Infraqizil nurlanish — toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 – 2 mm gacha boʻlgan koʻzga
koʻrinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). Infraqizil
nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uz. X=0,74—2,5 mkm), oʻrta (2,5 — 50 mkm) va
uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur
qaytarish va sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri
sohasi (0,4—0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga oʻtishda keskin oʻzgaradi.
Koʻpgina moddalar koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlsa, Infraqizil
nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida shaffof boʻlmasligi (yoki aksincha) mumkin.
Mas, bir necha sm kalinlikdagi tiniq suv qatlami toʻlqin uz. X >1 mkm boʻlgan Infraqizil
nurlanish uchun shaffof boʻlmaydi; koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida shaffof
boʻlmagan germaniy va kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof
boʻladi (germaniy uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qogʻoz Infraqizil nurlanish
spektrining uzok, sohasida shaffof boʻladi. Koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida
shaffof boʻlmagan, lekin Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlgan moddalar
Infraqizil nurlanish ni ajratishda yorugʻlik filtrlari sifatida ishla-tiladi.
Koʻpgina metallar koʻzga koʻrinadigan nurlanish sohasiga qaraganda Infraqizil nurlanish
sohasini yaxshiroq qaytaradi, yaʼni ularning qaytarish xususiyati birmuncha yuqori. Mac, A1,
Ai, Ag, Si kabi elementlar toʻlqin uz. A.= 10 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish ning 98% ini
qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer atmosferasidan oʻtayotganida yutilishi va sochilishi tufayli
uning intensivligi kamayadi.
Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli,
yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladi. Gʻalayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga
oʻtishidagina Infraqizil nurlanish spektri chizikli boʻladi. Mac, simob atomlarining nurlanishi
Infraqizil nurlanish chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-


rat. Gʻalayonlangan molekulalar yoʻl-yoʻl infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr
molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bogʻliq (qarang 
Moleku-lyar spektrlar
).
Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning Infraqizil nurlanish spektri uzluksiz boʻladi. Lekin
uning intensivligi jism (suyuklik) temperaturasiga bogʻliq. Past temperatura (< 500°) dagi jism
nurlanishining Infraqizil nurlanish intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism
Infraqizil nurlanish manbai boʻla olmaydi. Eng koʻp ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai
volfram tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi.
Infraqizil nurlanish dan i. t. ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va koʻpgina amaliy
masalalarni hal qilishda foydalaniladi (qarang 
Infraqizil fotografiya

Infraqizil qizdirish
).
Infraqizil nurlanish bilan qorongʻida obʼyektlarni suratga olish, oʻchib ketgan xatni tiklash
(oʻqish), signallarni uzatish va q. k. ishlar bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun
qabul qiluvchi issiklik va foto-elektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan
foydalaniladi. Infraqizil nurlanish choʻgʻlanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining
ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil qiladi; baʼzi lazerlar oʻzidan
Infraqizil nurlanish chiqaradi.
Ergash Nazirov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Infraqizil
_nurlanish&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 4 yillar avval
 
EdgarsBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Infraqizil_nurlanish&oldid
=2002365
" dan olindi 

Download 60,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish