http://www.qpass.com/customers.asp Kmart deb nomlangan supermarketlarning elektron sotuv tizimiga esa quyidagi tegishli sayt orqali kirishingiz va undagi qimmatli ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin:
http://www.bluelight.com/shop/index.jsp?categoryId=745886 Hozirgi kunga kelib, Internetdagi asosiy tadbirkorlik yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
Internet orqali xalqaro telefon aloqalarini yo‘lga qo‘yish (Internet-telefoniya);
Tarmoq orqali tovarlar va xizmatlar reklamasini uyushtirish;
Virtual biznesni amalga oshirish, elektron magazinlar tashkil qilish;
Internet-televidenie xizmatini joriy qilish;
Tarmoqda gazetalar va jurnallar nashr qilish hamda ularni tarqatish;
Virtual kutubxonalar, muzeylar, ko‘rgazmalar hamda taqdimotlar tashkil qilish;
Internet bilan bog‘liq uy-ro‘zg‘or asbob-anjomlari hamda mai- shiy qurilmalar ishlab chiqarish va tegishli xizmat turlarini ommaviy ra- vishda tarqatish;
Internet peydjer – tveydjer xizmatlarini joriy qilish;
Tasvirli – qidiruv sistemalarini ishlab chiqarish va ularni tegishli tashkilotlarga tarqatish;
Internetdagi xilma-xil yo‘nalishlarga oid ma’lumotnomalar xizmatini tashkil qilish.
Agar bu soha bilan bog‘liq loyihangizni rivojlantirish uchun mab- lag‘, yordam yoki grant olish uchun qiziqsangiz, quyidagi web-sahifani o‘rganib chiqishingiz foydadan holi bo‘lmaydi:
http://www.mindspring.com/~ajgrant/guide.htm Internetdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi muammolar Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda ham turli hil salbiy holatlar mavjud bo‘ladi. Ular real hayotdan orttirgan tajribalarini virtual dunyoda ham qo‘llab ko‘rishni xohlaydilar. Firibgarlar orasida internet piramidalarini tuzib boyishga harakat qiluvchilar birinchi o‘rinda turadi. Keyingi o‘rinda mahsulot va xizmatlarni juda past narx- larda taklif qiladiganlar bo‘lib, mijoz pulni o‘tkazganidan so‘ng uning o‘rniga hech narsa olmaydi. Undan keyin kompyuter va uning program- maviy ta’minoti «sotuvchi»lari turadi. To‘rtinchi o‘rinni xilma xil ish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil qiluvchilar egallaydi. Nihoyat, oxirgi qrinda uyda biror-bir foydali ish bajarishni taklif qiluvchilar turadi. Tarmoqdagi piramidalarning eng oddiy usuliga misol bo‘lib zanjir bo‘ylab xat jo‘natish kiradi. Bunda biror-bir kimsadan xat olasiz va unda boshqa bir qancha odamning nomi va manzil ko‘rsatiladi. Sizga bu shaxslarning birinchisiga, masalan, 100 so‘mdan jo‘natish va uning o‘rniga ro‘yxat oxiriga o‘z nomingizni yozib qo‘yish taklif qilinadi. Keyin ushbu xatni o‘z tanishlaringizdan bir qanchasiga jo‘natish kerakligi ko‘rsatiladi. Siz menga ham katta miqdordagi mablag‘ ishlab olish imkoniyati yaratildi deb, xursand bo‘lib ishonch bilan bu o‘yinga qo‘shilishingiz mumkin. Lekin keyinchalik hech olmasangiz xafa bo‘lmang, chunki bu xatni eng birinchi yuborgan odam allaqachon tegishli pulni ishlab olgan va endi Siz hech nima olmaysiz. Piramidaning ikkinchi usuliga fiktiv marketing kiradi. Bunda Sizga juda tezlik bilan rivojlanayotgan firmaning faoliyatida qatnashishini- giz taklif qilinadi, piramidaning tepasida turgan bir shaxs (yoki shaxslarguruhi) boshqa odamlarni yollaydilar, ular esa o‘z navbatida boshqalarini bu ishga jalb qilishga harakat qiladilar va yollanganlarga boshqalarni ham jalb qilish o‘ta muhimligini uqtiradilar. Shunday qilib, ushbu tadbirda qatna- shayotgan insonlar soni juda ham ko‘payib ketadi. Har bir yollangan odamga ro‘yxatdan o‘ish uchun ma’lum miqdorda badal (vznos) to‘lash so‘raladi. Sizga boshqalarni yollash huquqi qayd qilingandan so‘nggina
beriladi. Har bir yollangan inson uchun va Siz yollagan shaxslar yolla- gan odamlar uchun ham ma’lum miqdorda pul olasiz va ishga juda qizi- qib ketasiz. Shunday qilib, piramidaning eng tepasida turganlarning katta miqdordagi pul ishlab olishlariga real imkoniyat tug‘iladi. Odamlar yollab turilganda va pul miqdori hali ancha katta bo‘lgan holda bunday firma juda ham faol ravishda ishlab turadi, ko‘pchilik firibgarlikni tushunib qolib, ularning ishlayotgan puli miqdori ancha kamayganida, piramidaning asoschilari qaergadir g‘oyib bo‘ladi. Bunda ko‘pincha obrazli qilib - «Piramida quladi» deydilar. Investitsiyalar bilan bog‘liq internet firibgarligi usulida Sizga faqat internet orqali amalga oshadigan va tezlik bilan boyib ketishga olib keluvchi g‘oya taklif qilinadi. Masalan, ma’lum bir miqdordagi mablag‘ni biror-bir ajoyib loyihaga investitsiya qilishingiz so‘raladi va oyiga katta miqdordagi foiz to‘lash va’dasi beriladi. Siz o‘z pulingizni jo‘natganingizdan so‘ng ma’lum bir muddatda oyiga foizlarni va’da qilingan miqdorda olib turasiz va bunga boshqalarni ham jalb qila boshlaysiz. Aslida esa bu loyiha fiktiv bo‘lib, foizlar xilma xil insonlarning pulini ustalik bilan bir-biriga qayta jo‘na- tish kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Lekin bir kun kelib, pulin- giz ham, foizingiz ham izsiz g‘oyib bo‘ladi. Internet orqali hech qayerda qayd qilinmagan aksiya yoki boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar sotib olish firibgarliklarning biror-bir turiga mansub bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Lekin bunday ishlar ham internet orqali amalga oshiriladigan ajoyib biznes deb tushuntirilishi mumkin. Kreditlarni tozalab berish takliflari, offshor zonalarda bank operatsiyalarini o‘tkazib berish kabi qiziqarli takliflar, elektron pochta orqali katta miqdordagi pulni yutgan- ligingiz haqidagi xabarnoma («faqatgina 10 dollar jo‘natsangiz kifoya,kattamiqdordayutuqpulingizniolasiz»deganajoyibtaklifbo‘ladi)kabilar barchasi Sizdan ma’lum bir mablag‘ undirib olishga yo‘naltiril- gan. Boshqa turdagi firibgarliklarga ajoyib dori-darmonlar, ozuqa moddalari, ozdiradigan preparatlar, uy – ofisda bajariladigan ishlar taklifi kabilarni kiritish mumkin. Masalan, uyda o‘tirib, internet bilan bajariladigan ish taklif qilindi deylik. Firmaga borganingizda bu ishga mos kompyuter va programmaviy ta’minot sotib olishingiz yoki mana bu provayderda ishlashingiz so‘ralishi mumkin. Demak, firibgarlar Sizga o‘z mahsulotini yoki xizmatini o‘tkazmoqchi degan xulosa chiqadi, albatta. Fosh qilingan bir firibgarlikni tavsif etamiz. Bir firibgar o‘ziga internet.com degan server ochib, uni kompyuter qurilmalari bo‘yicha virtual magazin deb atadi va undagi tovarlarga juda past baho
belgiladi. Qiziqqan shaxslar unga pul jo‘nata boshladilar va u ularga talabingiz bajariladi deb javob jo‘natdi. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng qurilmalar o‘z vaqtida olinmaganligi sababli talabnoma jo‘natganlar talablarini rad qilib o‘z pullarini qaytarib ola boshladilar. Firibgar esa bu pullarning o‘z bankida turgan vaqti uchun foiz olib, juda yaxshi hayot kechirgan. Shu yerda asosli bir savol tug‘iladi - qanday qilib kompyuter firibgarligini bilish mumkin?
Kompyuter bilan bog‘liq firibgarliklarni aniqlash uchun masalan, juda bo‘lmaganda quyidagilarni bilishi kerak:
⬥ Elektron pochta orqali juda ko‘p potentsial mijozlarga taklif keladi;
⬥ Olingan taklifda jo‘natuvchining manzili yo‘q yoki bo‘lsa ham
qalbaki;
⬥ Sizga kredit kartochkangiz raqamini ko‘rsatishni so‘raydilar:
⬥ Sizdan pul jo‘natishingizni so‘raydilar:
⬥ Mahsulot yoki xizmatning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rniga bundan millionlar foydalanayaptilar va juda xursandlar kabi ma’lumotlar jo‘natiladi:
⬥ Taklif xaddan tashqari foydali va aqlga muvofiq emas.
Internetdagi ko‘pgina serverlar tarmoqdagi firibgarlik va u bilan kurashish usullari haqida ma’lumot beradilar. Ularning ba’zilarini quyida keltiramiz: