Sifat darajasiga ko‘ra
axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1. Axborot-qidiruv tizimi (AQG).
EHMda yoki undan tashqarida saqlanishi
mumkin bo‘lgan hujjatlar, ikkinchi darajali hujjatlar (masalan, referatlar),
hujjatlar nomi yoki manzillarning to‘liq matnini qidirishni amalga oshiradi.
EHMda u yoki bu hollarda qidiruv obrazi nomini olgan va qisqacha mazmuni
bayon qilingan hujjatlarning formallashgan bayoni saqlanadi. O‘ziga kerakli
mavzudagi hujjatni topishni istagan axborot iste’molchilari tizimga so‘rov
yuboradi. Qidiruv natijasiga ko‘ra, tasvirlangan hujjatlarning to‘liq matni yoki
so‘ralgan xarajatlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri, yetishmasligi, ishonchlilik darajasi
haqida ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |