Informatsion texnologiyalar


O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/159
Sana03.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#314600
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159
Bog'liq
axborot tizimlari

 O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari 
 
O‘rta  bo‘g‘in  boshqaruvining  axborot  tizimlari  menejerlar  tomonidan 
monitoring  (jarayonlarni  doimiy  kuzatib  borish),  nazorat,  qaror  qabul  qilish  va 
boshqarish  uchun  foydalaniladi.  Bunday  tizimlarning  asosiy  vazifalari 
quyidagilar: 

 
joriy ko‘rsatkichlarni o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; 

 
operativ  bo‘g‘indagi  joriy  vaqt  hisobotlaridan  farqli  ravishda  muayyan 
vaqt oralig‘i uchun davriy hisobotlarni tayyorlash; 

 
arxiv ma’lumotlariga murojaatlarni ta’minlash va shu kabilar. 
Ba’zi  axborot  tizimlari  notrivial  yechimlar  olishni  ta’minlaydilar.  Axborot 
ta’minotiga  bo‘lgan  talablar  qat’iy  bo‘lmagan  hollarda  ular  “agar  ....  bo‘lsa,  u 
holda ...” savoliga javob bera oladilar. 
Ushbu  boshqaruv  bo‘g‘inida  ikki  turdagi  axborot  tizimlarini  ajratish 
mumkin: boshqaruv axborot tizimlari (menejment uchun) va qaror qabul qilishni 
qo‘llab quvvatlovchi axborot tizimlari. 
B o s h q a r u v   a x b o r o t   t i z i m l a r i  
unchalik  keng  bo‘lmagan  analitik 
imkoniyatlarga  ega.  Ular  kundalik,  haftalik  holat  bo‘yicha  axborotlarga  ehtiyoj 
sezuvchi  boshqaruvchilarga  xizmat  ko‘rsatadilar.  Ularning  asosiy  vazifalari 
firmadagi kundalik operatsiyalarga doir ma’lumotlarni  kuzatish va ular asosida 
qat’iy  strukturalashtirilgan  umumlashtirilgan  hisobotlarni  shakllantirishdir. 
Bunda kerakli axborotlar operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan olinadi. 
Boshqaruv axborot tizimlarining tavsiflari: 

 
operatsiyalarni  nazorat  qilish  darajasida  strukturalashtirilgan  va  qisman 
strukturalashtirilgan masalalar uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda 


 
48 
foydalaniladilar; 

 
operativ vaziyatdan kelib chiqqan holda nazorat, hisobot va qaror qabul qilishga 
yo‘naltirilgan; 

 
tashkilot  ichidagi  axborot  oqimlari  va  mavjud  bo‘lgan  ma’lumotlarga 
asoslanadilar; 

 
kam  analitik imkoniyatlarga va noegiluvchan strukturaga ega. 
Qa ro r la r  q ab u l  q il is hn i  q o ‘ lla b -q u v va tl ov ch i  t iz i ml a r 
natijalarini 
oldindan bashoratlash mushkul bo‘lgan  qisman strukturalashtirilgan  masalalar uchun 
xizmat  qiladilar.  Ular  o‘zlarining  bir  necha  modellari  bilan  keng  analitik 
imkoniyatlarga  egalar.  Axborotlarni  boshqaruv  va  operatsion  bo‘g‘in  axborot 
tizimlaridan  oladilar.  Bunday  tizimlardan  qaror  qabul  qilish  masalalari  bilan 
shug‘ullanuvchi  menejerlar,  mutaxassislar,  analitiklar  va  boshqalar  foydalanadilar. 
Masalan,  texnik  jihoz  va  uskunalarni  sotib  olgan  ma’qulmi  yoki  ijaraga  olgan 
ma’qulmi qabilidagi masalalar uchun qo‘l keladilar. 
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tavsiflari:  

 
bashoratlash qiyin bo‘lgan muammolar yechimlarini olishni ta’minlaydilar; 

 
modellashtirish  va  tahlil  qilishning  murakkab  uskunaviy  vositalari  bilan 
qurollanganlar,  masalaning  qo‘yilishiga  va  berilgan  ma’lumotlar    parametrlariga  
o‘zgartirishlar kiritish asosida mos yechimlar olish imkoniyatini yaratib beradilar; 

 
kun  davomida  turli  xil  sharoitlar  bo‘yicha  mos  parametrlar  asosida  yechimlar 
olish va qulaylikka ega bo‘lishilari bilan farqlanadilar; 

 
maksimal  darajada  foydalanuvchi  ehtiyojlariga  javob  beruvchi  texnologiyalga 
egadirlar. 
 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish