Bunday kurash o‘z ichiga bir qator faoliyat yo‘nalishlarini, jumladan:
zaruriy axborotni qidirib topish;
olingan (hosil qilingan) axborotni qayta ishlash;
mavjud axborot kanallarini dushman daxl qilmasligi uchun himoya qilish;
ijrochilarga axborotni o‘z vaqtida va batafsil etkazish;
dushman orasida yolg‘on xabarlar (ma’lumotlar) tarqatish;
dushman ixtiyoridagi axborot hosil qilish, qayta ishlash va tarqatish (uzatish) tizimlarining ishini izdan chiqarish;
dushman ixtiyoridagi axborotni yo‘q qilish (o‘chirish), buzish va barbod qilish;
axborot bilan ishlash vositalarining yanada samarali turlarini yaratish va bu borada dushman ustidan ustun kelish yo‘nalishlarini mujassam etadi.
Informatsion kurash vositalariga quyidagilar kiradi:
a) raqib ixtiyoridagi kompyuter dasturlariga har-xil kanallar orqali kiritiladigan, ularda mustahkam o‘rnashib, ko‘payib boradigan, natijada kompyuter dasturlari ishini izdan chiqaradigan kompyuter viruslari;
b) harbiy va harbiy bo‘lmagan infratuzilmalarning boshqaruv markazlaridagi dasturiy-texnik vositalarga oldindan kiritilib, tegishli signal bo‘yicha yoki belgilangan muddatda, ushbu vositalar xotirasiga kiritilgan axborotni yo‘q qilish yoki ishini izdan chiqarish uchun mo‘ljallangan «mantiqiy bomba», «kompyuter tizimini buzish» va «axborot qotillari», - deb nom olgan dasturlar;
v) razvedka ma’lumotlarini o‘g‘irlash maqsadlarida dushmanning axborot resurslariga kirib borish uchun mo‘ljallangan dasturlar;
g) dushman ixtiyoridagi axborot tizimlarining ishini barbod qilish yoki ushbu tizimlarda mavjud axborotni almashtirib qo‘yish yoxud ochiqdan-ochiq tashviqot olib borish maqsadlarida tizim ishiga aralashish uchun mo‘ljallangan vositalar;
d) hujayra injeneriyasi asosida yaratilgan bo‘lib, kompyuter platalarini ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan biotexnologiya vositalari;
e) axborot tizimlariga kompyuter viruslari, «mantiqiy bomba», «ishi afsun bilan o‘zgarib ketadigan» va «axborot qotillari», - deb nom olgan dasturlar hamda xodimlar ongiga ta’sir o‘tkazadigan (ya’ni, qulay fursat kelganida, ushbu xodimlar o‘z faoliyatini dushman manfaatlariga yo‘naltiradigan (zombiga aylantiradigan) darajada ta’sir o‘tkazadigan) dasturlarni joriy etish (uzatish, kiritish) vositalari (jumladan: mikroprotsessorlar tarkibi va xalqaro kompyuter tarmoqlariga kiritiladigan «xatcho‘p-dasturlar», virus to‘plari va shu kabilar).
Psixologik qarshi kurash (urush) – ma’naviyat sohasida ustunlikka erishish va dushman ustidan g‘alaba qozonish uchun bunday ustunlikni uzil-kesil hal etuvchi omilga aylantirish maqsadlarida davlatlar va ular tasarrufidagi qurolli kuchlar orasida olib boriladigan kurash sifatida e’tirof etiladi.
Masalaga bu tarzda yondashiladigan bo‘lsa, davlat ixtiyoridagi axborot imkoniyatlari psixologik ta’sir o‘tkazishga qaratilgan xatti-harakatlar bilan bir qatorda ommaviy psixologiyaga oid vazifalarni hal etish vositalari sifatida ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |