8
9
kattaligi
=D4
=B9+$D$6
=C9+$D$6
=D9+$D$6
10 =D3
=$D$2/(1+$A10)^B$9
=$D$2/(1+$A10)^C$9
11 =A10+$D$5
=$D$2/(1+$A11)^B$9
=$D$2/(1+$A11)^C$9
12 =A11+$D$5
=$D$2/(1+$A12)^B$9
=$D$2/(1+$A12)^C$9
13 =A12+$D$5
=$D$2/(1+$A13)^B$9
=$D$2/(1+$A13)^C$9
14 =A12+$D$5
=$D$2/(1+$A14)^B$9
=$D$2/(1+$A14)^C$9
3-Topshiriq. Pulning real bahosini aniqlash formulasidan foydalanib,
tegishli jadvalni hisoblab, to’ldiring:
FV = [
P0 * (1+R) ^ N]: (1+I) ^ N
Bu yerda, FV (future value) kattaligi inflyatsiya ta’siri va foiz stavkasi o’zgarishi
bilan pulning real bahosi qanday o’zgarishini aks ettiradi.
Ushbu masalani yechish uchun ko’rsatmalar:
Bu masalani yechisha ham yuqoridagi masalalarni hal qilishdagi kabi jadval
katakchalariga bo’lgan absolyut va nisbiy murojaatlardan foydalaning hamda
hisob-kitoblaringizni saqlanayotgan pul miqdoriga inflyatsiyaning hamda foiz
stavkasining ta’sirini hisobga olish hisoblash tenglamasidan foydalangan xolda
yuqoridagi 1-chi va 2--topshiriqdagi jadvalda aks ettirilgan formulalarni biroz
o’zgartirish yordamida ifoda qiling.
Ushbu masalani yechishda formulalardan foydalanish qoidalari
Quyida Exceljadval hisoblagichi formulalaridan foydalanish qoidalari,
absolyut va nisbiy murojaatlardan foydalanish uslubiyatini qisqacha yoritib
chiqamiz.Ma’lumki,Excel dasturidagi jadvallardako’pchilik murakkab hisoblashlar
tegishli formulalar yordamida amalga oshiriladi. Formulalar matematik
operatsiyalar belgilari bilan bog’langan sonli konstantalar, katakchalar, murojaatlar
va Excel funktsiyalarini o’z tarkibiga olishi mumkin. Qavslar esa bajariladigan
9
amallarning standart tarkibini o’zgartirish imkonini yaratadi. Agarda katakchada
formula bo’lsa, u xolda mazkur formula asosida hisoblangan natija ishchi varaq
katakchasida aks etadi.
Agarda formulaning saqlanayotgan katakchasi
faollashtirisa, ushbu formula matni строка формул (formulalar qatori) qatorida
namoyon bo’ladi. Istalgan turdagi yoki ko’rinishdagi formulani jadvajga kiritish
tenglik (
=
) belgisi bilan boshlanishi zarur. Formulaning o’zi ham turli xildagi
murojaatlarni saqlashi mumkin, ya’ni, u boshqa foqmulalar adresini o’z ichiga
olishi mumkin. Bu xolda mazkur katakchalar ichidagi hisoblashlar bu formula
bilan bog’liq katakchaga tegishli bo’ladi. Formula hisoblashlaridagi natija uning
boshqa katakchalardagi sonlar, amallar yoki formulalariga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, formula uni saqlaydigan katakchaga bog’liq hisoblanadi. Ya’ni,
formula saqlaydigan katakcha qiymati murojaat qilinadigan katakchadagi qiymat
o’zgarishi bilan qaytadan hisoblanadi. Jadval katakchalariga murojaatlarni ikki xil
usulda berish mumkin: kerakli katakchalar adreslarini klaviaturada to’g’ridan-
to’g’ri terib kiritish yo’li bilan yoki ishchi varaqdagi katakchani sichqoncha orqali
ko’rsatish (belgilash) yo’li bilan. Birinchi xolatda, kerakli katakchaga murojaat
bevosita kiritiladi – bunda esa bir qancha xatoliklar yuz berishi mumkin. Ikkinchi
usulda esa kerakli bo’lgan katakcha sichqoncha yordamida ko’rsatiladi
(belgilanadi) xolos. Formuladagi katakchaga oddiy murojaat nisbiy murojaat deb
hisoblanadi. Bunda agarda murojaat adreslarida formulalarning nusxalari hosil
qilinsa, berilgan katakchaga nisbatan nushalardagi formulalar ham mos ravishda
o’zgaradi. Misol uchun В2 katakchasidaА1 katakchasiga murojaat bo’lsin. Demak
bunda ushbu murojaat o’zidan bitta katakcha chapda va bitta katakcha yuqorida
joylashgan katakchaga bog’langandir. Agarda boshqa bir katakchaga formulaning
nusxasi ko’chirilsa, u xolda ushbu mavjud nisbiy murojaatga ko’rsatuv saqlanadi.
Misol uchun, Е27 katakchaga ushbu formulaning nusxasini ko’chisangiz, murojaat
bir katakcha chap va va bir katakcha yuqoridagi D26 katakchasini
ko’rsatadi.Absolyut adreslashda esa murojaat adresi nusxa ko’chirilganida ham
o’zgarmaydi. Formulani tahrirlashda adreslash usulini o’zgartirish uchun murojjatli
katakchani belgilab, so’ngra F4 tugmahcasini bosing. Absolyut adreslashda
10
foydalanilayotgan katakcha nomeri oldida $ belgisi turishi kerak.F4 tugmachasi
bosilsa, turli hildagi murojaat variantlari taklif etiladi.
Kalit so’zlar: Formulalar, nisbiy murojaatlar va absolyut murojaatlar.
Nazorat savollari.
1. Murakkab foizni hisoblash formulasi nimani anglatadi?
2. Foiz stavkasi nima va uning ta’siri nimada seziladi?
3. Inflyatsiya xodisasi nimani anglatadi va u qanday natijada olib keladi?
4. Pulning real bahosi nima va u qanday formula orqali hisoblanadi?
5. Nisbiy va absolyut murojaatlar nimani anglatadi va ular qanday ishlatiladi?
6. Absolyut murojaat qanday hosil qilinadi?
Eslatma:Laboratoriya ishini bajarib bo’linganidan so’ng uni himoya qilish
uchun tayyorlangan hisobotda ushbu savollarga aniq javoblar bolishi talab
etiladi
«Такдир-кисмат карталарни чийлайди,
биз эса уйнаймиз»