Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari»


Oʻzbekistonda dasturlash boʻyicha oʻqitish yana-da qulaylashmoqda!



Download 22,67 Kb.
bet2/3
Sana26.07.2021
Hajmi22,67 Kb.
#128809
1   2   3
Bog'liq
IT

Oʻzbekistonda dasturlash boʻyicha oʻqitish yana-da qulaylashmoqda!

2020 yil nafaqat butun dunyoni qatsidir ma’noda larzaga solgan tarixiy voqealari, balki bugungi kunga qadar sodir boʻlgan va sodir boʻlayotgan rivojlanish jarayonlari bilan esda qolarli. Misol tariqasida, Ilon Mask raketani ishga tushirib kosmosga ikkita kosmonavtni uchirishga va ularni butun va sog‘-salomat yerga qo‘nishiga erishdi, 5G antennalarini kosmosda ishga tushirdi, buning natijasida yaqin kelajakda butun dunyo boʻylab yuqori tezlikdagi Internet paydo boʻladi. Rivojlanish Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. Mamlakatimizda IT sohasi faol rivojlana boshladi, bu esa oʻz navbatida IT mutaxassislari, IT kompaniyalar va mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitiladigan kurslarga boʻlgan katta talab ko‘rinishida oʻz samarasini beryapti.

Bugungi kunga kelib, deyarli barcha sohalarda oʻzining ichki jarayonlari va funksiyalarini qayta tashkil etish, ularni avtomatlashtirish, shu bilan dasturchilar va ishlab chiquvchilarga boʻlgan talabni oshirayotgan koʻplab kompaniyalarni kuzatishimiz mumkin. Lekin ularni qayerdan topish mumkin? Va zamon bilan hamnafas bo‘lib IT sohasida yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun qayerda o‘qish va o‘rganish kerak?  Bu borada soʻnggi paytlarda mamlakatimizda sanog‘i kun sayin oshib borayotgan kurslar yordam berishi mumkin. Ushbu maqolada biz Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan eng foydali, arzon, pullik va bepul, onlayn va oflayn dasturlash kurslarini taqdim etamiz.

Demak, IT markazlar kurslaridan boshlaymiz. Bugungi kunda deyarli barcha hududlarda va Oʻzbekiston poytaxtida joylashgan IT markazlar tufayli, har bir inson qancha yoshi va qayerdaligidan qatʼiy nazar, kelajak kasblarini oʻrganish imkoniyatiga ega.

Hali bilmaganlar uchun IT markazlar - bu raqamli texnologiyalarni oʻrganishingiz mumkin boʻlgan aholining barcha qatlamlari uchun yaratilgan oʻquv markazlari. IT markazlarda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olish mumkin:

- Kompyuter savodxonligi;

- Chuqurlashtirilgan MS Office;

- Veb dasturlash tillari;

- Grafika va dizayn asoslari;

- Mobil ilovalarni yaratish;

- Python dasturlash tili;

- Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

- ESPORTS: CS: GO, Dota2, FIFA20.

IT markazida bir yil oʻqib oliy o‘quv yurtlaridagi bir necha yillik tahsil beradiganidan ko‘proq bilim va ko‘nikma olasiz.

One Million Uzbek Coders - yana-da qulay dasturlash kurslarining navbatdagi manbayi. Ular shu darajada qulayki, darslar oʻzbek va ingliz tillarida mutlaqo bepul tarzda o‘tiladi. OMUC - bu yaxshi oʻqituvchilarni qidirishga vaqtini yoʻqotilmasdan dasturlashni oʻrganishni istagan odamlar uchun yaratilgan onlayn platforma. OMUC 4 yoʻnalish boʻyicha kurslarni oʻz ichiga oladi: Android (Google bilan hamkorlikda), Front-end development, Full-stack development va Data Analysis.

“One Million Uzbek Coders” loyihasi mahalliy IT taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston aholisiga soha mutaxassisliklarini oʻzbek tilida arzon va sifatli oʻqitish imkonini beradi.

Bundan tashqari, OMUC platformasida kurslarni muvaffaqiyatli yakunlash uchun platforma bitiruvchilari Udacity Nanodegree grantini yutib olish imkoniyatiga ega, bu esa Udacity platformasida bepul kurslarga ega boʻlish imkonini beradi. Udacity platformasi IT mutaxassisligiga yo‘naltirilgan yetakchi onlayn taʼlim platformasi. Oʻquv dasturlari va kontent kurslari Google, Facebook, Amazon, Autodesk va boshqalar kabi yetakchi IT sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Va bularning barchasiga hech qanday mablag‘ kiritmasdan erishish mumkin - bor-yo‘g‘i ingliz yoki oʻzbek tillarini bilish hamda IT sohasini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq.

Navbatdagi samarali va arzon kurslar IT Park rezidentlari kurslaridir. IT taʼlim sohasida sifatli xizmatlarni taqdim etadigan koʻplab IT Park rezidentlari mavjud. Ulardan biri - PDP IT Academy. PDP IT Academiy - Android dasturlash, Python dasturlash, Frontend, Flutter, iOS va boshqalar kabi dolzarb IT mutaxassisliklarini oʻrganishingiz mumkin boʻlgan akademiya. Barcha kurslar faqat oʻzbek tilida boʻlib, aholining aksariyatiga taʼlim jarayonida qiyinchilik va til toʻsiqlarisiz holda IT sohasiga kirish imkonini beradi.

IT Academy PDP da oʻqishning asosiy xususiyati shundaki, talabalar oʻzlari qanday oʻrganishlarini tanlaydilar. Bunda ikkita taʼlim tartibi mavjud, birinchisi odatiy rejim boʻlib, unda talabalar oʻzlari uchun qulay boʻlgan tezlik va vaqt bilan oʻrganadilar. Ushbu rejim maktab yoki universitetda oʻqiyotgan yoki ishlayotgan va parallel ravishda dasturlashni oʻrganishni istaganlar uchun javob beradi. Oddiy rejimda oʻqitish ish yoki oʻquv faoliyatiga taʼsir qilmaydi, chunki u talabaning vaqtini va tezligini tartibga soladi.

Ikkinchi rejim - bu intensiv taʼlim rejimi. Ushbu rejim 8 soatlik darsni, haftasiga kamida 5 kunni oʻz ichiga oladi. Intensiv taʼlim bilan siz koʻproq bilim, topshiriq, amaliyot, tajriba va eng muhimi, katta natijalarga erishasiz.

Trening davomida kurs oʻqituvchilari va oʻqituvchilari talabalarga portfolioni va rezyume yaratish hamda hatto ish bilan taʼminlashga yordam beradi. Oʻqituvchilar oʻz talabalariga muayyan qiyinchiliklarni hal qilishda yordam berishdan doimo mamnun, oʻquvchilarga qiziqqan barcha savollariga aniq va batafsil javob beradilar.

Bu Oʻzbekistonda eng qulay va arzon kurslarning kichik jamlanmasi edi, ular yoshlarga IT sohasida muvaffaqiyat qozonishga va munosib va aqlli IT mutaxassisi boʻlish imkonini beradi. Maqolani oʻqib boʻlgach, imkoniyatlaringiz butun bir oean ekanligi, bu okean esa faqat va faqat kengayib borayotganini tushunishingiz mumkin. Ushbu imkoniyatlarning okeanida suzishni oʻrganish, ayniqsa, IT mutaxassisi hamda yaxshi daromad qilishni istaganlar uchun ayni muddaodir. Imkoniyatni boy bermang va mazkur ummonga sho‘ng‘ing, qo‘rqmang - cho‘kib ketmaysiz, bu haqida IT Park qayg‘uradi!

Dunyo aholisining uchdan bir qismigina axborot texnologiyalari(AT)dan to‘g‘ri foydalana oladi. Bugungi axborot texnologiyalari asrida har bir soha vakili IT bo‘yicha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak, chunki har qanday davlat va kompaniya rivojlanishida bu sohaning o‘rni beqiyos.

Hozirgi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga bo‘lgan talab yoshlar va aholi o‘rtasida kompyuter savodxonligini oshirishni birlamchi vazifa qilib qo‘ydi. Ularda aniq fanlarni o‘zlashtirishda Xorazmiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi dunyo tan olgan allomalarimizning geni bor. Ammo qobiliyatning o‘zi yetarli emas. Uni yuzaga chiqarish kerak. Buning uchun esa bolalarda yoshligidanoq axborot texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, farzandlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi katta yoshlilarning esa kompyuter savodxonligini oshirish zarur. Bunda o‘zbek tilidagi qo‘llanma va videodarsliklarning o‘rni beqiyos.



Shu maqsadda bir guruh yosh mutaxassislar «IT-master» nomli AKT bilimlarini tez va oson o‘rgatuvchi o‘quv dasturlari majmuasini yaratishni o‘z maqsad qilib qo‘ydilar.


Download 22,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish