Informatikani o’qitish metodikasi


Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari



Download 3,81 Mb.
bet79/98
Sana01.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#624169
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

17.1. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari - bu o'qituvchi tomonidan maktab o'quvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda turli faoliyatlarni tashkillashtirish orqali bola shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Uning asosiy maqsadi - informatikadan o‘quvchilarning olgan bilim va ko'nikmalardagi bo'shliqlarni o'z vaqtida bilib olish to‘g‘rilash, ta’lim sifati va szmaradorligiga erishishdir [89].
So'nggi yillarda informatika sohasida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, hususan, multimedia, gipermatn, Internet, bulutli texnologiya kabi yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishi o’quvchilarda informatika bilimlariga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi.
Informatika o’qituvchishi informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni individual, kichik guruhlarda, butun sinf bilan o’tkazishi mumkin.
Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari.

  • To‘garak ishlarini tashkil etish;

  • Soha fidoiylari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar;

  • Bahs munozara kechasini tashkil etish;

  • Iqtidorli bolalar bilan ishlash;

  • Викторина кечалари;

  • “Quvnoqlar va zukkolar, “Zakovat”, “Kim iqtidorli”, “Bilimdonlar klubi” kechasini tashkil etish“.

Darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etishni rejalashtirish. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish o‘qituvchining ish dasturida, shaxsiy ish rejalaridan o‘rin olgan bo‘lib, u dars qoldiradigan, o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, motivatsiya berishga xizmat qiladi.
17.2 Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish. O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir.
Yoshlarning kompyuterga qiziqishlarini ortganligi sababli bolalarni informatika faniga oid to‘garaklarga jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq kechadi. Kompyuter va uning imkoniyatlaridan barcha sohalarda unumli foydalanilayotganlik turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to‘garaklariga jalb etish imkonini beradi.
To‘garaklarni tashkil etish uchun kompyuter xonasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun SoudForge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati bor bolalar uchun AutoCad va hokazo dasturni o‘rgatish shular jumlasidandir [42].
O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin.
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin.
To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi:
o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab oladi;

  • to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi;

  • to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi;

  • to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi;

  • to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi;

  • yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi.

Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz.


  1. Download 3,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish