Informatikani o’qitish metodikasi



Download 3,81 Mb.
bet12/98
Sana01.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#624169
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

Shaxsiy portfolio bu-shaxs haqida to‘plangan dalillarning tizimli yig‘indisi bo‘lib, unda o‘quvchining shaxsiy yutuqlari muntazam aks etib boradi. Portfolio tarkibiga o‘quvchi haqidagi asosiy ma’lumotlar (kelib chiqishi, oilasi, yaqin kishilari), tashakkurnoma, diplomlar, mukofotlari, tadqiqotlarga, loyihalarga ishtiroki, ijodiy ishlari, referatlari, konferensiya maqolalari o‘rin oladi.
O‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish orqali ularga mehnatga muhabbat, yangi bilimlarni egallashga motivatsiya (ichki hissiyotni uyg‘otish) hosil qilish, o‘z mehnatidan ruhlanish, kelgusi kasbini aniqlab olish imkoniyatlarini beradi.
Mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usuli. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi. Informatika ta’limida muammoli bayon etish usulidan foydalanishda muammoli vaziyat yaratiladi, vaziyatni tahlil qilish asosida muammo qo‘yiladi, turli farazlarni ilgari suriladi, ulardan biri tanlanib, yechim tekshiriladi.
3.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limning metodi. Metod (usul) ‒ yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” ‒ biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim sohasida metod – o‘qituvchi va talabalarning muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar yig‘indisidir [87, 29].
Ta’lim berish usuli-belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va talabalarning birgalikdagi o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li


3.1-rasm. Informatika ta’limi metodlari


Informatikadan ta’lim berish maqsadiga erishish uchun o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi ish faoliyatida an’anaviy, noan’anaviy yoki passiv, faol va interfaol usullardan foydalaniladi (3.1-rasm).


Ta’lim metodlari deganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim. Ta’lim markazida o‘qituvchi turgan, muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim jarayoni an’anaviy (subyekt-obyekt munosabati), ta’lim markazida talaba turgan ta’lim jarayoni noan’anaviy (subyekt-subyekt) ta’lim jarayoni deb yuritiladi.
An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi [5].
Passiv uslubda obyekt” sifatida faqat ko‘ruvchi va eshituvchi bo‘lib, asosiy ishtirokchi shaxs o‘qituvchi hisoblanadi.
Faol uslubda o‘quvchi “subyekt” sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri kuchayib, sustlar faollashadi
3.2 - rasm. Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri.
Interfaol uslubda o‘zaro faol bo‘lish, ta’sir etish kuchayadi. Bunday ta’limda o‘ituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qiydilar, o‘rganadilar.
Interfaol inglizcha interact – o‘zaro ta’sirlanish (yoki interaction – o‘zaro ta’sir) so‘zidan olingan bo‘lib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro muomalada, o‘zaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal qilinadi. Informatika fanini noan’anaviy o‘qitish metodlari A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, M.Mamarajabov, Q.M.Karimov, D.Esonbayeva, M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Eng ommaviy interfaol ta’lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi:

  • Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, “Assesment”, “FSMU”, “Kubik” va b.

  • Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k.

  • Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar [5,27, 29].


Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish