Informatikani o’qitish metodikasi


M uammoli, mantiqiy nazorat savollari



Download 3,81 Mb.
bet11/98
Sana01.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#624169
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

M uammoli, mantiqiy nazorat savollari

  1. Sizni innovatsiyaga munosabat bo‘yicha qaysi guruhga kiritish mumkin?

  2. Siz qanday innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari mavjudligini bilasiz?

  3. Umumiy o‘rta maktab informatika va axborot texnologiyalari sohasida qanaqa mavzularda tadqiqotlar olib borish mumkin deb o‘ylaysiz?

  4. Tadqiqot o‘tkazishning qanaqa metodlarini bilasiz?

  5. Siz o‘z o‘qituvchilik faoliyatingizni qanday loyihalash mumkin deb o‘ylaysiz?

  6. Siz malakaviy amaliyot davomida qanday ishlarni amalga oshirmoqchisiz?

  7. Ta’limning qanday maqsadlari mavjudligini bilasiz?

  8. O‘zingizda qanday kasbiy kompetentliklar va pedagogik qobiliyatlar mavjud deb o‘ylaysiz?

3-mavzu. Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi
Reja
3.1.Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi
3.2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari
3.1.Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi.Uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish bir necha usullarda olib boriladi.Ularga biz quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish;

  • o‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish;

  • mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usulidan foydalanish;

  • ta’lim jarayonidada tadqiqot va loyihaviy usullardan foydalanish;

  • o‘quvchilarni ijodkorlikka, amaliy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish;

  • qiyin o‘zlashtiriladigan mavzularni vizuallashtirib o‘qitish va h.k.

Dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi(talabalar)ga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari, texnologiyalari va vositalari majmuidir [80].
Ta’limda innovatsion pedagogik jarayonlarni biz pedagogik yangilik(g‘oya)ni yaratish, idrok etish, o‘zlashtirish, qo‘llash va baholanishi lozim bo‘lgan boshqariluvchi jarayon sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Haqiqatan ham pedagogik faoliyatimizda biror-bir yangilik(g‘oya, metod, usul yoki yondashuv)ni qo‘llamoqchi bo‘lsak, avvalo u yaratilgan bo‘ladi yoki o‘zimiz yaratamiz, keyin uni idrok etamiz, yoki yaxshilab o‘zlashtirib olamiz, undan keyin uni faoliyatimizda qo‘llaymiz-da, uning qanchalik samarali ekanligini baholaymiz. Bugungi kunda juda ko‘p ishlatiladigan pedagogik texnologiyalarni qaraydigan bo‘lsak, ularga [5,34,42]:

  1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi.

  2. Hamkorlik ta’limi texnologiyalari.

  3. Loyihaviy ta’lim texnologiyalari.

  4. O‘yinli ta’lim texnologiyasi.

  5. Muammoli ta’lim texnologiyasi.

  6. Modulli ta’lim texnologiyasi.

  7. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi.

  8. Integratsiyali ta’lim texnologiyasi.

  9. Interfaol ta’lim texnologiyasi.

  10. Masofali o‘qitish texnologiyalari va h.k.

Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish juda katta sohani qamrab olib uning tarkibiga [42]:

  • asosiy va qo‘shimcha qurilmalari mavjud kompyuter sinflari;

  • internet va tarmoqqa ulangan kompyuterlar;

  • interaktiv doska va multimediali ilovalar;

  • WIFI aloqasi mavjud bo‘lgan elektron o‘quv zallari.

Axborot texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etadigan didaktik ta’minotga:

  • boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar;

  • o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslari;

  • elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar;

  • elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabi);

  • pedagogik dasturiy vositalar va h.k.kiradi.

Boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar. Bular elektron shakldagi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatma, ma’ruzalar kursidan tashkil topadi [42].
Elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar elektron mashqlar to‘plami, boshqariladigan elektron ta’lim resurslari, gipermatn gipermediya, multimediyali vositalar, virtual obyektlar yoki jarayonlar elektron tajriba, elektron lug‘atdan tashkil topadi.
Nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslariga elektron testlar, elektron topshiriqlar elektron nazorat (testlashtirish)lar kiradi.
Elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabilar). Ta’limni masofali, noan’anaviy shaklda, elektron ta’lim resurslaridan foydalanib tashkil etish uchun bugungi kunda turli-tuman pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim tizimiga kirib kelmoqda.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish