Informatikani o’qitish metodikasi


Faollashtirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanishga qo‘yilgan talablar



Download 3,79 Mb.
bet22/98
Sana10.07.2022
Hajmi3,79 Mb.
#768522
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98
Bog'liq
Informatikani o’qitish metodikasi

Faollashtirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanishga qo‘yilgan talablar. Informatika fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatlarini faollashtirish texnologiyalarini tahlil qilish natijasida bu texnologiyalardan foylalanishda quyidagi talablar mavjudligini hisobga olish lozim deb topdik:

  • o‘quvchilarda motivatsiyali faoliyatni shakllantirish:

  • o‘quvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish, individual qobiliyatlarini rivojlantirib borish;

  • guruhdagi har bir o‘quvchining faol ta’lim jarayoniga ishtirokini ta’minlash;

  • berilgan mustaqil ishlarni bajarishda o‘quvchilar faolligini ta’minlashga erishish va h.k.

6.3 Informatika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Informatikani fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda ta’lim oluvchilar o‘qituvchidan kam bo‘lmagan faollikka ega bo‘lib, o‘quv dasturini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Pedagog o‘z faoliyati davomida inson shaxsining bir butunligi, individualligi, takrorlanmasligini hisobga olish bilan birga, o‘quvchi shaxsining hissiy, emotsional, estetik, ma’naviy, ijodiy imkoniyatlarini ham hisobga olishi lozim bo‘ladi [37].
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi o‘quvchi shaxsning faolligiga erishish va quyidagi vazifalarni to‘liq bajara olishi uchun shart-sharoit yaratishdir:

  • tanlash (mavjudlardan eng maqbulini) qobiliyati shakllantirish;

  • o‘quvchining o‘z hayoti, faoliyati, qobiliyatini baholashga o‘rgatish;

  • o‘quvchini o‘z hayot mazmunini qidirish, ijodkorlik (-Men kimman? - qo‘limdan nima keladi? -Kelajakda kim bo‘laman? -Qanday yashayman? va hokazo savollarga javob bera olish)ga o‘rgatish;

  • o‘quvchi shaxsining avtonomligi: o‘zini tuta bilishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, xatti-harakat, his-tuyg‘ulariga javobgarligi, o‘zining ongli qaror qabul qilishiga erishish.

Informatika fanlarini o‘qitish jarayonida o‘qituvchi “axborot manbai”, “axborot yetkazuvchi”, “nazoratchi”, tashxislovchi bo‘lishi bilan birga “....o‘quvchining mustaqil bajarishiga yordamchi” bo‘lishi lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi barcha o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  • o‘quvchilarning fiziologik, psixologik, yosh xususiyatlarini hisobga olish;

  • o‘quv ehtiyojlari, o‘quvchilarga yetkaziladigan materiallarinig qiyinlik darajasini har xil bo‘lishiga erishish;

  • o‘quvchilarni guruhlarga ajratishda bilim va qobiliyatini hisobga olish;

  • bir xil, bir-biriga yaqin bilimli, xususiyatli o‘quvchilar guruhini shakllantirish;

  • guruhdagi har bir o‘quvchiga individual, o‘ziga xos munosabatni shakllantirishga erishish va h.k.

Pedagog tomonidan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish vositalariga quyidagilar kiradi:

  • o‘quvchining subyektga xos xususiyatlari(mustaqillik, individuallik, qiziquvchanlik va h.k.)ni ochish, o‘qitishning turli usul va vositalaridan foydalanish;

  • o‘quvchini baholashda oxirgi natijani hisobga olib (to‘g‘ri yoki yoki noto‘g‘ri) emas, topshiriqni bajarishdagi urinishlari, harakatlarini ham hisobga olish;

  • didaktik materiallarni tayyorlash va tanlashda o‘quvchilar uchun eng qulaylarini tanlashga erishish;

  • o‘quvchilarning o‘rganganlarini turli usullar(og‘zaki, amaliy bajarib, chizma, slaydlar ko‘rinishida, ma’ruza, referat, loyihalar shaklida va h.k.)dan foydalanib bayon etishlariga imkon yaratish;

  • darsda pedagogik vaziyatni yaratish, topshiriqni bajarishda har bir o‘quvchining mustaqilligi, tashabbuskorligi, zukkoligini namoyon etishga undash;

  • o‘quvchilarning tabiiy ravishda o‘z fikrlarini samimiy ifoda etishga erishish va h.k.

Professor Y.V. Bondarskaya fikricha, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishda quyidagi talablarni hisobga olish lozim: dialoglilik, ijodiy faollik, individual rivojlanishni qo‘llab quvvatlash, unga yo‘naltirish, shaxsiy qarorlar qabul qilishda erkinlikni yaratish, mazmunni tanlash va bayon etishda erkinlik, ijodiy yondashuvga e’tibor qaratish va h.k/[38].
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi;

  • O‘yinli texnologiyalar;

  • Muammoli ta’lim texnologiyasi;

  • SH.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi;

  • dasturlashtirilgan o‘qitish;

  • modulli ta’lim texnologiyasi;

  • o‘zini-o‘zi rivojlantirish texnologiyasi (Celevko G.K) [81].


Download 3,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish