Informatikadan sinfdan tashqari ishlar



Download 35,5 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi35,5 Kb.
#560009
Bog'liq
informatika


INFORMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Кушимча маълумотлар Булим: Metodik tavsiya Чоп этилган 14 May 2016
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashning eng samarali usullardan biri sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish hisoblanadi. Informatikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlaiarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqudashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi bo’Iib xizmat qila oladi. Maktab tajribasida informatikadan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: viktorina, tanlov, olimpiada, informatikadan devoriy gazetalar, to’garak va boshqalar.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar haqida ma’lumotlar

Informatikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilarning Informatikadan bilitmlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashldl qilingan mashg’ulotlarni tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi biilm, malaka va ko’nikinalar bilan qurollantirishdan iborat. Shuning uchun sinfdan tashqari ishiarning turli shakllaridan foydaianish mumkin. Quyida ana shunday mashg’ulot shakllari haqida to’xtalamiz.


Informatikadan viktorinalar


Informatikadan vikrorinalar ma’lum terma, bo’lim, yoki umuman Informatikaga doir masalalar bo’yicha savoi-javob o’yini bo’lib, ko’p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Informatikadan vikrorinalar 10-20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyodangan 5-6 savolga og’zaki yoki yozma javob olinadi. Informatikadan vikrorinalarni tizimli o’tkazib turish o’quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o’rgatadi, ularning fikrlash va xozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.


Umuman, viktorinalar qizg’in musobaqa tarzida o’tadi, eng bilag’on topqir va hozirjavob o’quvchini, yoki ilg’or sinfhi tanlash imkonini beradi.
Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning Informatikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, Informatikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni Informatika to’garagiga jalb etish maqsadida o’tkaziladi.
Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo’lib, unga ko’proq o’quvchilarning qatnashuviga erishish kerak.
Informatikadan vikrorinalar har xil o’tkazilishi mumkin. Quyida ikki xilini misol tariqasida keltiramiz:
1. Savollar (misol, masalalar) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga og’zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo’yiladi. Javobni ham o’quvchilar o’g’zaki tayyorlaydilar. Yoki o’z daftarlariga qisqa, ya’ni o’zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O’qituvchi o’quvchilardan bir nechtasi qo’l ko’targuncha kutib turib, keyin birinchi bo’lib qo’l ko’targan o’quvchidan so’raydi. Agar birinchi qo’l ko’targan o’quvchi noto’g’ri javob bersa, ikkinchi, uchinchi qo’l ko’targan o’quvchilardan (to’g’ri javob olguncha) so’raladi;
2. Agar o’qituvchi savolni doskaga yoki katta qog’ozga oldihdan yozib qo’yiladigan bo’lsa u o’quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to’g’riligiga ishonch qilgandan keyin qo’l ko’tarish kerakligini aytadi. O’qituvchi qo’l ko’targan o’quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko’radi. So’ngra avval qo’l ko’targan o’quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib benshga ruxsat beradi.

Informatikadan ertaliklar


Informatikadan ertaliklar (kechalar) ommaviy tadbirlardan biri bo’lib, o’quvchilar va ota-onalar o’rtasida informatikadan bilimlarni tarqatish hamda o’quvchilarning Informatikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni Informatika to’garaklarga ko’proq jalb qilish maqsadida o’tkaziladi.


Informatikadan ertaliklarni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo’shib o’tkazish mumkin. Ertalik o’rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o’tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o’qituvchi chuqur o’ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o’quvchilar bilan suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlarni taqsimlab chiqiladi. Bu ishga ota-onalarini ham jalb qilish mumkin.
Ertalik dasturini kerakli materiallar (she’r, qo’shiq, boshqotinna, qiziqarli masala, matematik o’yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar liboslari va boshqa) tayyor bo’lgandan so’ng yana bir marotaba ko’rib chiqish va muhokamadan otkazish kerak. Bu muhokamada ertalikni (kecha) o’tkazish uchun yordam bergan barchani taklif etish shart.
Ertalikni (kecha) o’tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturini ko’rinarli joyga osib qo’yish kerak. Dasturdagi ba’zi savollarga boshqa o’quvchilar ham tayyorgarlik ko’rishi mumkin.
Ertalik o’tadigan xona (zal) iloji boricha ertalikka moslab bezatiladi. Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, muloxaza yuritish, to’g’ri fikrlash va gapirishga o’rganishadi. Demak, Informatikadan ertalik uchun sarflangan vaqt faqat informatik qimmatga ega bo’lmay, balki o’quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.

Informatik musobaqa


Yuqorida aytib o’tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina, ertalik va x.k.), asosan, butun sinf o’quvchilari ishtirok etsa, Informatik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko’pchilik ishtirok etib, g’oliblar musobaqasi bilan yakunlanadi, ya’ni bu musobaqa bir necha kun (ko’pincha 3 yoki 4) davom etadi. 1-turda istagan hamma o’quvchilar qatnashishi mumkin. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o’quvchilar II-turda qatnashadilar. II-turdan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar III-turda qatnashish huquqiga ega bo’ladilar va x.k. I turni sinfdagi barcha o’quvchilar ishtkokidagi og’zaki qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o’tkazish mumkin. Shunda g’olib chiqqan o’quvchilar bilan Il-tur musobaqalar o’tkaziladi. Shundan keyin parallel sinflar o’quvchilari III-turda kuch sinashadi. Natijada sinf yoki maktab bo’yicha eng kuchli o’quvchilar aniqlanadi.


Informatik ro’znoma


Informatik ro’znomalar o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Informatik ro’znoma odatda Informatika to’garagi organi hisoblanadi, shu sababli ro’znoma to’garak a’zolarinaig kuchi bilan o’qituvchining bevosita raxbarligida tayyorlalanadi. O’qituvchi, ro’znomani tayyorlashda mumkin qadar o’quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini oshirishga erishishi kerak. Devoriy ro’znomalar quyidagi bo’limlardan tashkil topishi mumkin:


• Informatika tarixidan bir shingil;
• Sinf o’quvchiiarining Informatik xayoti;
• O’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar;
• Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs);
• Informatik o’yinlar;
• Yumor;
• O’tgan sonlardagi konkurs masalalarining yechimi va javobini redkollegiyaga topshirgan o’quvchilar haqida ma’lumot.
Ro’znomada Informatika faniga hissa qo’shgan buyuk allomalar haqida qisqa, lekin maroqli hikoyalar berilishi kerak. Biror alloma haqida hikoya qilinadigan bo’Isa, uning rasmi va rasmning tagida bu olm haqidagi, uning ishlari to’g’risidagi ma’lumot yoki olim hayotidagi qiziq voqealar to’g’risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa olimlar aytgan so’zlarni ko’chirib yozish ham foydali.
Ro’znomada beriladigan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Informatikadan to’garak


O’quvchilarning darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish, iqtidorli bolalar bilan individual shug’ullanish hamda tarbiyasi og’ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni o’zlashtirish darajasini oshirishning yo’llaridan biri – bu darsdan tashqari to’garak mashg’ulotlarini tashkil etishdir.


Informatika fanidan tashkil etilgan to’garaklarga bolalarni jalb etish boshqa fanlarga nisbatan bir muncha osonroq kechadi. Buning asosiy sabablaridan biri yoshlarning kompyuterga qiziqishidir. Xozirgi kunda kompyuterlarni barcha sohalarda unumli qo’llanilishi turli sohalarga qiziquvchi bolalarni kompyuter to’garaklariga jalb etish imkonini beradi. Buning uchun albatta kompyuter honasi yetarlicha dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Masalan, musiqaga qiziquvchilar uchun Soud Forge, rassomchilikka qiziquvchilar uchun Corel Draw va Photoshop, arxitekturaga qobiliyati borlar uchun AutoCad kabi dasturlar shular jumlasidandir.
Bevosita informatika fanidan dasturlash tillarini o’rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratish sirlarini o’rganishga yo’naltirilgan to’garaklar tashkil etish mumkin. Bunday to’garaklarni olib borishda amaliy ishlarni o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlash maqsadga muvofiq. Amaliy ishlarni bajarishda o’quvchilarga ijodiy yondashishi uchun sharoit yaratish, to’garakda ijodiy muhitni shakllantirish, har bir o’quvchining shaxsiy qobiliyatlari, imkoniyatlari va fazilatlarini ochishga yordam berish va ularni vatanimiz taraqqiyotiga yo’naltirishga erishish muhim ahamiyatga ega.
“Yosh dasturchi” to’garagida o’quvchilarning qiziqishlari va kompyuter honasining imkoniyatlaridan kelib chiqib Basic, Pascal, Visual Basic, Delphi dasturlash tillaridan biri o’rgatiladi. Quyida “Yosh dasturchi” to’garagi uchun taxminiy ish regalarni keltiramiz.

Pascal dasturlash tili (60 soat)Mavzular Soat


Dastur va dasturlash tillari xaqida ma’lumotlar 1
Paskal (Pascal) dasturlash tili. Paskal dasturi strukturasi 1
O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar va ularning tiplari 2
Amallar va ularning bajarilish tartibi 2
Miqdorlar tipini almashtiruvchi funksiyalar (chr, ord, round, trunc) 2
Arifmetik va trigonometrik funksiyalar 2
Massivlar 4
To‘plamlar 1
Satrlar bilan ishlash protsedura va funksiyalari 2
Tarmoqlanish operatori (If …Then … Else) 2
Takrorlash operatorlari (Repeat, While, For) 6
Konstantalar, nishonlar (metka) va o‘tish operatori (GoTo) 1
Protsedura va funksiyalar 2
Parametrli protsedura va funksiyalar 2
CRT moduli. Ekran bilan ishlash 4
Paskalda grafika
Paskalning grafik imkoniyatlari 1
Nuqta (pixel), uning rangi va fon rangi 1
To’g’ri chiziq chizish 1
To’g’ri to’rtburchak chizish 1
Aylana chizish 1
Ellips chizish 1
Yoy chizish 1
Ichi bo’yalgan shakllar chizish
Shakl ichini bo’yash rangi va usuli 1
To’g’ri to’rtburchak va parallelopiped chizish 1
Fayllar bilan ishlash
Fayllar va ularning turlari. Fayl tipli o‘zgaruvchilar 1
Matnli fayllar hosil qilish 2
Matnli fayllarni o’qish 2
Matnli fayllarning davomiga yozish 2
Yozuvlar. To’g;ridan to’g’ri murojaatli fayllar 2
Yangi tiplarni hosil qilish 2
Ko‘rsatkichlar (указатель) 2
Modullar hosil qilish 4
Foydalanilgan adabiyotlar:
J.J.Boltayev, A.Qodirov “Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar” T.2002


Muallif: B.Boltayev, M.Mahkamov, Sh.Xidirov (Respublika ta’lim markazi, Surxandaryo
Download 35,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish