Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki biz o‘quvchilarni informatika fanidan yuqori natijalarga erishishiga ko‘maklashmoqchi bo‘lsak ular uchun imkoniyatlar eshigini keng ochishimiz zarur. Chunki xozirgi axborot asrida o‘quvchi yoshlarning informatika fanidan xabari yo‘q bo‘lishi bu juda ham achinarli holat. Demak biz bo‘lajak pedagoglar buning uchun bosh qotirishimiz zarur. Ular uchun darsdan keyingi mashg‘ulotlarni tashkil etish ayni muddaodir. Biz faqatgina informatikada emas boshqa ma’lum fanlarda ham bu usul juda ham samara berishidan xabarimiz bor. Shuning uchun darsdan keyingi mashg‘ulotlar qo‘yilishi shart va zarur deb o‘ylayman.