Tur
|
Qiymatlar
oraliqlari
|
Xotirada egallagan o‘rni
|
Shortint
|
-128..127
|
1 bayt
|
Integer
|
-32768..32767
|
2 bayt
|
Longint
|
-2147483648..2147483647
|
4 bayt
|
Byte
|
0..255
|
1 bayt
|
Word
|
0..65535
|
2 bayt
|
Jadvalning chap ustunida butun sonli turdagi o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun ishlatiladigan Tupbo-Paskal tilining kalit so‘zlari keltirilgan. Ikkinchi ustunda har bir turdagi o‘zgaruvchilarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar oraliqlari keltirilgan.
Jadvalning o‘ng tomonidagi ustunida har bir turdagi o‘zgaruvchining son qiymatining xotirada egallagan joyini uzunligi keltirilgan.
Agar o‘zgaruvchilarni son qiymatlari o‘zgarish oraliqlari katta bo‘lsa, uni xotirada egallagan o‘rni ham uzun bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, son qiymatlari kichik oraliqlarda o‘zgaradigan o‘zgapuvchilar LONGINT turlari bilan e’lon qilish ma’noga ega emas.
Haqiqiy (real) tur. Haqiqiy turiga haqiqiy sonlar to‘plamidagi qiymatlar (amalga oshirishga bog‘liq) kiradi. Real turi tartiblanmaganligi uchun succ, pred, ord funksiyalarini qo‘llash mumkin emas. EHMda har bir haqiqiy son qandaydir xatolik bilan saqlanadi, shuning uchun ularni ustida tenglikka taqqoslash amallari bajarilganda, to‘g‘ri natija bermasligi mumkin. Ular ustida 4 asosiy amallar bajariladi: qo‘shish (), ayirish (-), ko‘paytirish (*), bo‘lish (/). Bo‘lish amallini bajarganda ikkita operand butun bo‘lganda ham, natija haqiqiy bo‘ladi.
Quyidagi funksiyalarni argumenti real yoki integer bo‘lganda ham natijasi haqiqiy bo‘ladi: sin(x)-sinus, cos(x)-kosinus, arctan(x)-arktangens, ln(x)-natural logarifm, exp(x)-eksponenta, sqrt(x)-x-ni kvadrat ildizi. abs va sqr funksiyalari esa argumenti haqiqiy bo‘lgandagina haqiqiy natija beradi.
Haqiqiy o‘zgarmaslar o‘nli sanoq sistemasida beriladi. Ular fiksirlangan nuqta va suzuvchi nuqta ko‘rinishida yoziladi. Birinchi ko‘rinishida sonni butun va kasr qismlari nuqta bilan ajratiladi. Ikkinchisida esa son quyidagicha yoziladi:
::=< ishorasiz butun son>E< butun son > yoki
< fiksirlangan nuqta bilan yozilgan son >E< butun son >
::= yoki E
Masalan : 0. 002; 3.14; 22.0; 0.2E-5; 6E3; 29.; 839E-09; 24E+03 .
Haqiqiy turdagi o‘zgaruvchilarni e’lon qilish uchun quyidagi kalit so‘zlar ishlatiladi: REAL, SINGLE, DOUBLE, EXTENDED, COMP.
Agar matematik soprotsessordan, ya’ni son qiymatlar doirasini kengaytiradigan va hisoblash tezligini oshiradigan qo‘shimcha qurilmadan, foydalanilsa, u holda quyidagi jadvalda keltirilgan turlarni hammasini Turbo-Paskal qo‘llaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |