Animatsiya - slayda quyilgan ob‘ektlarning ma‘lum tartibda hosil bo’lishi.
Slayd uchun animatsiyani o’rnatishda menyuning Показ слайдов bandidan Настройка анимации… qismi tanlanadi. Время bo’limida biror ob‘ektning paydo bulish vaqtini quyishimiz mumkin.
Эффект bo’limida belgilangan ob‘ekt uchun effekt tanlaymiz, shu effekt bajarilayotgan paytda biror ovoz chikarilishi kerka bo’lsa, uni ham shu joydan tanlash mumkin. Bu joyda animatsiya tugandan keyingi holatni ham tanlash mumkin.
Namunalar bilan ishlash
Prezentatsiya qiyofasini yaxshilash uchun uning barcha slaydlarini bir maromda jihozlash kerak. Bundan tashkari hamma slaydlarga bittagina dizayn elementini joylashtirish uchun zaruriyat paydo bo’ladi. Shuning uchun Power Point da barcha slaydlar uchun bir xilda jihozlash imkoniyati mavjud. Bu namunalar bilan ishlash rejimida amalga oshiriladi. Bu rejimga kirish uchun Vid menyusidan Образец komandasini chakirish darkor. Menyuda slaydlar uchun Образец слайдов va Образец заголовков komandalari ko’rsatilgan.
Ikkinchi komanda titul slaydlarning namunasini aniqlashda birinchi esa prezentatsiyaning barcha kolgan slaydlar qiyofasini aniqlashda ishlatiladi.
Образец слайдов komandasida har bir namuna uchun qanday o’zgartirishlar kiritish uchun nima qilish kerakligi to’g’risida yo’l-yo’riqlar keltirilgan.
Shunday qilib biz harflarning xilini, razmerini tanlashimiz, suzboshining parametrini aniqlashimiz, namuna razmerini o’zgartirishimiz, unga rasm joylashtirimiz yoki qandaydir grafik element chizishimiz mumkin bo’ladi.
Namunaga joylashtirilgan barcha elementlar har bir prezentatsiya slaydida paydo bo’ladi, kiritilgan o’zgartirishlar esa shu zaxotiyok kolgan slaydlarda ifodalanadi.
SHunday qilib, PowerPoint da individual dizayn hosil qilish va barcha prezentatsiyalar uchun bir xilda bo’lishi kerak bo’lgan elementlarni aniqlash mumkin.
Takdimot slaydlarini san‘atkorona jihozlash
Prezentatsiya tayyorlashning asosiy bosqichi - bu san‘atkorona jihozlashdir, chunki grafik qiyofadagi ma‘lumotlar matnlilarga nisbatan ko’rkamroq bo’ladi, ikkinchidan, grafik qiyofa prezentatsiyaning asosiy belgilarini ajratib ko’rsatadi yoki ma‘ruzalarning murakkab holatlarini tushunishni osonlashtiradi. Umuman, prezentatsiya samaradorligi ishi tinglovchilarda yaxshi ta‘surot koldiradi.
PowerPoint foydalanuvilarga mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ko’p mikdordagi dizayn koliplarini berish format menyusidagi Применить shablon dizayna komandasi yordamida bajariladi. Komanda chakirilgach, bir nomli dialog darcha ochiladi - dizayn kolipida sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa, oldindan ko’rish darchasida uning tasvirini ko’ramiz. U yoki bu kolipni tanlash uchun unda sichqoncha tugmasi shu kolip ustiga ikki mrta bosiladi.
Ranglar bilan birga PowerPoint zamon bilan baravar kadam tashlashga va yetuk mulatishida ishlab chiqaruvchilar bilan bir katorda turish uchun audio va videokliplarni prezentatsiyalar tarkibiga kiritish imkonini beradi. Bunday imkoniyatlar bilan tanishish uchun maxsus apparatura - video va audio kartalar, yaxshi displey va yuqori sifatli akustik tizim, audio va videofayllar kerak bo’ladi.
PowerPoint ning boshqa amaliy dasturlar bilan o’zaro aloqasi
Prezentatsiyada elektron jadvalini qo’llash uchun Excel, Word dasturlarining yordami kerak bo’ladi, chunki jadvalni boshqa joyda tuzib prezentatsiyaga joylashtirish mumkin.
Word - jadvalni Power Point da ishlatish.
PowerPoint da jadval tuzish mumkin. Lekin agar jadval Word da tuzilgan bo’lsa. Uni prezentatsiyada qo’llash mumkin. OLE texnologiyasi imkoniyatidan foydalanib, Word jadvalni slayd bilan boglash mumkin.
OLE kiskartirlgan suz bo’lib ob‘ektlarni boglash va tadbiq etish (object linking and embedding) mazmunini anglatadi.
Windows dagi biror faylni bir dasturdan ikkinchi bir dasturga olib ixcham qilib joylashtirish imkonini beradi.
Agar biz shu kabi axborotlarni tadbiq etsak, u holda bu axborot saqlanayotgan joyidagi barcha hujjatlar bilan birga uzatiladi. Agar u bog’lansa, biz uni xoxlagan joyda saqlashimiz va u bilan ota-ona dasturida ishlashimiz mumkin. Har gal bu bog’langan hujjatni ochishda, bu hujjat avtomatik ravishda yangilanadi.
PowerPoint jadvalini tuzish kiyin emas: fakat Создать слайд и выбрать слайд с таблицей tugmachasiga murojaat qilish kifoya. Word jadvalini slaydga qo’shish biroz murakkab. Jadvalni slaydga joylashtirishdan oldin Windows dasturidagi Буфер обмена da nusxasini olish darkor. Bu jarayon quyidagi ko’rinishga ega:
1. Kursorni xoxlagan joyga qo’yib, Word da jadvalni koraytiramiz va Tablitsa, Vdelit tablitsu larni tanlaymiz.
2. Crtl+C ni bosamiz yoki Правка, Копировать larni tanlaymiz. Natijada koraytirilgan jadval Буфер обмена da nusxalanadi.
3. PowerPoint dasturi ishga tushiriladi. Buning uchun Office asboblar panelidagi PowerPoint tugmasi bosiladi.
4. Slaydlarni ko’rish rejimda utiladi va jadvalni urnatmokchi bo’lgan yoki Создать слайд tugmasidan foydalanib, yangi slayd yaratilmokchi bo’lgan slayd topiladi.
5. Правка, Специальная вставка tanlanadi.
6. Объект Документ Microsoft Word da sichqoncha tugmasi bosiladi, keyin Связать селектор tugmasi bosiladi. Вставить ni tanlagach, biz jadvalni tadbiq etamiz va boshlangich hujjatlar bilan barcha aloqalarni uzamiz.
7. ОК tugmasini bosamiz.
Bog’lanish yaxshi kullaniladigan xollar shuki, agar joylashtirilgan jadvaldagi ma‘lumotlarni ko’p marta taxrirlash to’g’ri kelsa.
Lekin Word jadvalni prezentatsiyaga nusxalash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Word da jadval koraytiriladi;
2. Ctrl+C bosiladi yoki Правка, Копировать tanlanadi;
3. PowerPoint ga utiladi;
4. Bizga kerakli slaydga utiladi;
5. Slaydni ko’rish rejimiga utiladi;
6. Ctrl+V bosiladi yoki Правка, Вставить tanlanadi (buferdagi jadvalni chiqarish uchun).
Dasturlararo ma‘lumotlarni uzatish uchun biz ko’p marta Буфер обмена yordamiga muxtoj bulamiz. Excel elektron jadvalini slayd bilan ulash uchun Excel elektron jadvalini ochib, quyidagi kadamlarni bajarish kerak:
1. Nusxalanuvchi yacheykalar koraytiriladi, Буфер обмена ga nusxa ko’chirish uchun (Ctrl+C) bosiladi.
2. PowerPoint ga kuchiladi Slaydlarni saralash rejimida.
3. Elektrni jadval joylashadigan yoki yangi slayd yaratilgan slaydga utiladi.
4. Правка, специальная вставка tanlanadi.
5. Microsoft Excel dagi Объект Лист da chikillatiladi va Связать селектор tugma bosiladi.
6. OK tugmasida chikillash bajariladi.
Bizga aloqa talab qilishmasa, u holda muammo yo’q. Yuqorida keltirilgan kadamlarni takrorlash kerak. Lekin 5 - kadamda Вставить tugmasi bosiladi svyazat tugmasi emas). Ma‘lumotlarni Буфер обмена dan olishni tezlashtirish lozim bo’lsa 4,5,6 kadamlar (Ctrl+V) ni bosish bilan almashtiriladi.
Nazorat savollari:
-
Taqdimot fayli deganda nimani tushunasiz ?
-
Slayd deganda nimani tushunasiz?
-
Taqdimot fayliga yangi slaydlar qo’shish qaysi klavishlar orqali bajariladi?
-
Slaydlarga animatsiyalar, tovushlar qo’shish va taqdimot faylini namoyishli faylga o’tkazish algoritmlarini tushuntirib bering
Do'stlaringiz bilan baham: |