Reja:
-
PowerPoint dasturi to’g’risida umumiy ma‘lumot
-
PowerPoint dasturining menyular satri
-
Dastur qulayliklari
-
Slayda rasmlar joylashtirish
-
PowerPoint da matnlarni kiritish
-
Animatsiyali slaydlar tayyorlash
-
Namunalar bilan ishlash
-
Takdimot slaydlarini san‘atkorona jihozlash
-
PowerPoint ning boshqa amaliy dasturlar bilan o’zaro aloqasi
Tayanch iboralar: PowerPoint, taqdimot, slayd, prezentatsiya, animatsiya, doklad, konspekt, ovoz, video, effekt
PowerPoint dasturi to’g’risida umumiy ma‘lumot
Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarkatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaqlida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, uz ichiga matnni, sarlavxalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Tarkatiladigan material - qulay shaqlda bosib chikarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar.
Dizayn kolipi - professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, buyoklar, jilolar, tovushlar namunasi bo’lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to’plam bo’lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni kullab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, kogozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarkatish uchun ma‘ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.
Faraz kilaylik, bizning firmamiz uz maxsulotlarini buyurtmalarga tavsiya etmokchi. Albatta buning uchun maxsulotingiz to’g’risida kizikarli gaplar aytishimiz kerak bo’ladi, ya‘ni ko’pdan beri bozorda ishlayotganimiz ichki va tashki firmalar bilan aloqa kilayotganimiz: ishlarimizning rivojlanishi to’g’risida va xokazo. Boshqaga qilib aytganda, biz ishonchli va salmokli sherik ekanimiz, ish jarayonida biz va buyurtmachilar orasida xech qanday muammolar yuzaga kelmasligi to’g’risida auditoriyada ishonch hosil bo’lishi kerak.
Microsoft PowerPoint dasturi 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o’rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi ko’shimcha fikrlar va prezentatsiyalarni ko’llashning yangi usullari ishlab chikildi.
PowerPoint ni ishga tushirish uchun Windows ishchi stolidagi «Пуск» tugmsi tanlanib, «Программы» bo’limidan «Microsoft PowerPoint» bandi tanlanib, Enter tugmasi bosiladi (yoki S:\Program files\ Microsoft office\ Office oynasidagi POWERPNT.EXE belgisida sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi (Windows XP da)) (1-rasm).
1- rasm.
Natijada quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan oyna paydo bo’ladi (2-rasm).
2- rasm.
Agar har xil ma‘ruzalar, reklamalar va slaydlar tayyorlashda kishining tajribasi yetmasa, u holda Создание bo’limidan Из мастера автосодержания qismi tanlanadi (3-rasm).
3-rasm
Natijada ekranda ketma-ket beshta dialog darchalari paydo bo’ladi. Ulardan prezentatsiyaning asosiy tavsifnomalari uchun foydalanish mumkin. Keyingi darchaga o’tish uchun Далее tugmasi bosiladi (4-8 rasmlar).
4-rasm
5-rasm
6-rasm
7-rasm
8-rasm
Готово tugmasini bosgandan sung ishchi oyna quyidagi ko’rinishga keladi:
9-rasm
Biror ko’rinishidagi prezentatsiyani hosil qilishda tayyor prezentatsiyalar shablonidan birini tanlanishi talab kilinadi.
10-rasm
Bunda Общие шаблоны… qismini tanlaganda quyidagi mulokot oynasi ekranda hosil bo’ladi va shu shablonlardan birortasi tanlanadi:
11-rasm
Yangi bush prezentatsiya hosil qilish uchun Новая презентация yozuvi ustiga sichqoncha ko’rsatkichi quyilib, chap tugmasi ikki marta bosiladi.
PowerPoint dasturining menyular satri
PowerPoint dasturining menyular satri quyidagi ko’rinishga ega:
12-rasm
Menyular satridagi har bir menyuda quyidagi buyruklar urin olgan:
Файл menyusi buyruklari: Правка menyusi buyruklari:
Вид menyusi buyruklari: Вставка menyusi buyruklari:
Формат menyusi buyruklari: Сервис menyusi buyruklari:
Показ слайдов menyusi buyruklari: Окно menyusi buyruklari:
Справка menyusi buyruklari:
Do'stlaringiz bilan baham: |